🕌Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif
Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva boshchiligida talabalar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar boy tarixiy merosimiz, islom madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.
Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirani mustahkamlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada oshirishga xizmat qildi.
📚Ilm va tarix uyg‘unlashgan maskanda olingan bilim va taassurotlar talabalar uchun unutilmas bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube

❤4👍1
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosidagi xalqaro e’tirof
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovning 19-turi doirasida yana bir quvonchli natija qayd etildi.
SCIENTIFIC ACADEMY ilm-ma’rifat markazining 2026-yil 2-fevraldagi 85-sonli buyrug‘iga muvofiq, “Innovatsion ta’lim: rivojlanish va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkazilgan tanlovda Ingliz tili 2-fakulteti 2315-guruh talabasi Rahmonova Shoiraxon Saydumar qizi munosib ishtirok etib, “Yosh tadqiqotchi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.
Mazkur nufuzli e’tirof munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Shoiraxon 1-kurs talabalariga o‘zining ilmiy izlanishlari, bosib o‘tgan yo‘li, uchragan qiyinchiliklari va erishgan tajribalari haqida batafsil taqdimot qildi hamda yoshlarga amaliy tavsiyalar berdi.
Uning bu muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy yutuq, balki fakultetimiz ilmiy salohiyatining yorqin namunasidir. Shoiraxonning kelgusi ilmiy faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishishiga ishonamiz.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🤩2👍1🔥1👏1🎉1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Donald Tramp: “Shavkat Mirziyoyev — mening do‘stim, mamlakatingizda ishlar zo‘r ketyapti, siz zo‘r ketyapsiz!”
AQSH prezidenti Tinchlik kengashining birinchi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni alohida e’tirof etdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍6🔥3❤2👏1😢1
2026-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida universitet psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova tashabbusi bilan “Qizlarjon” va “Lider qizlar” klublari koordinatorlari ishtirokida seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur trening dasturi ishtirokchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, shaxsiy rivojlanish strategiyalarini shakllantirish hamda liderlik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi. Mashg‘ulotlar davomida gender psixologiyasi, shaxsning ijtimoiylashuv jarayoni, kommunikativ kompetentlik, empatiya, assertiv xulq-atvor va emotsional intellektni rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, lider qizlar psixologiyasining o‘ziga xos jihatlari, ichki motivatsiya mexanizmlari, o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini baholashning adekvatligi hamda samarali qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan interaktiv usullar qo‘llanildi. Trening ishtirokchilarga nafaqat nazariy bilim, balki amaliy tajriba ham berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤2👍1🔥1
19-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti tyutori Z. Xaydarova tashabbusi bilan 1-bosqich Koreys filologiyasi yo‘nalishi talabalari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda universitet psixologi Sh. Bo‘stonova hamda profilaktika inspektori mayor S. Sherboyev qatnashib, giyohvandlik vositalari va narkojinoyatlarning oldini olish, ularning yoshlar hayotiga salbiy ta’siri hamda bu illatlarning og‘ir oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
Tadbir davomida mavzuga oid taqdimotlar va videoroliklar namoyish etilib, giyohvandlikning inson salomatligi, ruhiy holati hamda jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri aniq misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, yoshlarni bunday xavfli holatlardan asrash, hushyorlikni kuchaytirish va shaxsiy mas’uliyatni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda huquqiy va psixologik savodxonlikni oshirish bugungi kun talabi ekani ta’kidlandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

❤3👍1