O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.1K photos
2.98K videos
323 files
9.68K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet faoliyati, ilmiy tadqiqotlar hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan universitetning ilmiy va akademik salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy tashabbus va strategiyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan muhim taklif va qarorlar ilgari surildi.

Mazkur yig‘ilish Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimkulov Shoimkulovich raisligida o‘tkazildi. Unda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari hamda Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasining joriy holati va istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yig‘ilish davomida universitet rahbariyati tomonidan o’tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida rejalashtirilgan vazifalar bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi. Shuningdek, ayrim Kuzatuv kengashi a’zolari yig‘ilishda onlayn formatda qatnashib, muhokamalarga faol munosabat bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

13-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida Indoneziyaning nufuzli Gunadarma universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursining Bitiruv va taqdirlash marosimi, shuningdek Tarmoq markazining Kompyuter XABining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, universitet prorektorlari, Gunadarma universitetining Xalqaro aloqalar va hamkorlik bo‘limi rahbari Dr. I Made Wiryana, Til va madaniyat fakulteti dekani Dr. Ichwan Suyudi, shuningdek O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi direktori Abduganiyeva Djamilya Rustamovna hamda boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.

Tadbirlar davomida ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion pedagogik yondashuvlarni rivojlantirish va pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tantanalı ravishda ochilgan Kompyuter XAB zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanib, o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlar, treninglar hamda innovatsion ta’lim loyihalarini samarali tashkil etish uchun xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng qo‘shma malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga malaka attestatlari tantanali ravishda topshirildi. Marosim ishtirokchilarning yutuqlari, o‘zaro tajriba almashuvi va xalqaro akademik hamkorlikning amaliy natijalarini yaqqol namoyon etgan holda yakunlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👏4🤩3
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

🌱 “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” 🌱

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi hamda “Eko klub” tashabbusi bilan Uchtepa tumani Guzar mahallasida ekologik aksiyalar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida mahalla hududlari chiqindilardan tozalanib, daraxt va ko‘chatlarni sug‘orish ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, aholi va yoshlar o‘rtasida tozalikka rioya qilish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda atrof-muhitni asrash bo‘yicha targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Mazkur ekologik aksiyalar yoshlar faolligini oshirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, shuningdek, mahalla hududlarida toza va sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

🌎 Tabiatni asrash — barchamizning burchimiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ассалому алайкум! 14 январь — Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан Сизни самимий табриклайман. Ҳар бир эркак ўз уйи ва оиласининг ҳимоячиси бўлиб, Ватан тинчлиги ва равнақи йўлида фидокорона хизмат қилади. Сизга мустаҳкам соғлиқ, оилавий хотиржамлик ва масъулиятли фаолиятингизда улкан муваффақиятлар тилайман.

Ҳурмат билан,
Анвар МИРЗО



🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✍️Anvar MIRZO

🎤Anvar MIRZO

https://t.me/Anvar_MIRZO_original
https://t.me/Anvar_MIRZO_original
3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan zamonaviy talablarga mos ravishda ishlab chiqilgan qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etilmoqda.

🎓 Kurs nomi:
“ ZAMONAVIY SINXRON TARJIMA INTENSIV KURSINING NAZARIY VA AMALIY MODELLARI

🗓️ O‘tkazilish sanasi: 2026-yil, 14-17 yanvar kunlari

Mazkur kurs global kommunikatsiya sharoitida sinxron tarjima faoliyatini professional darajada amalga oshira oladigan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlarning uzviy integratsiyasiga asoslanadi. Kurs davomida sinxron tarjimaning ilmiy asoslari, kognitiv jarayonlari, texnik vositalar bilan ishlash, kabina madaniyati hamda nutq va til kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari chuqur o‘rganiladi.

Qisqa muddatli kurs quyidagi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan
– professional tarjimonlar va sinxron tarjima faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar
– oliy ta’lim muassasalari tarjima va filologiya yo‘nalishlari professor o‘qituvchilari
– xalqaro tashkilotlar, davlat idoralari va nodavlat sektorida faoliyat yurituvchi til mutaxassislari
– konferensiya, forum va rasmiy tadbirlarda ishlashni rejalashtirayotgan tarjimonlar
– sinxron tarjimani kasbiy darajada egallashni maqsad qilgan tinglovchilar


Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat taqdim etiladi.

📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: +998 90 977 49 07

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1👏1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora Xoshimxonova ♡)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

👍O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi va 14- yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma'naviy ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

Joriy yilning 13-yanvar kuni 😊Ingliz tili 2- fakulteti rahbaryati,o'qituvchilar va tyutorlar tashabbusi bilan Toshkent harbiy maktabi hamkorligida 🤝“Harbiy-vatanparvarlik karvonlari” tashrifi tashkil etildi.

Tadbir davomida harbiy maktab o’quvchilari tomonidan harbiy marsh yurishlari, saf tortib turish, harbiy musiqali chiqishlar, jangovor shaylikni oshirish va maxsus xarbiy- jangovor chiqishlar namoyish etildi.

👍Mazkur tadbir talabalar ongida bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, Vatanga bo’lgan muxabbat va yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish kabi tuyg’ularni shakllantiradi.

🎖Bizni rasmiy sahifalarimiz!

📝Telegram. 💻Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6🔥6👍2👏1
🇺🇿 Vatan himoyasi- oliy sharaf va mas’uliyat 🇺🇿

Hurmatli O'zbekiston jahon tillari universiteti professor-o'qituvchilari!

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurt tinchligi va osoyishtaligini asrab kelayotgan Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi. Barchangizni ushbu tadbirimizga taklif etamiz!

🕰️ Vaqti: 14-yanvar soat 11:00 da
📍 Manzil: Faollar zali (Asosiy bino)

Barcha professor-o’qituvchilar hamda talaba yoshlari bayram tadbiriga taklif etamiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉

🔂Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3😢2
🟦🟦🟦

Aziz professor-o‘qituvchilar, talabalar va universitetimiz jamoasi!

14-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilarni, shuningdek, Vatan ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham o‘z faoliyati orqali Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishdek sharafli va mas’uliyatli vazifani ado etib kelmoqda. Bugun ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasidagi har bir sa’y-harakatimiz kuchli, mustaqil va barqaror davlat poydevorini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bilimli va barkamol avlodni voyaga yetkazish — bu ham Vatan himoyasining muhim va ajralmas qismidir.

Bugungi kunda talaba-yoshlarimiz, xususan, yigitlarimiz zimmasidagi mas’uliyat yanada ortib bormoqda. O‘zbekistonning kelajagi, uning xavfsizligi va taraqqiyoti sizlarning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar bo‘lib kamol topishingiz bilan chambarchas bog‘liq. O‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘yib, bilim va kasb orqali jamiyatda munosib o‘rin egallashingiz kelgusida yurtimiz himoyasiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishiga ishonaman.

Hurmatli vatandoshlar, sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga fayz-baraka, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, yurtimiz ravnaqi yo‘lida bardavom kuch-g‘ayrat tilayman.

Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9🎉4👏2👍1
👮14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

🏛14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Angren fakulteti tyutori S. Manazarov tashabbusi asosida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Angren shahar 42219-harbiy qismi, Yoshlar ishlari agentligi Angren bo‘limi yetakchilari, Angren universiteti talabalari hamda O‘zDJTU Angren fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Quvonarlisi, bizning jamoa ham faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🌐https://t.me/UzSWLU
6👍1🎉1