O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.5K photos
2.94K videos
323 files
9.58K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Transmilliy qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanishi: O‘zDJTU tajribasi va xalqaro sifat kafolati tizimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar” mavzusidagi 1-Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjuman universitetning Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tashkil etildi. Unda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, soha mutaxassislari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda transmilliy va ikki diplomli ta’lim dasturlarini rivojlantirish oliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro sifat kafolati mexanizmlarini joriy etish, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda akademik mobillikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Anjuman davomida transmilliy va qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanish istiqbollari, xalqaro akkreditatsiya talablari, sifatni ta’minlash tizimlari hamda hamkorlik mexanizmlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish va xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
🕌Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva boshchiligida talabalar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar boy tarixiy merosimiz, islom madaniyati va ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Markazdagi noyob qo‘lyozmalar, tarixiy eksponatlar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur tashrif talabalarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, tarixiy xotirani mustahkamlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada oshirishga xizmat qildi.

📚Ilm va tarix uyg‘unlashgan maskanda olingan bilim va taassurotlar talabalar uchun unutilmas bo‘ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
4👍1
🟦🟦🟦

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqyosidagi xalqaro e’tirof

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovning 19-turi doirasida yana bir quvonchli natija qayd etildi.

SCIENTIFIC ACADEMY ilm-ma’rifat markazining 2026-yil 2-fevraldagi 85-sonli buyrug‘iga muvofiq, “Innovatsion ta’lim: rivojlanish va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkazilgan tanlovda Ingliz tili 2-fakulteti 2315-guruh talabasi Rahmonova Shoiraxon Saydumar qizi munosib ishtirok etib, “Yosh tadqiqotchi” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ldi.

Mazkur nufuzli e’tirof munosabati bilan universitet rahbariyati tomonidan maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida Shoiraxon 1-kurs talabalariga o‘zining ilmiy izlanishlari, bosib o‘tgan yo‘li, uchragan qiyinchiliklari va erishgan tajribalari haqida batafsil taqdimot qildi hamda yoshlarga amaliy tavsiyalar berdi.

Uning bu muvaffaqiyati nafaqat shaxsiy yutuq, balki fakultetimiz ilmiy salohiyatining yorqin namunasidir. Shoiraxonning kelgusi ilmiy faoliyatida yanada yuksak natijalarga erishishiga ishonamiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🤩2👍1🔥1👏1🎉1