Yetakchi tashkilot sifatida kengaytirilgan kafedra muhokamasi o‘tkazildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yetakchi tashkilot sifatida dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra muhokamasi ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Unda Navoiy davlat universiteti tadqiqotchisi Tuychiyeva Zebiniso Farhod qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek tillari mediamatnida so‘z o‘yini hodisasi voqelanishining sotsiolingvistik va pragmatik shartlari” mavzusidagi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil etildi. Ishda ingliz va o‘zbek mediamatnlarida so‘z o‘yini hodisasining sotsiolingvistik omillari hamda pragmatik xususiyatlari qiyosiy yondashuv asosida yoritilgani alohida ta’kidlandi.
Ilmiy rahbar va taqrizchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan asosli fikr-mulohazalar hamda taklif-tavsiyalar bildirildi.
Muhokama yakunlariga ko‘ra, dissertatsiya ishi belgilangan ilmiy talablarga muvofiq ekani qayd etilib, keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda :
Telegram| Instagram| Facebook| Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (𝒓𝒂𝒚𝒉𝒐𝒏)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2
Universitetda respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Til nazariyasi, lingvodidaktika va metodikaning dolzarb muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani yuqori saviyada tashkil etildi.
Plenar majlis va tantanali ochilish
Anjuman yalpi majlisi ishtirokchilarni qutlash va tantanali ochilish marosimi bilan boshlandi. Tadbirni universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor o‘z nutqida til nazariyasi va metodika yo‘nalishidagi ilmiy izlanishlarning ahamiyati, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish zarurati haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, Rus filologiyasi fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori (DSc) A.B. Raxmonov, Hozirgi zamon rus tili kafedrasi mudiri N.E. Shakurbanovalar ham so‘zga chiqdi.
Plenar majlis doirasida yetakchi olimlar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar tinglandi:
• Filologiya fanlari doktori (DSc), professor N.M. Petruxina — “V.V. Reshetov – Respublika pedagogika rus tili va adabiyoti institutining birinchi rektori” mavzusida;
• Filologiya fanlari doktori, professor S.B. Im — turkizmlarda tematik ma’noning kengayishi masalalari yuzasidan;
• Tashkent amaliy fanlar universiteti dotsenti M.A. Axmedova — nutqiy interferensiya muammolari haqida;
• PhD T.S. Uzbekov — rus tilining ona, noo‘na va xorijiy til muhitidagi o‘rni hamda pedagogik strategiyalar xususida;
• Katta o‘qituvchi E.S. Velishaeva — slavyan tillari leksikasida qarindoshlik mavzusini maqoliy birliklar asosida o‘rganish haqida;
• 3-bosqich talabasi L.O. Baxtiyarova — til o‘qitish metodikasining nazariy va amaliy muammolari yuzasidan ma’ruza qildi.
Ma’ruzalarda tilshunoslik, qiyosiy tadqiqotlar, lingvodidaktika va metodikaning zamonaviy muammolari atroflicha yoritildi.
Dasturga muvofiq, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, so‘ngra sho‘ba yig‘ilishlari davom etdi. Sho‘balarda ilmiy maqolalar muhokama qilinib, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Yakunda konferensiya natijalari sarhisob qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4