O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.66K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
“Yoshlar — madaniyat tashuvchisi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2026-yil 2-fevral kuni Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat MarkazidaYoshlar — madaniyat tashuvchisi” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir hamda konsert dasturi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti Musayeva Sevinj, o‘qituvchi Oripova Husnida hamda universitet talabalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida yosh ijrochilar, raqs ansambli va teatr jamoasi tomonidan namoyish etilgan rang-barang chiqishlar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Dastur yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar va tomoshabinlarda yorqin taassurot qoldirdi hamda yoshlarning madaniy-ma’rifiy hayotidagi faolligini yana bir bor namoyon etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10
Forwarded from Uzbekistanofficial Rasmiy Tezkor Xabarlar va Yangiliklar
Buyuk bobomiz — Alisher Navoiyga bag‘ishlab!

✏️Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan Kontent markazi tomonidan kreativ qisqa videoroliklar tanlovi e’lon qilinadi. 🤩

👉 Tanlovda har kim ishtirok etishi mumkin.
Bu — iste’dodingizni ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyati! 🚀

🗓 Qabul muddati: 9-fevral, soat 23:59 gacha
📲 Tayyor videoni o‘z Instagram sahifangizga #Navoiy585 xeshtegi bilan joylang.

📌 Talablar:
- video ijodiy va yangicha yondashuvda bo‘lishi;
- mazmunli, syujetli va puxta o‘ylangan ssenariy asosida ishlanishi;
- 9:16 vertikal format;
- yuqori sifatli video va professional montaj shart.

Bachkana va mazmunsiz videolar, faqat rasmlardan iborat slayd-shoular hamda mualliflik huquqi buzilgan ishlar qabul qilinmaydi!


🏆 G‘oliblar uchun so'vrinlar quyidagicha:
🥇 1-o‘rin — iPhone 17 📱
🥈 2-o‘rin — DJI Mic 3 🎤
🥉 3-o‘rin — DJI Mic Mini 🎙

Vaqt kam, imkoniyat esa katta!
Ijodingizni namoyon eting, ilhom oling va bu noyob imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
🔥🎨
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
🎉 QUTLOV!!! 🎉

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi dotsenti Zulfiya Davronova ilmiy rahbarligida

2026-yil yanvar oyida fransuz tili yoʻnalishi:
🔹 3-bosqich FFRA-2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz,
🔹 2-bosqich FFRA-2404-guruh talabalari Raxmatullayeva Maxfuzar, Lutfilloyeva Mahinabonu hamda Tojixonova Dilshoda


“Jadidlar” Xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi, Hindistonning Javohir Lal Neru universiteti hamda Ozarbayjon Respublikasi Aqliy mulk agentligiga qarashli Baynəlxalq informatsiya agentligi hamkorligida tashkil etilgan, ilm-fan rivoji va ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
“Jadidlar Faxri – 2026” loyihasida munosib ishtirok etib, quyidagi mukofotlar bilan taqdirlandilar:

🏆 “Jadidlar Faxri” statuetkasi
🧧1-darajali diplom
📜 Javohir Lal Neru universiteti sertifikati
📜 Ozarbayjon Respublikasi Aqliy Mulk Agentligi huzuridagi Baynəlxalq informatsiya agentligi sertifikati

👏 Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi ushbu yuksak yutuq bilan talabalarimizni samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatlarida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15👍4🔥2🎉2
🟦🟦🟦

4-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan oliy ta’lim muassasalari psixologlari uchun navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbir oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixologlarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashuvini kuchaytirishga qaratildi.

Seminar-treningda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan, turli oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar ishtirok etdi. Tadbir davomida zamonaviy psixologiya yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlar, amaliy mashg‘ulotlar hamda ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etildi.

Amaliy tajriba almashish doirasida ishtirokchilar talabalarning psixologik holatini tahlil qilish, stress va moslashuv bilan bog‘liq muammolarni aniqlash, psixologik profilaktika va maslahat jarayonlarida qo‘llaniladigan usullarni muhokama qildilar. Seminar-trening interaktiv shaklda o‘tkazilib, muhokamalar va amaliy mashqlar orqali ishtirokchilarning faol ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur seminar-trening oliy ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish yondashuvlarini boyitib, mutaxassislarning kundalik faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy bilim va tajribalarni mustahkamladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3
🟦🟦

4-fevral kuni Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis offline hamda ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Majlisda 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Xilari Mantel trilogiyasining tarixiy roman janri kontekstidagi badiiy o‘ziga xosligi” mavzusidagi dissertatsiya filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun himoya qilindi.

Himoya jarayonida rasmiy opponentlar o‘z fikr-mulohazalari va ilmiy xulosalari bilan qatnashdilar.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusi yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, ishning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati alohida e’tirof etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3