O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
47.9K photos
2.98K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
6-fevral kuni Jahon adabiyoti kafedrasi dotsenti V.V.B. Ma‘diyeva Adiba va kafedraning katta oʻqituvchisi Dvoryashina Viktoriya tomonidan universitetning 2-talabalar turar joyi talaba-qizlari holidan xabar olindi.

Talabalar bilan suhbat davomida universitet va talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar bo‘yicha fikrlari o‘rganildi. Ular o‘rnatilgan tartib-qoidalar va mavjud sharoitlarning ilm olish ishtiyoqini oshirishga xizmat qilayotganini, berilgan imkoniyatlardan samarali foydalana olayotganliklarini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng, bugungi kun adabiyoti mavzusida qizg‘in davra suhbati tashkil etildi. Talabalar zamonaviy adabiyot namunalari, ularning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati haqida fikr almashdilar, o‘qigan asarlari bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar va o‘zaro bahs-munozara olib bordilar. Professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan tavsiyalar talabalar tomonidan qiziqish bilan qabul qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43😢1
📢 🟠🟠🟠🟠

🎉 Mohirdev kompaniyasi produkt menejeri Sadullayev Alisher va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Sh.Ismatova hamda Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi professor-o‘qituvchilari: R.Mallayev, N.Umarova, H.Eshpulatova, Sh.Qodirberganova bilan hamkorlikda iqtidorli talabalarimiz tomonidan O‘zbek tili nutq sintezatorini yaratishga qaratilgan muhim va innovatsion loyiha — "Uzbek Dialect AI" loyihasi muvaffaqiyatli davom etmoqda.

🌟 Ushbu loyiha doirasida talabalarimiz annotatorlik faoliyatini amalga oshirmoqda va mazkur jarayon davomida umumiy hisobda 5 milliondan ortiq prompterlar tayyorlandi. Bu O‘zbek tilini sun’iy intellekt yordamida yanada rivojlantirish va nutq sintezi texnologiyalarini yaratishda muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

🎓 20 nafardan ziyod iqtidorli talabalarimiz o‘z faol qatnashlari uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Bu esa ularning ilmiy va texnologik salohiyatining, hamda loyiha uchun qo‘shgan hissalarining munosib e’tirofidir.

💡 "Uzbek Dialect AI" loyihasi mamlakatimizda sun’iy intellekt va til texnologiyalarining rivojlanishiga xizmat qilib, O‘zbek tilining raqamli makonda yanada kengroq qamrovini ta’minlashga qaratilgan.

🚀 Kelajakda mazkur loyiha natijalari orqali tilshunoslik, ta’lim, madaniyat va texnologiyalar sohalarida yangi yutuqlar kutish mumkin. Iqtidorli yoshlarga bunday loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatlari yaratish biz uchun katta sharafdir!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3
Forwarded from Fakultet talabalari
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Angren fakultetiga universitetimizning mas’ul rahbarlaridan biri — ingliz tili 2-fakultetining yoshlar ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Z. Hasanov ishchi tashrif bilan keldi.

Tashrif davomida mehmon fakultetning joriy holati va tashkiliy masalalar bilan tanishdi. O‘quv jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari hamda infratuzilmaning holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirishga qaratilgan hashar jarayonlarida faol ishtirok etib, jamoa bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Mazkur tashrif Angren fakultetida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni rivojlantirish hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🎉1
Forwarded from Fakultet talabalari
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

📢Bugun Angren Fakultetiga universitetimizning mas’ul rahbar va mutasaddilari ishchi tashrif bilan kelib, joriy holat hamda tashkiliy masalalar bilan tanishdilar.

Xususan, tashrif davomida Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri E. Ochilov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H. Hakimov hamda Registrator ofisi boshlig‘i A. Xalillayev ishtirok etdilar. Shuningdek, Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri I. Turamuratova va Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G. Rahimova ham Angren fakulteti faoliyati bilan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar o‘quv jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari va infratuzilmaning holatini ko‘zdan kechirdilar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur tashrif fakultetlararo hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va ta’lim jarayoni sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu tashrif davomida Ozbekistin Davlat Jahon tillar universiteti Angren fakultetini yangi binoda ochilishi va ta'lim jarayonini davom ettirishi uchin tashkil qilingan hashar davomida o'zlarining faol ishtiroklarini amalga oshirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐https://t.me/Angren_xorijiy_tillar_fakulteti
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1🎉1
Forwarded from Fakultet talabalari
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Bugun Angren fakultetiga O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Y.Azzamov ishchi tashrif bilan keldi.

Tashrif davomida dekan fakultetda yaratilgan sharoitlar, o‘quv auditoriyalari ва infratuzilmaning holati bilan tanishdi. O‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalarga qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududni obodonlashtirishga qaratilgan hashar ishlarida faol ishtirok etib, jamoa bilan birgalikda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Mazkur tashrif Angren fakultetida ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
🟦🟦🟦

O‘zDJTU Angren fakultetida zamonaviy texnik jihozlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i Sobir Tuychiyev hamda bo‘lim xodimlari tomonidan universitetning Angren fakultetida zamonaviy texnik jihozlarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, fakultet o‘quv auditoriyalari va ish xonalariga 50 dan ortiq kompyuterlar hamda orgtexnika vositalari o‘rnatildi.

Mazkur ishlar ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan. O‘rnatilgan texnik jihozlar o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

O‘zDJTUda raqamli ta’limni rivojlantirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlashga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍104