Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
✅ Chiqishlar jarayonida ishtirokchilar nutq madaniyati, to‘g‘ri talaffuz, ovozni boshqarish, imo-ishora hamda auditoriya bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Har bir talaba yangiliklarni aniq, ravon va ta’sirchan tarzda yetkazishga intildi. Ayniqsa, matn ustida ishlash, axborotni qisqa va mazmunli bayon qilish hamda auditoriya e’tiborini jalb eta olish qobiliyatlari ularning mahoratini yaqqol namoyon etdi.
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥6❤4👏1🎉1
Forwarded from Zukhra Sadullaeva
📣 XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tashabbusi bilan
🎓“Transmilliy qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanishi: O‘zDJTU tajribasi va xalqaro sifat kafolati tizimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
📅 Sana: 2026-yil 19-fevral 10:00
📍 Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahri
📚 Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilinadi:
🔹 qo‘shma va transmilliy ta’lim dasturlari
🔹 xalqaro akkreditatsiya va sifatni ta’minlash
🔹 kompetensiyaga asoslangan ta’lim
🔹 raqamli texnologiyalar va akademik mobillik
Eng yaxshi tezislar to‘plamda nashr etiladi va ishtirokchilarga sertifikat taqdim etiladi.
📩 Maqola va tezislar qabul qilinadi.
📑 Axborot Xati Uzbek Tili
🌍 Barchangizni anjumanda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

❤7👍4
Forwarded from O'zDJTU - Ingliz filologiyasi - Yoshlar Ittifoqi
🎓 Bugun Ingliz filologiyasi fakultetida Yoshlar ittifoqi tomonidan stipendiant bo‘lishni maqsad qilgan talabalar uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
👩🎓 Uchrashuv davomida Prezident granti g‘olibi — Rustamjonova Mohichehra, hamda Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi — Xaldurdiyeva O‘g‘uljeren o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
💬 Tadbirda ishtirokchilar:
✨ Nomdor stipendiyalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar
✨ G‘oliblardan amaliy maslahatlar va motivatsiya oldilar
✨ O‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob topdilar
📌 Uchrashuv samimiy muhitda o‘tib, talabalar uchun yangi maqsad va ishonch bag‘ishladi.
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🌟
🌐 Rasmiy sahifalarimiz:
✈️ Telegram | 📷 Instagram
🖤 YouTube | 📒 Facebook
👩🎓 Uchrashuv davomida Prezident granti g‘olibi — Rustamjonova Mohichehra, hamda Navoiy nomli davlat stipendiyasi g‘olibi — Xaldurdiyeva O‘g‘uljeren o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
💬 Tadbirda ishtirokchilar:
✨ Nomdor stipendiyalar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar
✨ G‘oliblardan amaliy maslahatlar va motivatsiya oldilar
✨ O‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob topdilar
📌 Uchrashuv samimiy muhitda o‘tib, talabalar uchun yangi maqsad va ishonch bag‘ishladi.
Barcha ishtirokchilarga faol qatnashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍4👏1
O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tashabbusi bilan “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan an’anaviy “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” bilimlar tanlovi o‘tkazilmoqda.
🗓 2026-yilgi tanlovga 12-fevraldan start berildi.
Tanlov quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Faol va bilimli talabalarni ushbu tanlovda qatnashishga chorlaymiz. O‘z bilim va salohiyatingizni namoyon etish imkoniyatidan foydalaning.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)
+998 71-230-13-73
O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot

