O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.3K photos
2.93K videos
323 files
9.54K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
TALABALARIMIZDAN XAYRLI TASHABBUS: VOLONTYORLIK — OLIYJAMOATLIK NAMUNASI

🇺🇿 O'zDJTU 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari jamiyatdagi ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
🗓 2026-yil 7-mart kuni O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining 100-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Yordam+” loyihasida fakultetimizning 2-bosqich FFRA-2401 guruh talabalari Jumakulova Durdona hamda Matmurodova Jasmina volontyor sifatida qatnashdilar.
Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Z.Davronova tashabbusi bilan talabalarimiz “Taskin” hospisiga tashrif buyurishdi. U yerda saraton kasalligi bilan kurashayotgan bolajonlar uchun ko'ngilochar tadbirlar tashkil etilib, maxsus sovg'alar ulashildi.
📜 Ma’lumot o’rnida:
O'zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati 1992-yildan buyon mustaqil maqomda, xalqaro Jeneva konvensiyalari va milliy qonunchilik doirasida insonparvarlik yo'nalishida faoliyat yuritib kelmoqda.
🏆 Talabalarimizning fidoyiligi yuqori baholanib, ular faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Bunday tashabbuslar nafaqat ijtimoiy mas'uliyatni oshiradi, balki kelajak avlodda mehr-oqibat tuyg'ularini mustahkamlaydi.
Fidoyi talabalarimizga kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1
📢 XALQARO SAMMIT

📅 2026-yil 5–7 mart kunlari
🌍 “English and Inclusion Partnership Summit” loyihasi doirasida xalqaro sammit bo‘lib o‘tdi.


Sammit davomida ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish, inklyuziv ta’limni kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

👩‍🏫 Tadbirda loyiha ishtirokchilari:
— Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i K. Muradkasimova
— Iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh. Ismatova
— bir qator professor-o‘qituvchilar va doktorantlar faol qatnashdilar.

🤝 Mazkur sammit 12 ta xalqaro hamkorlik loyihalarini rivojlantirish, ta’lim sohasidagi ilg‘or loyiha va tajribalarni almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.
8👍1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga ilmiy izlanuvchilarni taklif etamiz!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, “Renessans”, “Izlanuvchi.uz” ilmiy-matbuot markazlari hamda “Sharq nashr” nashriyoti hamkorligida tashkil etilayotgan “Renessans bunyodkorlari” ilmiy-amaliy konferensiyasiga professor-o‘qituvchilar, turli sohalar ilmiy izlanuvchilari va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan talabalarning maqola va ijodiy ishlari qabuli boshlandi.

📝Qabul uchun kerakli hujjatlar:
– Ilmiy maqola yoki ijodiy ishlar
– 3*4 rasm va pasport nusxa;

☑️Konferensiya doirasida chop etilgan maqolalar quyidagi xalqaro bazalarda indekslanadi:
• ResearchBible
• “Elsevier” qoshidagi ssrn.com bazasi
• Google scholar
• Zenodo (doi)
• OpenAire


↪️Maqolalar @renessans_bunyodkorlari profili orqali o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, qirg‘iz, nemis, turk tillarida qabul qilinadi.
↪️Har bir maqolalar tahrir hay’ati tomonidan ko‘rib chiqilgach nashr uchun tavsiya etiladi.
🏆Taqdirlash marosimi 28–29-mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦

Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi


2026-yil 10-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xolmatov Aziz Maratovichning dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Seminar oflayn tarzda hamda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Unda tadqiqotchining 13.00.02 – Til o‘qitish metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Talabalar pragmatik kompetensiyasini rivojlantirishda yumordan foydalanish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ilmiy seminarda tadqiqot ishining dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Dissertatsiyada talabalarning pragmatik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida yumordan foydalanishning metodik jihatlari yoritilib, mazkur yondashuvning til o‘qitish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati asoslab berildi.

Muhokama jarayonida taqrizchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi hamda tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan dissertatsiya mavzusi yuzasidan savollar, taklif va tavsiyalar bildirilib, tadqiqot natijalari yuzasidan konstruktiv muhokamalar olib borildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🇫🇷 “On parle français” to’garagi o’tkazilib borilmoqda!
🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasida talabalarning til ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida maxsus to’garak mashg’ulotlari o’tkazildi. Va muntazam olib borilmoqda.
🎯 To’garakning asosiy maqsadlari:
* Talabalarning chet tiliga bo’lgan qiziqishini oshirish;
* Til bilish darajasini (CEFR/DELF/DALF) yuksaltirish;
* Xalqaro sertifikatlar olish uchun zaruriy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Darslar zerikarli ma'ruzalardan xoli! Interaktiv metodlar, qiziqarli savol-javoblar va jonli muloqot orqali olib borildi!
🚀 Fransuz tilida erkin so'zlashish vaqti keldi! Bizga qo'shiling!


Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1