Ma’naviy meros sari muhim qadam
2026-yil 4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim fakultetining ADU 2-bosqich talabalari bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tyutor hamrohligida Yunus Rajabiy uy-muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar buyuk bastakor va san’at arbobi Yunus Rajabiyning hayoti va serqirra ijodi, o‘zbek mumtoz musiqasi tarixi hamda milliy madaniy merosimiz haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Muzeydagi nodir eksponatlar, qo‘lyozmalar va an’anaviy musiqa asboblari talabalarda katta taassurot qoldirib, ularning milliy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tashrifni tashkil etishda hamda talabalarning mazmunli vaqt o‘tkazishlarida yaqindan bosh-qosh bo‘lgan Qo‘shma ta’lim fakulteti tyutori Nilufar Manonovnaga alohida minnatdorchilik bildiriladi.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, boy madaniy merosimizga hurmat va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram| Instagram| Facebook| Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida Lingvistika va ingliz adabiyoti o‘qituvchisi Nazokat Sadullayeva hamda “Men Stipendiatman” loyihasi asoschisi Sevinch Abdumalikova tashabbusi bilan tashkil etilgan “Aleksandr Faynberg akademiyasi” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot mavzusi “Zamonaviy adabiyotshunoslikda Aleksandr Faynberg ijodini ilmiy tadqiq etish metodologiyasi”ga bag‘ishlandi. Unda talabalar mashhur shoir Aleksandr Faynberg ijodini zamonaviy adabiyotshunoslik metodlari asosida tahlil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Dars davomida quiz, fact.uz kabi interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etilib, talabalarning badiiy matnni ilmiy tahlil qilish, fikrlarini dalillar bilan asoslash, guruhlarda ishlash hamda munozara olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Rolli o‘yinlar va muloqotga asoslangan topshiriqlar orqali ularning nutq madaniyati hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlari yanada mustahkamlandi.
Zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulot talabalarda Faynberg ijodiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda :

👍4❤2👏1
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
📢 E’LON
Kursdan qolib o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan talabalar akademik qarzdor fanlar bo‘yicha kredit-modul tizimi asosida shartnoma rasmiylashtirib, belgilangan to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng dars mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat etiladi.
💳 To‘lovlarni amalga oshirish muddati — 2026-yil 20-martgacha. (4-kurslar uchun)
📄 Qayta o‘qish uchun shartnoma olib, to‘lov qilish jarayoni boshlangan.

👍3❤1
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Kredit modul tizimida qayta o'qish uchun shartnoma shakillantirish.
🟢 Mazkur video talaba Hemis tizimidan kontrakt.edu.uz saytiga kirgan holda kredit modul tizimida qayta o'qish uchun shartnoma shakillantirish ko'rsatib o'tilgan.
Bo'limning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ulaning!
Telegram | Website | Facebook |Instagram

👍4❤1
OʻzDJTU Karyera markazi tashabbusi bilan "Teach for Uzbekistan" nodavlat ta’lim loyihasi vakillari ishtirokida talabalarning bandligini ta’minlash va ularni ishga joylashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad - universitet talabalari va bitiruvchilarini zamonaviy mehnat bozori talablari bilan tanishtirish, ularga mavjud ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari hamda professional rivojlanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
📝Tadbir davomida “Teach for Uzbekistan” hududlardagi maktablarda faoliyat olib borish imkoniyatlari, shart-sharoitlar haqida taqdimot o‘tkazdilar. Shuningdek, dastur doirasida yosh mutaxassislarga beriladigan metodik yordam, treninglar, mentorlik qobiliyati va kasbiy o‘sish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
✔️Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, bitiruvchilarning bandlik ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib oldilar.
Telegram| Instagram| Facebook| Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4