O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.97K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Profilaktik tadbir

11-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori G. Odilova tashabbusi bilan FXIT-2305 guruh talabalari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda OʻzDJTU profilaktika inspektori S. Sherboyev ishtirok etib, bugungi kunda jamiyatda dolzarb bo‘lib turgan masalalardan biri — huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish mavzusida talabalarga batafsil maʼlumot berdi. Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida uchrashi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda bunday holatlarning jamiyat hayotiga salbiy taʼsiri haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda turli xil noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Talabalarga mamlakatimiz qonunchiligida belgilangan tartib-qoidalar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari haqida ham tushuntirish berildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi hamda mutaxassis tomonidan ularga batafsil javoblar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh.M. Matlabxonova tomonidan Adiblar xiyobonida atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg ijodining bugungi kundagi ahamiyatiga bag‘ishlangan qiziqarli taqdimot hamda davra suhbati tashkil etildi.

📚 Tadbir davomida talabalar va ijod ixlosmandlari Aleksandr Faynbergning hayoti va boy ijodiy merosi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Taqdimot jarayonida shoirning o‘ziga xos badiiy uslubi, she’riyati hamda asarlarida aks etgan chuqur falsafiy qarashlar haqida so‘z yuritildi.


📖 Davra suhbati davomida Faynbergning mashhur she’rlari tahlil qilinib, uning ijodida insoniylik, vatanparvarlik, hayot falsafasi va ruhiy kechinmalar qanday ifodalangani haqida fikr almashildi. Talabalar shoirning zamonaviy adabiyotdagi o‘rni, uning asarlarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

💬 Tadbir interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasida savol-javoblar, erkin fikr almashuvlar tashkil etildi. Bu esa talabalar uchun adabiyotga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga, shuningdek, ijodkor shaxsiyati va uning asarlarini chuqurroq anglashga xizmat qildi.

✍️ Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ijodiy muhitni rivojlantirish hamda talabalarning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Sh.M. Matlabxonova tomonidan Adiblar xiyobonida atoqli shoir va adib Aleksandr Faynberg ijodining bugungi kundagi ahamiyatiga bag‘ishlangan qiziqarli taqdimot hamda davra suhbatidan videolavha!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2🔥1
FTURK2422 guruhi talabalari bilan “Bayramlar” mavzusida to‘garak o‘tkazildi

2026-yil 11-mart kuni Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi turk tili o‘qituvchisi Komilova Zuhraxon rahbarligida FTURK2422 guruhi talabalari ishtirokida “Bayramlar” mavzusida navbatdagi to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar turk va o‘zbek xalqlarining milliy hamda xalqaro bayramlari haqida fikr almashdilar. Bayramlarning kelib chiqishi, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni hamda madaniy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

To‘garak jarayonida talabalar faol qatnashib, savol-javoblar, muhokamalar hamda interaktiv topshiriqlar orqali mavzu yuzasidan o‘z bilimlarini yanada boyitdilar. Mashg‘ulot samimiy va qiziqarli ruhda o‘tdi.

Yakunda talabalar bayramlar orqali turli xalqlarning urf-odatlari va madaniy qadriyatlarini chuqurroq anglash mumkinligini ta’kidlab, kelgusidagi to‘garak mashg‘ulotlarida ham faol ishtirok etish istagini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4🔥2🎉1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Али)
🏆 YUTUQ

OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Utbasarova Parvina Murotali qizi “Yuksak ilm fidoyilari avlodi” mavzusidagi konferensiya doirasida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida faol ishtirok etib, “Yuksak ilm fidoyisi” esdalik nishoni, maxsus guvohnoma va sertifikat bilan taqdirlandi

Rasmiy sahifalarimiz:
✈️ Telegram | 💠 Instagram
🔰 Youtube | 📱 Facebook
6👍2😢1
“Ilmdan biznesga qadam” shiori ostida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Universitetda Ingliz filologiyasi, Roman-german filologiyasi va Sharq filologiyasi fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirga O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov rahbarlik qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-son qarori asosida bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi, haq to‘lanadigan kasbiy amaliyot hamda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar uchun joriy etilgan quyidagi imtiyozli kredit dasturlari tushuntirildi:

🔹“Kelajak tadbirkori” – 20 mln so‘mgacha
🔹“Biznes start” – 300 mln so‘mgacha
🔹“Biznes progress” – 2 mlrd so‘mgacha
🔹“Talaba invest” – 10 mlrd so‘mgacha

Uchrashuvda "Teach for Uzbekistan" nodavlat ta’lim loyihasi vakili Yodgor Inomjonov tomonidan bitiruvchi bosqich talabalarga metodik yordam, CV to'ldirish hamda vakant ish o'rinlari bo'yicha tushuntish berildi.


📌 Shuningdek, joriy yil 24-fevral kuni Prezident tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari ham muhokama qilinib, universitet Karyera markazi faoliyati hamda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot belirdi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda :
Telegram|Instagram|Facebook|Sayt
7👍1
O‘zDJTU vakillari 107-maktabga zamonaviy texnologiyalar topshirdi

11-mart kuni Uchtepa tumani hududida joylashgan 107-son umumta’lim maktabiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining mas’ul professor-o‘qituvchilari hamda Amaliyot bo‘limi bosh mutaxassisi D. Musurmonov tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish maqsadida maktabga zamonaviy texnik vositalar — elektron doska hamda televizor topshirildi.

Uchrashuv jarayonida maktab ma’muriyati va o‘qituvchilar bilan samimiy muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishlari, xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Maktab o‘qituvchilari bitiruvchi sinf o‘quvchilari orasida chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish tobora ortib borayotganini alohida ta’kidladilar.


Shuningdek, o‘quvchilarga universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, fakultetlar hamda yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bitiruvchi o‘quvchilarni oliy ta’limga yo‘naltirish hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda :
Telegram|Instagram|Facebook|Sayt
3👍1