❤6👍5
MA’RIFATLI AVLOD — BARQAROR KELAJAK POYDEVORI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda “Maromiylik” loyihasi doirasida ilm-ma’rifat, ma’naviy yuksalish va yoshlar tarbiyasiga bag‘ishlangan ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillarini yagona maqsad — ma’naviy barkamollikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va zamonaviy bilimlar bilan uyg‘un taraqqiyot yo‘lida birlashtirdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Toshkent shahar Kengashi deputati, “Do‘stlik” ordeni sohibasi, taniqli shoira Zulfiya Mo‘minova hamda o‘zbek ilm-fanini xalqaro maydonda munosib namoyon etib kelayotgan olima, professor, filologiya fanlari doktori Dilrabo Baxronova ishtirok etib, ilm-ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, milliy madaniyat va tilning ma’naviy yuksalishdagi ahamiyati, yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdilar.
Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Ilm — taraqqiyot poydevori, ma’rifat — kelajak kafolati” g‘oyasi mazmunan sharhlanib, yosh avlodni vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ma’naviy poklik ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasi ekani alohida ta’kidlandi. Zulfiya Mo‘minova o‘z chiqishida adabiyot va san’at inson qalbini poklaydigan, jamiyatni birlashtiradigan kuch ekanini, yoshlar uchun yaratilayotgan ta’lim va kasb-hunar imkoniyatlari tobora kengayib borayotganini qayd etdi. Dilrabo Baxronova esa til va tafakkur uyg‘unligi, milliy o‘zlikni anglash hamda global maydonda samarali madaniy muloqotni rivojlantirishda ilm-ma’rifat va xorijiy tillarning o‘rni haqida chuqur tahliliy mulohazalar bildirdi.
Uchrashuv savol-javob va ochiq muloqotlar ruhida o‘tib, talaba-yoshlarning faol ishtiroki bilan yanada mazmunli tus oldi. Tadbir yakunida ilm va ma’rifatni hayotiy qadriyat darajasiga ko‘tarish, milliy va umuminsoniy tamoyillar uyg‘unligida yetuk avlodni tarbiyalash borasidagi qat’iy intilish yana bir bor namoyon bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

👍5❤2
Yangi kitob taqdimoti — “FITRAT”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi uchun muhim yangilik!
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, universitetning Xalqaro jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchisi Olim Toshboyevning yangi kitobi — “FITRAT” nashr etildi.
Asarda atoqli ma’rifatparvar, qomusiy olim Abdurauf Fitrat hayoti va faoliyati badiiy talqin asosida yoritiladi. Muallif XX asr boshlarida yurtimizda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, millat taqdiri hamda ma’rifatparvarlik harakati mohiyatini chuqur tahlil qiladi. Kitobxon mutolaa jarayonida “boyligi o‘ziga buyurmagan xalq” fojeasining ildizlari haqida mushohada yuritadi, jamiyat tafakkuridagi sustkashlik, beparvolik va nodonlik kabi illatlarning oqibatlari ustida o‘ylaydi.
Shuningdek, asarda Fitrat va uning safdoshlari duch kelgan murakkab sinovlar, sadoqat va xiyonat o‘rtasidagi keskin ziddiyatlar ta’sirchan badiiy ifoda topgan. Muallif tarixiy shaxs timsoli orqali millatning ma’naviy uyg‘onish masalalarini teran yoritadi.
📖 Muallif: Olim Toshboyev
📝 Mas’ul muharrir: Ikrom Iskandar
✏️ Muharrir: Ulug‘bek Xalilov
📝 Musahhih: Ahror Abdumannonn
🗞 Nashriyot: Ijod Nashr
📍 Adadi: 1000 nusxa
Mazkur asar milliy tafakkur, ma’rifat va tarixiy xotira masalalariga befarq bo‘lmagan kitobxonlar uchun munosib tuhfa bo‘lib, Fitrat siymosini yangicha badiiy nigoh bilan anglash imkonini beradi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
“Yosh olimlar” to‘garagining 13-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘uloti “Christopher Buckley siyosiy-satirik asarlarining badiiy o‘ziga xosligi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulot davomida adib ijodining asosiy xususiyatlari, uning siyosiy satira janridagi o‘rni hamda badiiy ifoda vositalaridan foydalanish mahorati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yozuvchining zamonaviy siyosiy jarayonlarni kinoya va istehzo orqali yoritish uslubi alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Talabalar asarlardagi obraz yaratish mahorati, satirik ohang, ijtimoiy tanqid unsurlari hamda voqelikning badiiy talqini yuzasidan fikr almashdilar. Interaktiv savol-javob va muhokamalar orqali satira vositasida jamiyat muammolarini ochib berish yo‘llari misollar asosida ko‘rib chiqildi.
Mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar siyosiy-satirik matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlab, mavzu yuzasidan mustaqil va asosli xulosalar chiqardilar.