O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Ozarbayjondagi tashrifi: yangi hamkorlik yo‘lida muhim qadamlar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida ikkinchi kun ham mazmunli uchrashuvlar bilan davom etdi. Jumladan, universitet vakillari Fransiya–Ozarbayjon universitetiga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif universitetimiz uchun yangi xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Mehmonlarni Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti prorektori hamda Fransiya–Ozarbayjon universiteti ijrochi direktori boshchiligidagi jamoa iliq va samimiy ruhda kutib oldi. Tashrifda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida tomonlar Fransiya–Ozarbayjon universitetida ta’lim jarayonini tashkil etish modeli, xalqaro hamkorlik tajribasi hamda zamonaviy o‘quv infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralar chog‘ida akademik mobillikni rivojlantirish, ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishlarning ikkala universitet o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitishini alohida ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida kelgusida aniq hamkorlik mexanizmlarini belgilash, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqish hamda aloqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

Umuman olganda, mazkur tashrif universitetning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida yangi strategik sherikliklarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan navbatdagi muhim bosqich bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1👏1
📢 E’LON

Kursdan qolib o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan talabalar akademik qarzdor fanlar bo‘yicha kredit-modul tizimi asosida shartnoma rasmiylashtirib, belgilangan to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng dars mashg‘ulotlarida qatnashishga ruxsat etiladi.

💳 To‘lovlarni amalga oshirish muddati — 2026-yil 20-martgacha. (4-kurslar uchun)

📄 Qayta o‘qish uchun shartnoma olib, to‘lov qilish jarayoni boshlangan.
4👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟢 Kredit modul tizimida qayta o'qish uchun shartnoma shakillantirish.

🟢 Mazkur video talaba Hemis tizimidan kontrakt.edu.uz saytiga kirgan holda kredit modul tizimida qayta o'qish uchun shartnoma shakillantirish ko'rsatib o'tilgan.

Bo'limning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga ulaning!

Telegram | Website | Facebook |Instagram
3👍2
🟦🟦

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

4-fevral kuni soat 10:00 da Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

Radjapova Regina Rustamovnaning
10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” (filologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan
“XVII–XVIII asrlar rus rasmiy yozma yodgorliklarida protsessual frazeologizmlar: kommunikativ-pragmatik aspekt”
mavzusidagi dissertatsiyasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya qilinadi.

Himoya jarayonida rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan xulosalarda ishning ilmiy talablarga mosligi va natijalarning filologiya fani rivoji uchun muhimligi alohida qayd etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏3👍2
💥 QUTLOV 💥

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Sharq filologiyasi fakulteti
FARAB-2430 guruh 2-bosqich talabasi
Xasanova Lolaxon Anvar qizi
xalqaro miqyosda oʻtkazilgan “VATAN IFTIXORI” nominatsiyasi doirasida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

▶️Scientific Publication ilmiy matbuot markazining 2025-yilda qabul qilingan 57-sonli qarori asosida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) miqyosida oʻtkazilgan “VATAN IFTIXORI” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik-tanlovi doirasida ishtirokchilarning ilmiy faoliyati, ijodiy yondashuvi hamda taqdim etilgan materiallar sifati chuqur ekspert tahlilidan oʻtkazildi.

▶️Tahlil natijalariga ko‘ra, tanlov mezonlariga to‘liq javob beruvchi, ilmiy salohiyati va ijtimoiy faolligi bilan ajralib turgan nomzodlar munosib tarzda taqdirlandi.

🎉QUTLOVLAYMIZ! 🎉

Talabamizning ushbu yutug‘i universitetimiz nufuzini yanada oshirishga munosib hissa bo‘ldi. Kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👏 OʻzDJTU jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

https://t.me/ozdjtu_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4🔥2👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

⌨️Bugun, 3-fevral kuni Sharq filologiyasi fakulteti🇺🇿🌟 KECHKI taʼlim shaklida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari bilan profilaktika inspektori va dekan muovinlari uchrashuv oʻtkazishdi.

Sharq filologiyasi fakultetining KECHKI taʼlim shakli boʻyicha dekan muovini Jaxongir Turobov, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Ulugʻbek Nazarov va profilaktika inspektori Sanjar Sherboyev tomonidan talabalar oʻrtasida kiberjinoyatni oldini olish, giyohvandlikka qarshi kurashish yuzasidan tegishli muloqot olib borildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutasaddilardan batafsil hamda asosli javoblar oldilar. Bunday uchrashuvlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, shaxsiy mas’uliyatini mustahkamlash hamda ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

@Sharq_filologiyasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1