41-maktabda ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-yil 3-mart kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi ingliz tili fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Bozorova Farangiz va Olimova Jasmin tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot “Dessert” mavzusiga bag‘ishlanib, dars davomida o‘quvchilar shirinliklar mavzusiga oid yangi so‘zlarni o‘rgandilar, turli mashq va topshiriqlarni bajardilar hamda o‘rganilgan so‘zlar asosida gaplar tuzdilar.
Dars yakunida o‘quvchilarga mavzu yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

❤3
41-maktabda ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-yil 4-mart kuni Shayxontohur tumani 41-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ikkinchi ingliz tili fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi o‘qituvchisi Sardora Raxmonova rahbarligida, 1-bosqich 2524-guruh talabalari Aziza Raxmonqulova va Xurmatoy Tojiboyeva tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulot “Shopping” mavzusiga bag‘ishlanib, dars davomida o‘quvchilar mavzuga oid yangi lug‘atlarni o‘rgandilar, “warm up” mashg‘ulotlarini bajardilar hamda speaking ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli o‘yinlarda ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘quvchilarga sifatlarning qiyosiy va orttirma darajalari haqida tushuncha berildi.

❤5
34-Yapon tili notiqlik san’ati tanlovi Respublika bosqichi
7-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Elchixonasi, O‘zbek-Yapon markazi (UJC), O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekistondagi yapon tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi hamkorligida 34-Yapon tili notiqlik san’ati tanlovining respublika bosqichi tashkil etildi.
Mazkur nufuzli tanlovni universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor o‘z nutqida yapon tiliga qiziqish tobora ortib borayotganini, bunday tanlovlar esa yoshlarning til bilimini mustahkamlash, ularning fikrlash doirasini kengaytirish hamda xalqaro muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim hamda madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlik yildan-yilga kengayib borayotganini alohida qayd etdi.
Tadbirda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi birinchi kotibi Horie Yoshishiro janoblari hakamlar hay’ati raisi sifatida ishtirok etdi. U o‘z nutqida yapon tilini o‘rganayotgan o‘zbekistonlik yoshlarning intilishi va bilimga chanqoqligini yuqori baholab, bunday tanlovlar ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonda yapon tiliga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.
Tanlovda respublikamizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim markazlaridan 20 nafar iqtidorli talaba ishtirok etdi. Ishtirokchilar yapon tilida tayyorlagan nutqlari orqali o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, turli dolzarb mavzular yuzasidan fikrlarini bildirdilar. Ularning chiqishlari nutq ravonligi, til boyligi, mavzuning yoritilishi hamda auditoriya bilan muloqot qilish mahorati asosida baholab borildi.
Tanlov davomida mehmonlar va ishtirokchilar uchun yapon milliy raqslari hamda sahna ko‘rinishlari ham namoyish etildi.
Tadbir yakunida tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5❤2
Malayziyaning Sultan Idris Education University universiteti mutaxassisi Muhammad Amirul Fahmi Bin Azmi tomonidan ochiq dars tashkil etildi
2026-yil 6-mart kuni Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Sultan Idris Education University universiteti mutaxassisi Muhammad Amirul Fahmi Bin Azmi tomonidan ochiq dars tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot Birinchi ingliz tili fakultetining 2346-guruh talabalari ishtirokida olib borildi.
Dars jarayonida Ikkinchi chet tillar kafedrasi mudiri Elmira Moydinova hamda malay tili katta o‘qituvchisi Muxayyo Ziyaeva kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar. Mashg‘ulot davomida talabalar mavzu yuzasidan faol qatnashib, qiziqarli savol-javoblar va fikr almashinuvi orqali o‘z bilimlarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Xalqaro akademik hamkorlik va tajriba almashinuvi doirasida tashkil etilgan ushbu ochiq dars talabalar uchun xorijiy ta’lim tajribasi bilan yaqindan tanishish, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bilimlarini yanada boyitish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Mazkur mashg‘ulot xalqaro ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish bilan birga talabalarning global fikrlashini kengaytirish va ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga turtki berdi.

❤7