O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Universitet bosh binosidagi Faollar zalida “Muqaddas ayol” nomli bayramona konsert dasturi tashkil etildi. Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, xotin-qizlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Bayram tadbirini universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, barcha ayol professor-o‘qituvchilar va xodimlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabrikladi. O‘z tabrik so‘zida u xotin-qizlarning ta’lim-tarbiya, ilm-fan va jamiyat taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni, ularning fidokorona mehnati hamda universitet hayotidagi faol ishtirokini alohida e’tirof etdi.
Tadbir davomida universitetda uzoq yillar samarali faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar hamda fidoiy xodimlar bayram munosabati bilan e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.
Bayramona kecha mehmon san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, mashhur estrada xonandasi Xamdam Sobirov hamda san’atkor Umar Shamsiyev tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Shuningdek, universitet talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, raqs va musiqiy chiqishlar ham tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Bayram yakunida xotin-qizlarga ehtirom va hurmat ifodasi sifatida sovg‘alar ulashilib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👏13👍3😢1
Forwarded from Iqtidorli talabalar | OʻzDJTU
📢 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi e’lon qilinadi! 📢
🎓 Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
🎯 Tanlovning maqsadi:
Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur tahlil qilish, yoshlar orasida ilmiy tafakkur, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatni rivojlantirish. 📚
👨🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar.
📚 Tanlov sharti:
Ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bekning hayoti, faoliyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida ixtiyoriy mavzuda ilmiy maqola yozishlari kerak. ✍️
📑 Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
• 📄 4–6 sahifa hajmda bo‘lishi;
• 🔤 Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda yozilishi;
• 📏 Satrlar oralig‘i – 1,5 interval;
• 🧾 Matn ilmiy-uslubiy tahrir qilingan bo‘lishi;
• 🔑 Annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi shart;
• 📚 Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida alifbo tartibida keltirilishi lozim.
📍 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi
2️⃣ Respublika saralash bosqichi
3️⃣ Respublika final bosqichi
🏛 Respublika final bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida (oflayn) o‘tkaziladi.
✍️ Final bosqichida ishtirokchilar:
• 🔬 Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
• 📜 Temuriylar davridagi buyuk alloma sifatidagi faoliyati
• 🏛 Davlat arbobi sifatidagi faoliyati
mavzularidan biri bo‘yicha insho yozish hamda 20 ta test savoliga javob berishadi.
🏆 G‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 4 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m
📖 Respublika final bosqichi g‘oliblarining maqolalari “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop jurnalida chop etiladi.
📌 Tanlovda faol ishtirok eting!
Maqola shu profilga yuboring!
🎓 Oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
🎯 Tanlovning maqsadi:
Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur tahlil qilish, yoshlar orasida ilmiy tafakkur, vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatni rivojlantirish. 📚
👨🎓 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar.
📚 Tanlov sharti:
Ishtirokchilar Mirzo Ulug‘bekning hayoti, faoliyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida ixtiyoriy mavzuda ilmiy maqola yozishlari kerak. ✍️
📑 Maqolaga qo‘yiladigan talablar:
• 📄 4–6 sahifa hajmda bo‘lishi;
• 🔤 Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda yozilishi;
• 📏 Satrlar oralig‘i – 1,5 interval;
• 🧾 Matn ilmiy-uslubiy tahrir qilingan bo‘lishi;
• 🔑 Annotatsiya va kalit so‘zlar bo‘lishi shart;
• 📚 Adabiyotlar ro‘yxati maqola oxirida alifbo tartibida keltirilishi lozim.
📍 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1️⃣ Oliy ta’lim tashkiloti bosqichi
2️⃣ Respublika saralash bosqichi
3️⃣ Respublika final bosqichi
🏛 Respublika final bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida (oflayn) o‘tkaziladi.
✍️ Final bosqichida ishtirokchilar:
• 🔬 Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
• 📜 Temuriylar davridagi buyuk alloma sifatidagi faoliyati
• 🏛 Davlat arbobi sifatidagi faoliyati
mavzularidan biri bo‘yicha insho yozish hamda 20 ta test savoliga javob berishadi.
🏆 G‘oliblar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 5 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 4 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m
📖 Respublika final bosqichi g‘oliblarining maqolalari “Yoshlar va ilm-fan” ilmiy-ommabop jurnalida chop etiladi.
📌 Tanlovda faol ishtirok eting!
Maqola shu profilga yuboring!
❤5👍1
AQSHning Baskerville instituti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-yil 6-mart kuni AQSHning Baskerville instituti direktori Bahman Bakhtiari va uning yordamchisi Tomas Pakham bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda bo‘lim yetakchi mutaxassisi K. Alimova ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitet faoliyati, uning xalqaro reytinglardagi o‘rni hamda xalqaro hamkorlik aloqalari haqida qisqacha ma’lumot berdi. O‘z navbatida, Bahman Bakhtiari Baskerville instituti faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, jumladan Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Namangan davlat chet tillari instituti hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritdi.
AQSH tomoni Yuta universitetida 89 ta xorijiy til o‘qitilishini ta’kidlab, ushbu universitet bilan hamkorlik qilish O‘zDJTU uchun manfaatli bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, Bahman Bakhtiari joriy yil aprel oyi oxirida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Til, adabiyot va huquq: madaniyatlararo muloqot va tinchlik o‘rnatish yo‘lida” mavzusidagi xalqaro konferensiya haqida ma’lumot berdi. Mazkur anjumanda til ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston, AQSH va boshqa xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari vakillarining ishtirok etishi kutilmoqda. Ta’kidlanishicha, tadbirda Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtiroki ham ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘qituvchilar uchun onlayn va oflayn seminar-treninglar tashkil etish, talabalarning almashinuv dasturlarida ishtirokini yo‘lga qo‘yish, chet tillarini o‘qitishda Baskerville institutining elektron platformasidan foydalanish hamda boshqa o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Toyo universiteti talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Toyo universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarni qutlab, universitetda olib borilayotgan xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar almashinuv dasturlari hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitetda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish bilan birga talabalar bilan muloqot qiladilar. Shuningdek, dasturga muvofiq amaliyotdan so‘ng delegatsiya a’zolari Buxoro va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor tarixiy va madaniy maskanlari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Uchrashuvda, shuningdek, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Yapon filologiyasi kafedrasi mudiri N. Hamidova hamda yapon tili o‘qituvchilari M. Ibragimova va M. Umarova ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun:
Mazkur tashrif Toyo universiteti bilan imzolangan hamkorlik shartnomasi doirasida amalga oshirilmoqda.
Dasturga ko‘ra, 2026-yil 4–14-mart kunlari Toyo universitetining 10 nafar talabasi ikki nafar o‘qituvchi rahbarligida O‘zDJTUda amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan. Dastur Yaponiya tomoni tomonidan moliyalashtiriladi. Shuningdek, talabalar amaliyot davomida o‘zbek oilalarida yashab, mamlakatimiz madaniyati va turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1