Forwarded from O’zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Pedagogika va psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan kurslarning navbatdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot doirasida “Raqamli transformatsiya sharoitida professor-o‘qituvchilarda deontologik sifatlarni rivojlantirish” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xayrullayeva Zebiniso Toxirovna ma’ruza qildi.
Mashg'ulot davomida raqamli ta’lim muhiti sharoitida pedagogning kasbiy mas’uliyati, axloqiy me’yorlari, kasbiy etikasi hamda deontologik tamoyillarini mustahkamlash masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagogning shaxsiy namunaliligi, raqamli madaniyati va professional pozitsiyasini shakllantirishning psixologik asoslari tahlil qilindi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi hamda raqamli transformatsiya jarayonida pedagogik faoliyatni samarali va mas’uliyatli tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📱 Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🚀 Telegram
🔵 Facebook
📷 Instagram
Joriy yilning 25-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Pedagogika va psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan kurslarning navbatdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot doirasida “Raqamli transformatsiya sharoitida professor-o‘qituvchilarda deontologik sifatlarni rivojlantirish” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xayrullayeva Zebiniso Toxirovna ma’ruza qildi.
Mashg'ulot davomida raqamli ta’lim muhiti sharoitida pedagogning kasbiy mas’uliyati, axloqiy me’yorlari, kasbiy etikasi hamda deontologik tamoyillarini mustahkamlash masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagogning shaxsiy namunaliligi, raqamli madaniyati va professional pozitsiyasini shakllantirishning psixologik asoslari tahlil qilindi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashildi hamda raqamli transformatsiya jarayonida pedagogik faoliyatni samarali va mas’uliyatli tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🤩1
Forwarded from Tarjimonlik fakulteti_O‘zDJTU (official)
Johannes Gutenberg-Universität Mainz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from A.Faynberg | Marjona Nigohida🎓
Mazkur ijodiy musobaqaning asosiy maqsadi — Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini keng targ‘ib etish, uning chuqur falsafiy hamda lirizmga boy she’rlarini yoshlar qalbiga yetkazish, shuningdek ifodali o‘qish va badiiy nutq madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlari tanlagan she’rni audio formatda ifodali tarzda o‘qib taqdim etadilar hamda she’riyatga bo‘lgan qarashlari orqali ijodiy yondashuvlarini namoyon etadilar.
📑Ishtirok etish shartlari:
She’riyatni his qiladigan, so‘zga jon bag‘ishlay oladigan barcha talabalarni musobaqada faol ishtirok etishga taklif etamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Forwarded from “Yosh kitobxon” INFO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Kuni kecha “Koʻksaroy” qarorgohida Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
😊 Ushbu uchrashuvda “Mutolaa” jamoasi a’zosi, “Yosh kitobxon” tanlovi gʻolibi Oʻgʻuljeren Xoldurdiyeva nutq soʻzladi va kitobxonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun oʻz tashakkurlarini bildirdi.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
😊 Ushbu uchrashuvda “Mutolaa” jamoasi a’zosi, “Yosh kitobxon” tanlovi gʻolibi Oʻgʻuljeren Xoldurdiyeva nutq soʻzladi va kitobxonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uchun oʻz tashakkurlarini bildirdi.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
👍13❤5
Forwarded from Magistratura bo'limi O‘zDJTU
Hurmatli magistrantlar, ustozlar va abituriyentlar!
📱 Endilikda siz magistratura ta’lim yo‘nalishlari, qabul va o‘quv jarayoni yangiliklari, ilmiy tadqiqotlar, hamda xalqaro hamkorlik loyihalari haqidagi eng so‘nggi ma’lumotlarni ushbu kanal orqali kuzatishingiz mumkin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro mehmon taassurotlari
Erasmus+ KA171 akademik mobillik dasturi doirasida 1 Decembrie 1918 University of Alba Iulia (Ruminiya) doktoranti Ismet Dilaverning O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrifi yakunlandi.
Mehmon tashrif davomida universitetimizdagi ilmiy muhit, talabalar faolligi hamda akademik hamkorlik istiqbollari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U O‘zDJTUda o‘tkazgan bir oylik ilmiy izlanishlari va seminar mashg‘ulotlari o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon bo‘lganini alohida ta’kidladi.
