O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⌨️Bugun, 3-fevral kuni Sharq filologiyasi fakulteti🇺🇿🌟 KECHKI taʼlim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan profilaktika inspektori va dekan muovinlari uchrashuv oʻtkazishdi.

Sharq filologiyasi fakultetining KECHKI taʼlim shakli boʻyicha dekan muovini Jaxongir Turobov, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Ulugʻbek Nazarov va profilaktika inspektori Sanjar Sherboyev tomonidan talabalar oʻrtasida kiberjinoyatni oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish yuzasidan tegishli muloqot olib borildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutasaddilardan batafsil hamda asosli javoblar oldilar. Bunday uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, shaxsiy mas’uliyatini mustahkamlash hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@Sharq_filologiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🟦🟦🟦🟦🟦

2- fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida universitet xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari hamkorligida 3-TTJ talabalari ishtirokida “Separatizm va mutaassiblik g‘oyalari ta’siriga tushib qolishning oldini olish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar ongida separatizm, mutaassiblik va ekstremizm kabi zararli g‘oyalarga nisbatan psixologik immunitetni shakllantirish, ularning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash hamda milliy g‘oya va ma’naviy qadriyatlarga sodiqlik tuyg‘ularini mustahkamlashdir.

Davra suhbati davomida talabalar radikal axborotlarning ta’sirini aniqlash, ularning salbiy oqibatlarini tushunish va bunday g‘oyalarga qarshi turish ko‘nikmalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldilar. Tadbir ochiq muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilar mutaxassislar tomonidan berilgan foydali tavsiyalar va amaliy maslahatlar bilan boyitildi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ongini himoyalash, sog‘lom fikrlash va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥1
🟦🟦🟦

Alisher Navoiy tavalludi – ma’naviyat va madaniyat tantanasi Boku shahrida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi Ozarbayjon Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida, O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjondagi elchixonasi bilan hamkorlikda, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tantanali gulchambar qo‘yish marosimini o‘tkazdi.

Tadbir Boku shahridagi Alisher Navoiy haykali poyida bo‘lib o‘tdi. Haykal poyiga gulchambar qo‘yilib, allomaning boy adabiy va ma’naviy merosiga ehtirom bajo keltirildi. Marosimda Alisher Navoiy ijodiga mansub asarlaridan parchalar ijro etilib, uning insonparvarlik, ilm-ma’rifat va komil inson g‘oyalari alohida ta’kidlandi.

Alohida qayd etish lozimki, Alisher Navoiy ijodini o‘rganish va targ‘ib etish O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari uchun mushtarak ma’naviy qadriyat bo‘lib, yosh avlodga yetkazish va zamonaviy talqinlarda targ‘ib etish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tadbir ikki qardosh xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, ma’naviy mushtaraklik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Universitet jamoasi tadbirda faol ishtirok etib, o‘zbek tili, adabiyoti va milliy-merosni xalqaro maydonda targ‘ib etishdagi yetakchi rolini yana bir bor namoyon qildi. Tadbir davomida rektor Ilxomjon Tuxtasinov mahalliy va O‘zbekiston telekanallari uchun intervyular berib, Alisher Navoiy merosining bugungi dolzarbligi va universitet tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida fikr bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
🟦🟦

Ozarbayjonning Report.az nashrida intervyu

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov Ozarbayjonning Report.az nashriga intervyu berdi. Intervyuda Tuxtasinov universitetda azerbayjon tilining ikkinchi asosiy ta’lim tili sifatida joriy etilishi haqida so‘zlab, buni universitet uchun tarixiy ahamiyatga ega qaror deb atadi.

U shuningdek, bu qadam til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim ekanini ta’kidladi.

🔗 To‘liq intervyu: report.az

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍2
🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tanlovining “Milliy va xorij qo‘shiqlari” yo‘nalishi bo‘yicha universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yoshlarning iqtidorini kashf etish, ularning sahnadagi iste’dodini yorqin namoyon qilish va milliy hamda jahon musiqiy san’atini keng targ‘ib qilishga qaratildi. Ishtirokchilar yakkaxon va jamoaviy ijrolar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etib, sahnada tomoshabinlarni hayratga soldi.

Tadbirni ochib berar ekan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, bunday ijodiy tanlovlarning yoshlarning shaxsiy va ijodiy rivojlanishida qanchalik muhim ekanini ta’kidladi, ularning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish zarurligini alohida qayd etdi

Yakkaxon ijro g‘oliblari:
1-o‘rin — Hoshimjonova Nozima Hasanjon qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 1-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti.
2-o‘rin — To‘ychiyeva Nilufar Bahromjon qizi
(Tarjimonlik fakulteti, 1-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti.
3-o‘rin — Beknazarov Nurbek Qahramon o‘g‘li
(Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 2-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti.

Jamoaviy ijro g‘oliblari:
1-o‘rin — Sobirova Nixola Botirjon qizi, Siddiqova Mahliyo Sherzodovna
(Sharq filologiyasi fakulteti) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti.
2-o‘rin — Asatova Bonu Akbar qizi, Abdusattorova Maftuna Akrom qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti.
3-o‘rin — Ma’rufonova Zuhra Davronbek qizi, Ma’rufjonova Fotima Davronbek qizi
jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti.

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:
“Eng yaxshi vokal ijrochi” — Axtamov Diyorbek Umid o‘g‘li
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
“Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi” — Saidov Qozimxon Mavlon o‘g‘li
(Roman-german filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
“Eng yaxshi xorijiy qo‘shiq ijrochisi” — Ortiqova Durdona Ilhom qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
“Eng yaxshi jamoaviy ijro” — Sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari jamoasi
tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Gran-pri:
Maqsudova Zarima Adilbekovna
(Rus filologiyasi yo‘nalishi, 1-bosqich) — maxsus pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda faol ishtirok etgan talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍10🔥7🤩3👏1🎉1