Qoʻqon universitetida ijtimoiy loyihalarga bagʻishlangan seminar
2026-yil 2-mart kuni Qoʻqon shahrida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ehtiyojmand oilalar farzandlarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Unda 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ochib berdi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdi. Jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ham qatnashdi.
Seminarda Qoʻqon universitetida ishga tushirilgan 400 oʻrinli zamonaviy oʻquv markazi faoliyati taqdim etildi. Bu yerda ehtiyojmand oilalar farzandlari dasturlash, sunʼiy intellekt va robototexnika yoʻnalishlarida 6 oylik bepul kurslarda oʻqitiladi. Loyiha doirasida yiliga 5 ming nafargacha yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan.
Yakunida ushbu tajribani hududlarda kengaytirish va ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha vazifalar belgilandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina Sayliyeva)
🇺🇿🇺🇳 2-mart — O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun munosabati bilan ta’lim muassasalarida seminarlar, davra suhbatlari va ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧 Ingliz tili 3-fakultetida mazmunli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
✅ Tadbir davomida O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lishining tarixiy ahamiyati, xalqaro maydondagi o‘rni va bugungi kundagi hamkorlik yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr almashildi.
✅ Davra suhbati tyutor
Z. Xolmurodova hamda fakultet yetakchisi
J. Sayliyeva boshchiligida tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdi.
✅ Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbir yoshlarning xalqaro munosabatlar, tinchlik va barqaror rivojlanish masalalariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
✅ Tadbir yakunida talabalarga BMTning asosiy maqsadlari — tinchlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va barqaror taraqqiyot yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Z. Xolmurodova hamda fakultet yetakchisi
J. Sayliyeva boshchiligida tashkil etilib, talabalar faol ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥3🎉3👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” tashkil etildi
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Darsda fakultet dekani X. Xakimov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. dekan o‘z nutqida ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish har bir insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidladi hamda yoshlarni onaga, opa-singillarga va ustoz ayollarga doimo ehtirom bilan munosabatda bo‘lishga chaqirdi.
Darsning asosiy maqsadi talabalarda onaga, opa-singillarga hamda ustoz ayollarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, ayollarning, ayniqsa onalarning oiladagi va jamiyatdagi tarbiyaviy o‘rni, mehr-oqibat, sabr-toqat va fidoyilik kabi fazilatlarining ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.
Dars davomida ayolning jamiyat hayotidagi o‘rni alohida e’tirof etildi. Ta’kidlanganidek, ayol – jamiyatning ma’naviy tayanchi, kelajak avlodni voyaga yetkazuvchi tarbiyachi, oilaning bosh ustuni va mehr manbaidir. U nafaqat ona sifatida, balki o‘qituvchi, shifokor, rahbar va boshqa ko‘plab sohalarda ham fidoyilik ko‘rsatadigan, hurmatga sazovor zotdir. Shu bois ayolni qadrlash jamiyat mustahkamligi va kelajak porloqligining muhim omili hisoblanadi.
✅ Biz bilan birga bo’ling!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 You Tube

❤3👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida psixologik zo‘riqish hamda kasbiy charchoqning oldini olish, ularni yengillashtirish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N. Mamazoxirova hamkorligida joriy yilning 2-mart sanasida 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men tanlagan kasb” mavzusida psixologik suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish, ularning kasbiy motivatsiyasini mustahkamlash hamda kelgusidagi faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z kasb tanlovi, kelajak rejalari va kasbiy maqsadlari haqida ochiq fikr almashdilar. Tadbir savol-javoblar, interaktiv mashg‘ulotlar va jonli muloqot tarzida olib borildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini yana bir bor aniqlashtirib, tanlagan kasbiga mas’uliyat va ishonch bilan yondashish zarurligini anglab qaytdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Shu jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Ingliz tili 3-fakulteti tyutori N. Mamazoxirova hamkorligida joriy yilning 2-mart sanasida 3-bosqich talabalari ishtirokida “Men tanlagan kasb” mavzusida psixologik suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalarda kasb tanlashga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirish, ularning kasbiy motivatsiyasini mustahkamlash hamda kelgusidagi faoliyatida uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratildi.
Suhbat davomida ishtirokchilar o‘z kasb tanlovi, kelajak rejalari va kasbiy maqsadlari haqida ochiq fikr almashdilar. Tadbir savol-javoblar, interaktiv mashg‘ulotlar va jonli muloqot tarzida olib borildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarini yana bir bor aniqlashtirib, tanlagan kasbiga mas’uliyat va ishonch bilan yondashish zarurligini anglab qaytdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #MirzoUlugʻbekVorislari
☄️“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
2026-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida ro‘yxatdan o‘tib, IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar 2026-yilning 3-mart kunidan boshlab tuman (shahar)lar kesimida o‘z loyihalarini taqdimot qiladilar.
Tanlovning 1-bosqich grafigi bilan tanishing.
Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan eng yaxshi loyiha mualliflari g‘olib deb topiladi hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan BHMning 5 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
❤4👍1
Forwarded from Edu.uz
OliyTa’limKlassifikatori
Klassifikatorning yangi tahririga 13 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:
➖ raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;
➖ kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;
➖ muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;
➖ zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;
➖ sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;
➖ kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.
👉 Klassifikatorni yuklab olish
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138354
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi
Klassifikatorning yangi tahririga 13 ta yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 15 ta yangi magistratura mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:
➖ raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;
➖ kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;
➖ muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;
➖ zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;
➖ sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;
➖ kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.
👉 Klassifikatorni yuklab olish
👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/138354
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
1-TTJda tartib-qoidalar va xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-son talabalar turar joyida universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev ishtirokida tartib-qoidalar va ichki intizom masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yashash tartibiga rioya etish hamda xavfsiz va sog‘lom muhitni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
Yig‘ilish davomida talabalar turar joyida amal qilinishi lozim bo‘lgan ichki tartib-qoidalar, yong‘in va texnika xavfsizligi, tungi vaqtlarda osoyishtalikni saqlash, begona shaxslarning TTJ hududiga kiritilmasligi hamda shaxsiy mas’uliyat masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, turli salbiy holatlarga berilmaslik va o‘zaro hurmat muhitini shakllantirish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, zarur tavsiyalar oldilar. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan ushbu uchrashuv TTJda yanada tartibli, xavfsiz va o‘zaro hurmatga asoslangan muhitni mustahkamlashga zamin yaratdi.