Quyidagi videolavhada mehmonning uchrashuv haqidagi samimiy taassurotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
O‘zDJTU haqida xalqaro e’lon!
Università per Stranieri di Perugia (Italiya) rasmiy veb-saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ishtirokidagi xalqaro loyiha haqida xabar e’lon qilindi.
Unda Italiya Respublikasi Universitetlar va tadqiqotlar vazirligi — Ministero dell’Università e della Ricerca (MUR) tomonidan o‘tkazilgan “Italia–Uzbekistan” grant tanlovida “JAD-IT-UZ” loyihasi g‘olib bo‘lgani ma’lum qilingan.
Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkor sifatida ishtirok etmoqda. Loyiha Italiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, akademik almashinuv va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan.
https://www.unistrapg.it/il-progetto-jad-it-uz-delluniversita-stranieri-di-perugia-fra-i-vincitori-del-bando-mur-italia-uzbekistan
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Università per Stranieri di Perugia
Il progetto JAD‑IT‑UZ dell'Università per Stranieri di Perugia fra i vincitori del bando MUR Italia-Uzbekistan
La notizia è stata data nell'ambito del Forum dei rettori italiani e uzbeki organizzato dalla Conferenza dei Rettori delle Università Italiane (CRUI), in collaborazione con il Ministero dell’Università e della Ricerca, presso l'Università degli Studi Roma…
👍4🔥3🤩2❤1
Italiya OAVda O‘zbekiston–Italiya rektorlar forumi yoritildi
Canale 3 Toscana (Italiya) rasmiy axborot saytida Università per Stranieri di Sienaning Italiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi II forumdagi qatnashuvi haqida xabar e’lon qilindi.
Mazkur forum ikki davlat universitetlari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy almashinuvni rivojlantirishga qaratilgani ta’kidlangan.
https://www.canale3.tv/luniversita-per-stranieri-di-siena-presente-a-roma-al-2-forum-dei-rettori-di-universita-italiane-e-uzbeke/
🌍 Xabar Italiya ommaviy axborot vositasida e’lon qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Canale 3
L’Università per Stranieri di Siena presente a Roma al 2° Forum dei Rettori di Università Italiane e Uzbeke - Canale 3
l'Università per Stranieri di Siena ha preso parte all'iniziativa volta a rafforzare la cooperazione scientifica fra le università
👍8❤2🔥2🤩2
Bergamo universiteti va O‘zbekiston: innovatsiyalar ko‘prigi
Italiyaning nufuzli nashri — L’Eco di Bergamo gazetasining 25-fevral sonida jurnalist Barbara Turchetta muallifligidagi maqola e’lon qilindi.
Unda Università degli Studi di Bergamo hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, innovatsion loyihalar va akademik almashinuv dasturlari haqida so‘z yuritiladi. Maqolada ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shakllanayotgan ilmiy va ta’limiy hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etilgan.
🌍 Mazkur maqola Italiya matbuotida O‘zbekiston bilan oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning kengayib borayotganini ko‘rsatadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2👍1
“Art-terapiya va ijodiy tafakkur” — ijod, ilhom va ruhiy yengillik
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Badiiy akademiya tasarrufidagi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati (RISMI) rassomlik bo‘limi hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida mazmunli mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur qo‘shma tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirish, rasm chizish orqali ichki kechinmalarni ifodalash, stressni kamaytirish hamda ijodiy hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mahorat darsi RISMI rassomlik bo‘limi o‘qituvchisi A. Shoymurodova va uning iqtidorli o‘quvchilari tomonidan olib borildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat badiiy ko‘nikmalarini sinab ko‘rdilar, balki ranglar orqali o‘z his-tuyg‘ularini erkin ifodalash imkoniga ega bo‘ldilar.
Ijodiy muhit va samimiy muloqot yoshlar uchun ruhiy yengillik, ilhom va yangi g‘oyalar manbai bo‘ldi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Ushbu mahorat darsi san’atning nafaqat ijod, balki ruhiy muvozanat va ichki xotirjamlik manbai ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1