O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.65K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” rus tili yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayoni attestatsiya komissiyasi oldida taqdimot shaklida tashkil etilib, yuqori tashkiliy va ilmiy saviyada o‘tkazildi.

Bitiruv malakaviy ishlar xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda til o‘rganishning innovatsion yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tinglovchilar o‘z taqdimotlari orqali nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini professional darajada namoyish etdilar. Ishlar mazmunan dolzarb, amaliy jihatdan asosli va metodik jihatdan puxta ekanligi bilan ajralib turdi.

Attestatsiya komissiyasi a’zolari taqdim etilgan bitiruv ishlarini har tomonlama tahlil qilib, tinglovchilarning ilmiy yondashuvi, metodik yechimlari va taqdimot madaniyatiga alohida e’tibor qaratdilar hamda yakunda adolatli va xolis baholar berildi.

Mazkur tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, u tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi va pedagogik salohiyatiga yuqori baho berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍6
20-yanvar kuni Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish yuzasidan navbatdagi dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Alixasanova Zulfiya Fizuliyevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Olam floristik manzarasining qiyosiy-chog‘ishtirma jihatdan lingvopragmatik xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Himoya majlisi offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali o‘tkazildi. Unda universitet rektori Tuxtasinov, rasmiy opponentlar hamda Ilmiy kengash a’zolari faol ishtirok etdilar.

Ilmiy muhokamalar jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha tahlil qilinib, dissertatsiya yuqori baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🔥5👍2👏2
20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Ziyadullayev Ilxom Oblakulovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha “Nemis tilida fe‘l-neologizmlarning verbotsentrik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya majlisi offline va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda universitet rektori Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Rasmiy opponentlar dissertatsiya yuzasidan o‘z xulosalarini bildirdilar.

Muhokamalar yakunida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati e’tirof etilib, dissertantning ilmiy izlanishlari ijobiy baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍105🔥5🎉3👏1
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etilgan Ona va bola xonasida 4+2 dasturi asosida olib borilayotgan malakaviy va pedagogik amaliyot jarayonlariga jalb qilingan 2- va 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov boshchiligida tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova, universitet psixologi Z. Xayrullayeva, malakaviy va pedagogik amaliyot rahbarlari hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida universitetda faoliyat yuritayotgan ona va bola xonasi imkoniyatlari, ushbu maskanda farzandli talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar alohida e’tirof etildi. Xususan, farzandli talabalarni bola parvarishi bilan bir qatorda ta’lim jarayonidan uzilmagan holda o‘qishini davom ettirishi va sifatli bilim olishi uchun zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, amaldagi o‘quv rejasiga muvofiq xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishida malakaviy va pedagogik amaliyotlar 4+2 o‘quv grafik asosida tashkil etilayotgani tushuntirildi. Mazkur grafik asosida ona va bola xonasiga biriktirilgan talabalar haftaning 4 kunida o‘quv mashg‘ulotlarida, 2 kunida esa pedagogik amaliyot jarayonlarida ishtirok etishi belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu tizim talabalarda bolalar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik va psixologik bilimlarini amaliyotda qo‘llash, real vaziyatlar asosida kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga xizmat qilishi lozim.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan bildirilgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javob berilib, amaliyot jarayoniga oid muhim jihatlar yuzasidan aniq tushuntirishlar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍5🎉1