Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlash, Alisher Navoiy va Bobur ijodining bugungi kundagi ahamiyatini chuqurroq anglash maqsadida tashkil etildi.
Tadbirni Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Madjidova Ra'no Urishevna oʻzining tabrig nutqi bilan ochib berdi. Ustoz nutqi davomida Alisher Navoiyning oʻzbek adabiy tilining rivojidagi beqiyos oʻrni, uning boy adabiy merosi hamda asarlarining bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan mazmunli chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, oʻzbek milliy raqslari, sahna koʻrinishlari, shuningdek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga bagʻishlangan badiiy chiqishlar va sheʼriy kompozitsiyalar tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.
Ushbu tadbir talabalarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, buyuk ajdodlarimiz merosiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi hamda ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3🔥1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
📣 Zakovat intellektual musobaqasi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi! 🧠✨
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori A. Namozaliyev rahbarligida, Ingliz filologiyasi fakulteti 2440-guruh talabalari tashabbusi bilan buyuk mutafakkirlar — so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda buyuk sarkarda va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlab tashkil etilgan Zakovat intellektual musobaqasi muvaffaqiyatli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
📌 Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi talaba-yoshlar o‘rtasida ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, intellektual salohiyatni rivojlantirish, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Musobaqada universitetimizning barcha fakultetlaridan bilimdon va faol jamoalar ishtirok etib, o‘z bilim va tafakkur darajalarini namoyon etdilar.
🧠 Savollar adabiyot, tarix, madaniyat hamda zamonaviy bilimlarni qamrab olgan bo‘lib, bahslar qizg‘in, murosasiz va juda qiziqarli tarzda kechdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun bor kuchini safarbar etdi, musobaqa esa yuqori saviya va ijobiy raqobat muhitida o‘tdi.
🏆 Musobaqa yakunlariga ko‘ra sovrindorlar:
🥇 1-o‘rin — “Feniks” jamoasi
🥈 2-o‘rin — “Kungaboqar” jamoasi
🥉 3-o‘rin — “Qamar” jamoasi
🎉 G‘olib va sovrindor jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlanib, ularning bilim va intellektual salohiyati munosib e’tirof etildi.
🌟 Barcha ishtirokchilarga, tashkilotchilarga va faol tomoshabinlarga chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Ilm, tafakkur va ma’naviyatni ulug‘lovchi bunday musobaqalar yoshlarimizni yangi yutuqlar sari ilhomlantirib, ularning bilimga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlaydi.

❤5👍2🔥1👏1🎉1
11-fevral — Ilm-fanda ayollar va qizlar xalqaro kuni
Shu munosabat bilan 11-fevral kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Olima ayollar-millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
✨ Tadbirda xotin-qizlarning ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalardagi faolligi, zamonaviy bilimlarni egallash imkoniyatlari, shuningdek, davlat tomonidan yaratilayotgan grant va ta’lim dasturlari haqida so‘z yuritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍1
O‘zDJTU rektori 6-sonli Talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan uchrashdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar hamrohligida 6-sonli Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, u yerda istiqomat qilayotgan xorijlik talabalar bilan muloqot qildi.
Tashrif davomida TTJdagi yashash sharoitlari, yaratilgan qulayliklar va infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Uchrashuv jarayonida xavfsizlik masalalari ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Xususan, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilish, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz va boshqa texnik vositalar bilan bog‘liq ehtiyot choralariga amal qilish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishi muhim ekani aytib o‘tildi.
Rektor xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar doimiy e’tiborda ekanini, ularning xavfsiz va qulay muhitda tahsil olishi universitet rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini bildirdi. Uchrashuv samimiy ruhda kechib, talabalarning fikr va takliflari asosida tegishli masalalar yuzasidan topshiriqlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3👏1