O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.97K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Zulfiya — sadoqat va vafo timsoli!


O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-sonli talabalar turar joyida pedagog Gulnora Zuxurova rahbarligida shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan “Zulfiya — sadoqat kuychisi” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sherzodbek Zokirov ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan shoira ijodining ma’naviy ahamiyati haqida samimiy suhbat olib bordi.

Kecha davomida talabalar tomonidan ijro etilgan ta’sirchan she’rlar hamda sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida milliy adabiyotimizga mehr uyg‘otish, Zulfiyaxonimning ibratli hayot yo‘li va ijodiy merosini talaba-qizlarga namuna sifatida targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
⚽️Navbatdagi futbol to‘garagi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M.Abdullayeva boshchiligida navbatdagi futbol to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida faol ishtirok etdilar.

Sport nafaqat salomatlik, balki irodani chiniqtirish, liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

⚽️Futbol to‘garagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

1-mart kuni poytaxtimizda O‘zbekiston xalq shoiri, atoqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Rohilabonu G‘o‘chchiyeva hamda universitetning “Zulfiyaxonim izdoshiman” to‘garagi a’zolari faol ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Adiblar xiyoboni hududida joylashgan Zulfiya haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, yozuvchi Xayriddin Sultonov ochib berdi.

U o‘z nutqida Zulfiya Isroilovaning milliy adabiyotimiz va ma’naviy taraqqiyot tarixidagi o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi. Shoira ijodida o‘zbek ayolining nafisligi, sabr-matonati va yuksak fazilatlari yuksak badiiy talqinda aks etgani, uning she’rlari bugungi avlod uchun ham ibrat va ruhiy quvvat manbai bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Mazkur tadbir adabiyot va ma’naviyatga ehtirom, ustozlarga sadoqat hamda milliy qadriyatlarga hurmat timsoli sifatida yuksak ruhda o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍4
Forwarded from 3rd English faculty (Jasmina Sayliyeva)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Zulfiya tavalludi – 1-mart
📖 “Hayot kitobimni bexos varoqlab...”


Bugun, 1-mart — shoira Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇬🇧Ingliz tili 3-fakulteti
2312-guruh talabasi O‘tkurova Gulniso
shoira she’rlari orqali u zotni yod etdilar.

🌷 Zulfiyaxonim ijodi — mehr, sadoqat va vafo timsoli.
Ularning satrlari qalblarda yashaydi. 🤍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥65👍1🤩1
O‘zDJTU va Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) o‘rtasida istiqbolli ilmiy hamkorlik


O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani G. Ergasheva, Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Nishonaliyev Bekzod hamda boʻlim bosh mutaxassisi Sultonov Feruz ishtirokida Indoneziyaning yuqori reytingga ega oliy ta’lim muassasalaridan biri Universitas Pendidikan Indonesia (UPI) qoshida Scopus bazasida indekslangan jurnallar uchun mas'ul vakillari Nita Novianti, Wawan Gunawan hamda Lukman Hakim bilan online xalqaro akademik hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuv davomida ikki tomonlama akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash hamda xalqaro nashriyot va indeksatsiya tizimlarida birgalikda faoliyat yuritish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar muhokama qilindi:
OʻzDJTU huzuridagi OAK jurnalini Scopus bazasida indekslash bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etish.
UPI mutaxassislari tomonidan jurnalni xalqaro standartlarga moslashtirish, editorial siyosatni takomillashtirish va Scopus talablari asosida rivojlantirish yuzasidan yo‘riqnoma-seminar o‘tkazish taklif etildi.

Ilmiy maqola tayyorlash bo‘yicha amaliy trening dasturlarini tashkil etish.
Ilmiy maqola yozish, metodologik asoslarni mustahkamlash, xalqaro reytingli jurnallarga maqola tayyorlash bo‘yicha amaliy treninglar o‘tkazish rejalashtirildi.

Xalqaro grant loyihalarini birgalikda ishlab chiqish.
Tomonlar qo‘shma ilmiy loyihalar tayyorlash va xalqaro grantlarda hamkorlikda ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Hamkorlikda ilmiy nashrlar tayyorlash.
Qo‘shma manuscript va book chapterlar yozish hamda ularni Springer kabi xalqaro nufuzli ilmiy bazalarda nashr qilish masalalari muhokama qilindi.

Scopus bazasida indekslangan konferensiyani co-hosting asosida tashkil etish.
Scopus indeksatsiyasiga ega conference proceedings shaklida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.

Scopus jurnallarida hammualliflikda maqolalar chop etish.
Ilmiy tadqiqot natijalarini hamkorlikda tayyorlab, yuqori reytingli jurnallarda e’lon qilish orqali ikki universitetning ilmiy ko‘rsatkichlarini oshirish rejalashtirildi.

UPI qoshidagi laboratoriya va texnopark bilan hamkorlik.
Innovatsion ishlanmalar, ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish hamda texnologik platformalar orqali ilmiy salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur uchrashuv O‘zDJTU va UPI o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy nashrlar sifati va xalqaro ko‘rinuvchanligini oshirish, shuningdek, universitetlarning global reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍2👏1
⚽️Navbatdagi futbol to‘garagi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M.Abdullayeva boshchiligida navbatdagi futbol to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalar jismoniy faollikni oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida faol ishtirok etdilar.

Sport nafaqat salomatlik, balki irodani chiniqtirish, liderlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

⚽️Futbol to‘garagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar kutgan kun yaqinlashmoqda!

Sho‘v-shuvli Kelajak Muhandislari – 2026 yana qaytmoqda 😅

➡️Umumiy sovrin jamg‘armasi — 3 milliard so‘mga yaqin!
➡️9 ta yo‘nalish
➡️40 dan ortiq musobaqa


28–29–30 aprel
📍Alpomish muz saroyi | Zakovat Arena

📎Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: https://km.edu.uz/uz

😅KELAJAK MUHANDISLARI | XALQARO FESTIVALINING IJTIMOIY TARQMOQLARIGA OBUNA BO‘LING!

🚀Telegram | 📷 Instagram | 🗣Web sahifa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2