O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Ingliz tili 1-fakulteti tyutorlari M. Allamova hamda B. Axmedov boshchiligida fakultetning 1- va 4-bosqich talabalari ishtirokida buyuk sarkarda, davlat arbobi va iste’dodli shoir — Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida she’riy chiqishlar, bahru baytlar, qiziqarli savol-javoblar, Bobur she’rlari asosida ijro etilgan qo‘shiqlar hamda milliy raqslar namoyish etildi. Bularning barchasi ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

Shuningdek, Boburning boy adabiy va tarixiy merosi, “Boburnoma” asarining jahon adabiyoti va tarixidagi o‘rni, uning jasorati, vatanparvarligi va matonati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida faol qatnashgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Mazkur ma’rifiy uchrashuv yoshlar qalbida ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3🎉3
📢
Joriy yilning 11-fevral sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari 🇺🇿universiteti psixologi Z.T.Xayrullayeva hamda Birinchi ingliz tili fakulteti tyutorlar Sh.E.Xo’janiyozova, D.Matyakubova , Sh .Tursunova hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida “Salbiy holatlarning inson psixikasiga ta’siri” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarda uchraydigan stress, tushkunlik, xavotir, ruhiy zo‘riqish kabi salbiy holatlarning inson psixikasiga ta’sirini tushuntirish, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishdan iborat bo‘ldi.
Davra suhbati davomida psixolog Z.T.Xayrullayeva salbiy emosional holatlarning inson ongi, fikrlash jarayoni, xotira va irodaga ta’siri haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, uzoq davom etuvchi stress va ruhiy bosim inson salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida motivatsiya pasayishi, o‘z-o‘ziga ishonchning susayishiga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi.

💻Davra suhbati qizg‘in muloqot va fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari ushbu mavzudagi uchrashuv ular uchun foydali va dolzarb bo‘lganini ta’kidlab, bunday ma’rifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish taklifini bildirdilar.
4👍2🔥1
283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi

11-fevral kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

Dars “Mind and Body Balance” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlarini boyitishga qaratildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar:
sog‘lom turmush tarzi va ruhiy-madaniy muvozanatga oid yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar;
sog‘lom odatlar hamda kundalik rejim haqida ingliz tilida erkin fikr almashdilar;
matnlar asosida o‘qib va tinglab tushunish ko‘nikmalarini mustahkamladilar;
sog‘lom hayot tarzining ahamiyati yuzasidan o‘z qarashlarini ifoda etdilar.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida Past Simple: “had” grammatik mavzusi tushuntirildi. O‘quvchilar o‘tgan zamonda egalik va holatlarni ifodalashda “had” fe’lidan to‘g‘ri foydalanishni misollar va amaliy mashqlar orqali mustahkamlashdi (I had a healthy breakfast, She had a busy day kabi).

Mazkur dars o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish qobiliyatini oshirish bilan birga, sog‘lom va muvozanatli hayot tarziga ongli yondashuvni shakllantirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
4-talabalar turar joyida rus tili to‘garagi tashkil etildi

11-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yo‘lga qo‘yilgan til kurslari doirasida 4-talabalar turar joyida rus tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi. To‘garak Madaminjonova Nozilabonu tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot “мочь / уметь” (qila olmoq / qobiliyatga ega bo‘lmoq) fe’llarining qo‘llanilishi hamda ularning o‘zaro farqlarini o‘rganishga bag‘ishlandi. Dars davomida talabalar mazkur fe’llarning grammatik xususiyatlari, gap tuzishdagi o‘rni va nutqda to‘g‘ri qo‘llanishi yuzasidan nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mavzuga oid misollar tahlil qilinib, dialoglar va savol-javoblar tashkil etildi, shuningdek, mustaqil mashqlar bajarildi. Interaktiv usullar asosida olib borilgan mashg‘ulot talabalarning rus tilida erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1😢1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | O‘zbekiston–Ozarbayjon: mushtarak ma’naviy qadriyatlar
#11feb

mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram
5👍1
Forwarded from Talimxabarlari.uz
UniRank–2025: O‘zDJTU 1-o‘rinni qanday qo‘lga kiritdi? Mas’ullar bilan suhbat

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/67482/

👉 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
7👍6
11-fevral — Ilm-fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni

11-fevral butun dunyoda Ilm-fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni sifatida keng nishonlanadi. Ushbu sana ilm-fan, ta’lim va jamiyat taraqqiyotida ayollarning beqiyos o‘rnini e’tirof etish hamda ularning intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Shu munosabat bilan 12-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Olima xotin-qizlarning jamiyat va oiladagi o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F. Ashurova tashabbusi hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda Uchtepa tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M. Aripova, shoira Oygul Ubaydulla qizi, professor X. Xushvaqtova, professor G. Ergasheva hamda professor F. Sapaeva nutq so‘zladilar.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, tayanch doktorantlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etib, ilm-fan rivojida ayollarning o‘rni, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi va oiladagi mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashdilar.

Ma’ruzalar davomida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar va olima ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar alohida ta’kidlandi. Savol-javob va ochiq muloqotlar tadbirning mazmunini yanada boyitdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2