11-fevral — Ilm-fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni
Shu munosabat bilan 11-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Olima ayollar-millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✨ Tadbirda xotin-qizlarning ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalardagi faolligi, zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlari, shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan grant va ta’lim dasturlari haqida so‘z yuritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
O‘zDJTU rektori 6-sonli Talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar hamrohligida 6-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida TTJdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar va infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv jarayonida xavfsizlik masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Xususan, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz va boshqa texnik vositalar bilan bog‘liq ehtiyot choralariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishi muhim ekani aytib o‘tildi.
Rektor xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar doimiy e’tiborda ekanini, ularning xavfsiz va qulay muhitda tahsil olishi universitet rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini bildirdi. Uchrashuv samimiy ruhda kechib, talabalarning fikr va takliflari asosida tegishli masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3👏1
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori 3-sonli Talabalar turar joyida bo‘lib, u yerda talabalar uchun xizmat ko‘rsatayotgan tibbiy bo‘lim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida tibbiy xonadagi sharoitlar, mavjud jihozlar va zarur dori-darmon vositalari ko‘zdan kechirildi. Talabalar salomatligini muhofaza qilish, tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlari yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, tibbiy xizmat samaradorligini yanada oshirish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda zarur vositalar bilan ta’minotni takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur tashrif talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash va ularning sog‘lig‘ini doimiy e’tiborda tutish muhim ustuvor vazifa ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2