O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.67K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
2026-yil 16-yanvar kuni universitetimizda “AHƏNG QANUNU — SINGARMONIZM (Сингармонизм)” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Ikkinchi chet tili kafedrasi dotsenti, ozarbayjon tili ustozi Musayeva Sevinj xonim tomonidan yuqori ilmiy saviyada olib borildi. Tadbir davomida singarmonizm hodisasining nazariy asoslari, uning turkiy tillar tizimidagi o‘rni, shuningdek fonetik va morfologik jarayonlarga ko‘rsatadigan ta’siri aniq misollar orqali batafsil yoritib berildi.

Seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Sevinj xonimning ilmiy asoslangan, aniq va tushunarli javoblari muhokamalarni yanada jonlantirib, mavzuni chuqurroq anglash imkonini berdi.

Ilmiy seminar jonli muloqot, savol-javoblar va fikr almashuvlarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar singarmonizm qonunining chet tillarni o‘qitish jarayonidagi ahamiyati hamda uni amaliy mashg‘ulotlarda samarali qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha muhim xulosalarga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍2
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan “ZAMONAVIY SINXRON TARJIMA INTENSIV KURSINING NAZARIY VA AMALIY MODELLARI” qisqa muddatli kursi yakuniy bosqichida tinglovchilar uchun ikki modul doirasida mazmunli mashg‘ulotlar olib borildi.

Kursning so‘nggi kuni sinxron tarjima sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan, nazariy bilimlarni chuqur egallagan va ularni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtira olgan tajribali mutaxassislar Yakubov Baxtiyor Salaxiddinovich va Mustanova Shaxnoza Rustamovna tomonidan olib bordi. Mashg‘ulotlarda sinxron tarjimaning texnik jihatlari, kabinada ishlash madaniyati hamda mazmunni tezkor qayta ishlash, strategik yondashuv va terminologik aniqlikni ta’minlashga qaratilgan muhim nazariy va amaliy masalalar izchil yoritildi.

Kursning yakuniy kunida yana bir muhim voqea sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich tinglovchilar bilan uchrashib, ochiq muloqot formatida suhbatlashdi. Uchrashuv davomida rektor sinxron tarjimaning xalqaro muloqotdagi o‘rni, davlat va jamiyat taraqqiyotida professional tarjimonlik xizmatlarining ahamiyati hamda sohada malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, kasbiy o‘sishga intilishi va amaliy mashg‘ulotlarda namoyon bo‘lgan natijalari e’tirof etildi, shuningdek kelgusida sinxron tarjima bo‘yicha izchil tayyorgarlikni davom ettirish, o‘z ustida muntazam ishlash va professional standartlarga sodiq qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Sinxron tarjimonlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishga qaratilgan ushbu qisqa muddatli kurs doirasida shakllantirilgan bilim va ko‘nikmalar tinglovchilarning konferensiya, forum hamda rasmiy tadbirlarda sinxron tarjima faoliyatini professional va samarali tashkil etish salohiyatini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4👏2🔥1
😉 Registon bilan IELTS kursda bepul o'qing!

⚡️ Registan LCda 10-Yanvar kuni "IELTS granti" loyihasi ro'yxatdan o'tish boshlanadi. Loyihada g'olib bo'lganlar Registan LC'da bepul IELTS'ga tayyorlanishlari mumkin bo'ladi!

🚀 Loyihada Registon o'quvchilari ham qatnashishlari mumkin bo'ladi, hamma ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

🤓 Grantimizning 1-bosqichi qanday o'tadi?

💁‍♂️ Loyihamizning 1-onlayn imtihoni Regimtihon.uz platformasida soat 10:00 dan 00:00 gacha davom etadi. Bu vaqt davomida istagan 1 soatingizda platformaga kirib test savollarini yechishingiz mumkin.

‼️ Diqqat! Ro'yxatdan o'tish sanasi 14-fevralgacha bo'lib, undan keyin ro'yxatdan o'tganlar loyihada ishtirok eta olishmaydi. Hoziroq Bot orqali ro'yxatdan o'ting!
@rgn_IG5_uchtepa_bot
@rgn_IG5_uchtepa_bot
@rgn_IG5_uchtepa_bot

‼️Tanlov to'g'risida to'liq ma'lumotni ham mana shu botdan olsangiz bo'ladi.

☺️Rasmiy sahifalarimiz:
💬Telegram📹Instagram📍Lokatsiya
👍53
📢 MUHIM E’LON!

Hurmatli talabalar!

Eslatma: 2026-yil 20-yanvar — qishki o‘qishni ko‘chirish (perevod), o‘qishni qayta tiklash, ta’lim shaklini o‘zgartirish hamda bitta OTM doirasida ta’lim shakli va yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha ariza topshirishning OXIRGI KUNI.

🗓 Arizalar 2026-yil 10-yanvardan 20-yanvargacha, shu jumladan 20-yanvar kuni ham qabul qilinadi.

🌠 Qishki perevod faqat DAVLAT OTMlari o‘rtasida va faqat 2 ta uzrli sabab asosida amalga oshiriladi.

🔹 Uzrli sabablar:
1️⃣ Talaba oila qurgan bo‘lib, turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lsa;
2️⃣ Davlat organlari xodimining ish joyi o‘zgargan taqdirda, uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini ko‘chirish (tegishli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi asosida).

🔁 O‘qishni qayta tiklash (chetlashtirilgan talabalar uchun): O‘qishdan chetlashtirilgan talabalar ham 20-yanvar — oxirgi kungacha o‘qishini qayta tiklash uchun ariza topshirishlari mumkin.

🔄 Ta’lim shaklini o‘zgartirish hamda bitta OTM doirasida ta’lim shakli va yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha arizalar ham aynan shu muddatlarda qabul qilinadi.

📑 Arizalar va hujjatlar topshirish tartibi:
🖥 Barcha arizalar va hujjatlar faqat ONLAYN tarzda 👉 transfer.edu.uz portali orqali topshiriladi.


⚠️ Muhim! Arizalar faqat transfer.edu.uz portali orqali qabul qilinadi. Barcha ma’lumotlar va hujjatlar talabaning o‘zi tomonidan to‘ldiriladi va yuklanadi.

❗️ Eslatma: Muddat tugagach arizalar qabul qilinmaydi. Iltimos, bugun yoki ertaga kechiktirmasdan topshiring.
5👍4
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (𝒓𝒂𝒚𝒉𝒐𝒏)
“Kitobxonlar bellashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

2026-yil 19-yanvar kuni Chilonzor tumani MMTB tasarrufidagi Toshkent shahar 280-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va mutolaa jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida tadbir tashkil etildi.

⚡️Tadbir O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidov Ravshan hamda o‘qituvchilar Usmanova Dilnoza, Iskandarova Dilfuza, Ziyadullayeva Aziza tomonidan tashkil etildi va yuqori saviyada o‘tkazildi.

🔼Tadbir doirasida o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, badiiy matnni tushunish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani aniqlash hamda o‘z fikrlarini erkin ifoda eta olish kompetensiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur tadbir o‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱Telegram | 📱 Instagram 📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍4