O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.97K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
19-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori Z. Xaydarova tashabbusi bilan 1-bosqich Koreys filologiyasi yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitet psixologi Sh. Bo‘stonova hamda profilaktika inspektori mayor S. Sherboyev qatnashib, giyohvandlik vositalari va narkojinoyatlarning oldini olish, ularning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri hamda bu illatlarning og‘ir oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.

Tadbir davomida mavzuga oid taqdimotlar va videoroliklar namoyish etilib, giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati hamda jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri aniq misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarni bunday xavfli holatlardan asrash, hushyorlikni kuchaytirish va shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yakunda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda huquqiy va psixologik savodxonlikni oshirish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamalari bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishlarining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamalari an’anaviy (offline) hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

📝 Muhokamada quyidagi tadqiqot ishlari ko‘rib chiqildi:

🔹 Sattorova Shaxnoza Raxmonqulovna
“Filolog talabalarning grammatik kompetensiyasini she’riy matnlar asosida takomillashtirish (nemis tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi.

🔹 Ruxiddinov Xayrulla Xayriddin o‘g‘li
“Ko‘zi ojiz o‘quvchilarning tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmalarini ‘visualization’ metodi orqali rivojlantirish (8–9–10-sinflar misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi.

Muhokama jarayonida tadqiqotlarning ilmiy yangiligi, nazariy asoslari, metodik yondashuvlari hamda tajriba-sinov natijalari atroflicha tahlil qilindi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyalar yuzasidan asosli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yakunda taqdim etilgan ilmiy ishlar ijobiy baholanib, belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
🟦🟦🟦

2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova tashabbusi bilan Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi M. Gulyamova hamda Durdona folklor-etnografik jamoasi badiiy rahbari, nomoddiy madaniy meros saqlovchisi M. Boymirzayeva hamkorligida “Milliy qadriyatlarda alla – millat xotirasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga o‘zbek xalq og‘zaki ijodining muhim qismi bo‘lgan alla san’ati, uning tarbiyaviy ahamiyati hamda onalar mehr-muhabbatining betakror ifodasi sifatidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yosh avlod ongiga singdirish va ma’naviy merosni davom ettirish masalalariga alohida urg‘u qaratildi.

Jarayonda mehmonlar tomonidan allalar jonli ijro etilib, ularning mazmun-mohiyati tahlil qilindi. Ishtirokchilar fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan qizg‘in munozara olib bordilar.

Uchrashuv talabalarda milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat va ma’naviy merosga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1
🔖Bilim maskanida ilhomli uchrashuv

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutor M. Abdullayeva boshchiligida talabalar “Bilim kutubxonasi”ga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida jamiyatda o‘z o‘rniga ega, yetakchi va faol lider ayollar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

💬Uchrashuv davomida ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, liderlik fazilatlari, shaxsiy rivojlanish hamda kasbiy muvaffaqiyat sari qo‘yilgan qadamlari haqida qiziqarli fikrlar bildirildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, katta motivatsiya va tajriba orttirishdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni faol va tashabbuskor bo‘lishga undashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🔖Kitob – tafakkur poydevori

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari Abdullayeva Matluba hamda Mamadaliyeva Komila Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda kitob targ‘iboti tadbirida faol ishtirok etdi.

Markaziy kengashda taniqli siyosatshunos, fikr yetakchisi Kamoliddin Rabbimovning “Erkin millat poydevori” kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida asarda ilgari surilgan g‘oyalar, erkin jamiyat va milliy tafakkur masalalari, zamonaviy siyosiy qarashlarning ahamiyati keng muhokama qilindi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, siyosiy ong va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📖Bunday ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2