O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.97K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tili integrallashgan kursi 3-kafedrasi katta o‘qituvchisi F. Mannonova rahbarligida XTA3-2414-guruh talabalari tomonidan 2026-yil 7-mart kuni Yangihayot tumanidagi 329-maktabda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Zukko kitobxon” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir ikki raunddan iborat bo‘lib, har bir bosqichda 10 tadan savol berildi va ishtirokchilar ularga tezkor javob berish orqali o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar va talabalar tomonidan she’rlar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Intellektual bellashuv yakunida faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoaga, shuningdek, madaniy qismda ishtirok etgan kichik sinf o‘quvchilariga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish, ularning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bayram kayfiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 4-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirishga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Mazkur tadbir 4-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi M. Bo‘riyev hamda kengash raisi S. Sharipova tomonidan tashkil etildi. Ular barcha ayol-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy tabriklab, o‘z nutqlarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, oiladagi mehr-muhabbat manbai ekani, shuningdek, ilm-fan, ta’lim va turli sohalarda erishayotgan yutuqlari haqida alohida fikr bildirdilar.

Tadbir davomida talaba-qizlar tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar, samimiy tilaklar hamda badiiy sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Talaba-qizlarning faol ishtiroki tadbirning yanada mazmunli va esda qolarli o‘tishiga zamin yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🤩8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri


🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida 8-mart -Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar ishtirokida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbir davomida ustozlar qiziqarli va ijodiy shartlar asosidagi bellashuvlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining faolligi, ijodkorligi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Samimiy muhitda o‘tgan tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Ehtirom kompozitsiyasi” nomli ramziy tashabbus tashkil etilib, unda fakultetda faoliyat yuritayotgan ayol ustozlarning suratlari jamlanib, jamoaning birlik va o‘zaro hurmati ifoda etildi.

Tadbirda quyidagi kafedralar jamoalari faol ishtirok etdilar:

• Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi
• Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi
• Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi
• Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi
• Umumiy tilshunoslik kafedrasi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
6-mart kuni universitetda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Muqaddas ayol” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiridan videolavha!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍3🔥1👏1🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ting-2303 guruhi talabasi Karimova O‘g‘iloy Rahmatulla qizi Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Ushbu yutuq talabaning o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy izlanishlari hamda jamoat ishlaridagi faolligining munosib e’tirofi bo‘ldi. Talabaning ilmiy faoliyatiga Pedagogika fanlari doktori, dotsent Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich rahbarlik qilib kelmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2👏1🤩1
🟦🟦🟦

Muhtarama professor-o‘qituvchilar, aziz xodimalar va qadrli talaba-qizlar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Universitetimiz hayotida ayollarning o‘rni beqiyos. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz, yangilikka intilishingiz va tashabbuskorligingiz ta’lim jarayonining sifatini yuksaltirib, dargohimiz nufuzini oshirmoqda. Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida erishayotgan yutuqlaringiz biz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.

Bugun universitetimiz jamoasida samarali faoliyat yuritayotgan ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz xalqaro ilmiy maydonda munosib o‘rin egallab, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirib, ilmiy maktablar yaratmoqda. O‘tgan davr mobaynida qator xodimalarimiz davlat mukofotlari va nufuzli tanlovlar sovrindori bo‘lgani quvonarlidir.

Talaba-qizlarimiz esa o‘z bilim va salohiyati bilan nafaqat universitet, balki mamlakatimiz miqyosida ham yuqori natijalarga erishmoqda. Prezident va rektor stipendiyalari sohibalari, fan olimpiadalari g‘olibalari, sport musobaqalari chempionlari safi yildan-yilga kengayib bormoqda. Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarimiz esa Vatanimiz sha’nini munosib himoya qilmoqda.

Sizlarning intilinganingiz, matonatingiz va mehr-muruvvatingiz jamiyatimiz taraqqiyotining mustahkam tayanchidir. Kelgusida ham yuksak marralarni zabt etishingizga, orzu-intilishlaringiz ro‘yobga chiqishiga tilakdoshman.

Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy totuvlik, ilmiy va ijodiy zafarlar yor bo‘lsin. Bahoriy kayfiyat, e’tibor va ehtirom sizni doimo tark etmasin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ilxomjon Tuxtasinov
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
30🎉9👍5🔥4👏1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 😊Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar N2 kafedrasi hamda Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabi hamkorligida 8-MART "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan “Muqaddas ayol” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✔️Tadbir davomida maktab direktori Hazratqulova Vasila Eminovna, Xorijiy tilllar metod birlashma raisi, Xodjaxanova Nafisa Botirxonovna hamda bir qancha ustozlar tadbirni ko'tarinki ruhda o'tkizishda faol qatnashdilar. Tadbir so'nggida ilm yo'lidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun maktab ma'muriyati Ingliz tili ikkinchi fakulteti tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.

👍Tadbirni Ingliz tili amaliy fanlar-2 kafedrasi katta o‘qituvchisi Raxmonova Sardora hamda 1-bosqich talabalari J. Olimova, F. Bozorova, A. Rahmonqulova va H. Tojiboyeva faol ishtirok etishdi.

🖌Shuningdek, tadbirda kafedra o‘qituvchilari Z. Rahmonqulova, Z. Reimbayeva, N. Abduvaliyeva va S. Mamashoyeva ham ishtirok etdilar.

😊Ingliz tili ikkinchi fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!

📱Telegram. 📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍1🔥1👏1