Jadidlar haqida insholar tanlovi o‘tkazildi
Bugun universitetda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Jadidlar haqida insholar tanlovi”ning universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 100 dan ortiq talabalar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘z ijodiy ishlarini yozdilar.
Mazkur tanlov talaba-yoshlar orasida jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati, milliy o‘zlik va istiqlol g‘oyalarini chuqur anglash, shuningdek, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qildi.
Tanlov natijalari tez kunda e'lon qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍2🔥1
Bitiruvchi talabalar uchun WORKSHOP tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Karyera markazi tashabbusi bilan bitiruvchi bosqichdagi talabalarni vakant ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida navbatdagi WORKSHOP o‘tkazildi.
Uchrashuvni universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Ch. Chutpulatov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-61 qarori bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy faoliyatini boshlashiga ko‘maklashish va yangi ish o‘rinlari bilan tanishtirishda muhim huquqiy asos ekanini ta’kidladi.
Tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Migratsiya va personalizatsiya bo‘limi inspektori, leytenant Soibjon Tulanbayevich Askarov ishtirok etib, talabalarga sohada mavjud vakant ish o‘rinlari, ishga qabul qilish tartibi, Resume tayyorlash va xizmat faoliyatining o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Workshop talabalar uchun mehnat bozoridagi real imkoniyatlar bilan tanishish, ish beruvchi tashkilot vakillari bilan bevosita muloqot qilish va kelajakdagi kasbiy faoliyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar olishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
Dissertatsiya ishlar muhokamasining kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi
2026-yil 12-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali dissertatsiya ishlar muhokamasining kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Asrorova Nargiza Isomitdinovnaning 10.00.11 – Til nazariyasi, Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ikkinchi tilda sun’iy intellekt chatbotlari bilan og‘zaki suhbatlarning korpusga asoslangan diskurs tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Dissertatsiya muhokamasi ochiq muloqot va ilmiy bahs-munozara ruhida o‘tib, talabalar va mutaxassislar uchun qimmatli ilmiy tajriba bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2🔥1