O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.8K photos
2.97K videos
323 files
9.62K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina Sayliyeva)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2026-yil 11-mart kuni 
TEXT TITANS” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot
Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi  o‘qituvchisi
A.L. Talibjanova
rahbarligida, talabalarning tanqidiy fikrlash (critical thinking) qobiliyatini rivojlantiruvchi eng muhim mavzulardan biri :

Identifying Fact and Opinion” (Fakt va shaxsiy fikrni farqlash) mavzusida tashkil etildi.

Mashg‘ulotning asosiy maqsadi:
Talabalarga matndagi obyektiv ma’lumotlarni (fakt) subyektiv qarashlardan (opinion) ajratish, muallifning yondashuvini tushunish va ma’lumotlarni to‘g‘ri tahlil qilish ko‘nikmalarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Mashg‘ulot davomida talabalar quyidagilarni o‘zlashtirdilar:
Evidence-based Facts: Isbotlangan dalillar, raqamlar va tarixiy faktlarni aniqlash;
Subjective Clue Words: Shaxsiy fikrni ifodalovchi kalit so‘zlar (feel, believe, think, best, worst, always) va sifatlar tahlili;
Bias Detection: Matndagi bir yoqlamalik yoki muallifning shaxsiy hissiyotlari matn mazmuniga ta’sirini aniqlash.


Amaliy qism:
Nazariy bilimlar darhol amaliyot bilan mustahkamlandi. Talabalar turli maqola va matnlar ustida ishlashdi:

Berilgan matn ichidan faqat faktlarni ajratib olish va ularning haqqoniyligini tekshirish;
Reklama va OAV matnlaridagi yashirin "shaxsiy fikr"larni aniqlash bo‘yicha qiziqarli bahs-munozaralar o‘tkazildi.
Mashg‘ulot yakunida
A.L. Talibjanova tomonidan talabalarning tahliliy qobiliyatlari yuqori baholandi.


Talabalarga akademik yozuvda faktlardan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berilib, keyingi mashg‘ulot uchun mustaqil tahliliy topshiriqlar yuklatildi.

📱Telegram |📱Instagram | 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Türk mermer kağıdı” mavzusida master-klass tashkil etildi

2026-yil 12-mart kuni O‘zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchisi N. Abduraximova tashabbusi hamda turk tili o‘qituvchilari ishtirokida Sharq filologiyasi fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Hunarmandlar uyushmasi a’zosi, “Abri” ustasi Nasiba Sotiboldiyeva tomonidan turk tili yo‘nalishi talabalari uchun “Türk mermer kağıdı” (turk marmar qog‘ozi) mavzusida master-klass tashkil etildi.

Master-klassda fakultetning 1- va 3-kurs talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbir avvalida ushbu san’at turining kelib chiqish tarixi, rivojlanish bosqichlari, o‘ziga xos xususiyatlari hamda Turkiyada shakllanish jarayoni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Amaliy qismda esa talabalar maxsus bo‘yoqlar yordamida suv yuzasida naqsh hosil qilish va uni qog‘ozga ko‘chirish texnikasi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular o‘zlari ham turli naqshlar yaratib, turk amaliy san’atining nozik jihatlarini amaliy tarzda sinab ko‘rdilar.

Mazkur master-klass talabalarga turk madaniyati va an’anaviy amaliy san’ati haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilish, shuningdek nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ЎзДЖТУда "Япони тили нотиқлик санъати" бўйича республика танлови ўтказилди.

@yangidavr_rasmiy
3👍1
🟦🟦🟦

IELTSga ro'yhatga endi UzSWLU bilan o't!

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda, universitetda IELTS ro'yhatga olish xizmatlarini rasmiy ravishda boshladi.

Talabalar va nomzodlar endi:
Universitetda IELTS imtihoniga to'g'ridan-to'g'ri ro'yhatdan o'tish.
Imtihon sanalari va turlari bo'yicha professional maslahat olish.
Britaniya Kengashi hamkorlaridan rasmiy yordam olish.


📍Manzil: Ingliz tili Integrallashgan kursi-3 kafedrasi, 312-xona, Ingliz tili-3 fakulteti
Qo'shimcha ma'lumot uchun: @wirodd

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
📢 Регистрация на IELTS теперь доступна в УзГУMЯ!

С радостью сообщаем, что Узбекский государственный университет мировых языков, в партнерстве с Британским советом, официально начал регистрацию на экзамен IELTS на кампусе.

Студенты и кандидаты теперь могут:
Зарегистрироваться на экзамен IELTS непосредственно в университете.
Получить профессиональную консультацию по датам и типам экзаменов.
Получить официальную поддержку от партнеров Британского совета.


📍 Место: Кафедра интегрированных навыков английского языка 3, Комната 312, Факультет английского языка 3
Для получения дополнительной информации: @wirodd

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
📢 IELTS Registration Now Available at UzSWLU!

We are pleased to announce that Uzbekistan State World Languages University, in partnership with the British Council, has officially started IELTS registration services on campus.

Students and candidates can now:
Register for the IELTS exam directly at the university.
Get professional consultation on exam dates and types.
Receive official support from British Council partners.


📍 Location: Department of English Language Integrated Skills 3, Room 312, English Faculty 3
For more information: @wirodd

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
🟦🟦🟦

“Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda

⚡️ Ayni vaqtda Sport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston talabalar Olimpiadasi” sport musobaqalarini o‘tkazish yuzasidan o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.

📑 Mazkur seminarda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri E. Ochilov hamda OʻzDJTU sport klubi ish yurituvchisi Q. Mardonov OʻzDJTU delegatsiyasi nomidan ishtirok etishmoqda

⚫️Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning joriy yil 24-fevral kuni yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tgan edi.

🫥 Ushbu muloqot davomida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘quv seminarida Sport vazirligi va tegishli vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda joriy yilda ilk marotaba 3 bocqichda tashkil etiladigan sport musobaqalari, xususan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi O‘zbekiston talabalari Olimpiadasi” hamda “Talabalar ligasi” sport musobaqalariga yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan davlat, nodavlat hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini qamrab olish masalalari muhokama qilindi.

➡️“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasida musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha tashkil etiladi. Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qiladi.

Ushbu o‘quv seminari 14-mart kuniga qadar davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2👍1