O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦

Toyo universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Toyo universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarni qutlab, universitetda olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar almashinuv dasturlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Tashrif doirasida mehmonlar universitetda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish bilan birga talabalar bilan muloqot qiladilar. Shuningdek, dasturga muvofiq amaliyotdan so‘ng delegatsiya a’zolari Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda, shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Hamidova hamda yapon tili o‘qituvchilari M. Ibragimova va M. Umarova ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun:

Mazkur tashrif Toyo universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Dasturga ko‘ra, 2026-yil 4–14-mart kunlari Toyo universitetining 10 nafar talabasi ikki nafar o‘qituvchi rahbarligida O‘zDJTUda amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan. Dastur Yaponiya tomoni tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, talabalar amaliyot davomida o‘zbek oilalarida yashab, mamlakatimiz madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

O‘zDJTUda milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi

5-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida milliy va madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib etish, ularda tarixiy an’analar hamda umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Shuningdek, bayram tantanalari doirasida o‘tkazilayotgan “Tarannum” yoki “Yoshlik fasli” modalar namoyishi haftaligi doirasida tashkil etildi.

Ko‘rgazmada universitet talabalari tomonidan milliy an’analar va zamonaviy uslub uyg‘unlashgan turli liboslar namoyish etildi. Tadbir davomida milliy liboslarimizning nafisligi va rang-barangligi aks ettirilib, yoshlarning estetik didini shakllantirish hamda ularni milliy madaniyatga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1🔥1👏1
Forwarded from FVV Akademiyasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminar tafsilotlari.


🔰 Obuna bo‘lishni unutmang:

🌐 Boshqa yangiliklar 👇

🔍 Veb-sayt| Telegram|‌‌‌
📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

Universitetda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Muqaddas ayol” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan sovg‘alar xorijlik professor-o‘qituvchilar va uzoq yillar davomida fidoiy mehnat qilgan faxriy ustozlarga tantanali ravishda topshirildi.

Bu esa xotin-qizlar, professor-o‘qituvchilar va fidoiy xodimlarga bo‘lgan ehtirom va hurmatning yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3