1-TTJda tartib-qoidalar va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-son talabalar turar joyida universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev ishtirokida tartib-qoidalar va ichki intizom masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yashash tartibiga rioya etish hamda xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida amal qilinishi lozim bo‘lgan ichki tartib-qoidalar, yong‘in va texnika xavfsizligi, tungi vaqtlarda osoyishtalikni saqlash, begona shaxslarning TTJ hududiga kiritilmasligi hamda shaxsiy mas’uliyat masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, turli salbiy holatlarga berilmaslik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan ushbu uchrashuv TTJda yanada tartibli, xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlashga zamin yaratdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Mazkur tadbir atoqli o‘zbek shoirasi va jamoat arbobi Zulfiya tavalludining 111 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi. Tadbirni fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ulugʻbek Nazarov ochib berib, shoira hayoti va sermazmun ijodi, uning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida fikr-mulohazalar bildirdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan shoiraning boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, Zulfiya qalamiga mansub sheʼrlar ifodali tarzda o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi hamda shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan videoroliklar taqdim etildi.
Mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbir talaba-yoshlarning milliy adabiyotimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni yuksak maʼnaviyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, buyuk ajdodlarimiz merosini chuqur o‘rganishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1🔥1👏1
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2