“Xalqaro yil talabasi” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
10-yanvar kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Xalqaro yil talabasi” loyihasi doirasida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar siyosati sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, yoshlar bilan bog‘liq xalqaro reytinglarda mamlakatimiz nufuzini oshirishga qaratildi.
Taqdirlash marosimida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent shahridagi Prezident maktabi, Nurafshon shahridagi Prezident maktabi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan tashrif buyurgan 50 nafardan talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarning xalqaro ta’lim maydonidagi faolligi va yutuqlari e’tirof etilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi alohida ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤11👍1
Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Mobilograflikka qiziqasizmi? Bu sohani mahoratli mutaxassisdan oʻrganishni xohlaysizmi? Biz sizga shu imkoniyatini taqdim etamiz!
Murojaat uchun:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍2
Forwarded from Edu.uz
Erasmus+ — bu Yevropa Ittifoqining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohalarini qo‘llab-quvvatlovchi dasturidir. U orqali talaba, o‘qituvchi va xodimlar Yevropada o‘qish, dars berish yoki malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Erasmus+ dasturining O‘zbekistonda samarali amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi:🔹 Dastur haqida ma’lumot beradi🔹 Ariza topshiruvchilarga maslahat beradi🔹 Hamkorlar topishda ko‘maklashadi🔹 Higher Education Reform Expertlar (HEREs) faoliyatini muvofiqlashtiradi🔹 Turli tadbirlar (seminarlar, infodaylar va boshqalar) tashkil qiladi
Milliy Erasmus+ Ofisi individual maslahat bermaydi. Ammo, onlayn muloqotlar, ochiq darslar va ta’lim yarmarkalarida ishtirok etadi. Savollaringiz bo‘lsa, ularni ✉️ neo@erasmusplus.uz manziliga yuborishingiz mumkin.
🔹 Xalqaro kredit mobilligi (ICM) dasturi orqali siz:
3-12 oylik o‘qish mobilligida,
2-12 oylik amaliyot (traineeship) dasturlarida qatnashishingiz mumkin.
❗️Ariza topshirish uchun o‘qiyotgan oliygohingizdagi Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qiling.
Erasmus Mundus Joint Masters (EMJM) katalogi:🔗 https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en
Har bir dastur alohida vebsaytga ega va ariza muddati farq qiladi — yozda, kuzda yoki qishda ochilishi mumkin.
Bu har bir dasturga bog‘liq. EMJM uchun odatda oktyabr-fevral oralig‘ida, ICM esa har bir universitet shartlariga ko‘ra farq qiladi. E’lonlarni diqqat bilan kuzatib borishingiz maslaxat beramiz!
Batafsil: https://erasmus.uz/publications/565-erasmus-haqida-tez-tez-so-raladigan-savollar-faq
🔁 English
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍2
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (Shahzoda Matlabxonova)
Fransuz tili yo‘nalishi FFRA-2303-guruh talabasi Azamjonova Sarvinoz Shuxratovna Qozog‘iston Respublikasi, Astana shahrida 2025-yil dekabr oyida “Endless Light in Science” xalqaro tadqiqot markazi jamoat fondi tomonidan o‘tkazilgan “ЛУЧШИЕ В ОБРАЗОВАНИИ” xalqaro tanlovida munosib ishtirok etib, g‘olib deb topildi.
Sarvinoz Azamjonova tanlovda
“Ўзбек адабиёти асарларининг француз тили таржималарида миллий ва маданий реалияларнинг ўзига хос хусусиятлари
(Чўлпоннинг “Кеча ва кундуз” ҳамда Ойбекнинг “Навоий” романлари мисолида)”
nomli ilmiy maqolasi bilan qatnashib, I-darajali diplom va medal bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤28🤩14👏9👍8🔥8🎉5😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Inkluziv ta’lim – barcha uchun teng imkoniyatlar kafolati!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida nogironligi bo’lgan, jumladan, ko‘zi ojiz talabalar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda universitetda 180 nafardan ortiq ko‘zi ojiz talaba bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olmoqda.
Nogironligi bo’lgan shaxslar harakatlanishini yengillashtirish maqsadida barcha o‘quv binolari va talabalar turar joylarida ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan sariq taktil chiziqlar o‘rnatildi. Ular orqali talabalar binolar ichida mustaqil va xavfsiz harakatlana olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
📹 Shu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar asosida maxsus videorolik tayyorlandi. Unda inkluziv ta’lim sohasidagi yutuqlar, talabalar fikrlari va yaratilgan sharoitlar aks etgan.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kelgusida ham barcha talabalar uchun teng imkoniyatlar yaratishga intiladi!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3🔥1
12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ilmiy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining yangrashi bilan ochildi. Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Ilmiy-ma’rifiy seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich so‘zga chiqib, Vatan himoyachilari kunining jamiyat hayotidagi ahamiyati, milliy armiyamiz nufuzi va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy xavfsizlik va boshqaruv kafedrasi professori Nazarov Alisher Narimanovich tomonidan mamlakat xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy tahdidlar va ularga qarshi samarali kurashish masalalariga bag‘ishlangan mazmunli ma’ruza taqdim etildi.
Tadbir davomida ushbu kafedraning katta o‘qituvchisi Yusupov Ravshan Saypiddinovich ham so‘zga chiqib, Vatan himoyachilarining yuksak mas’uliyati, fidoyiligi va kasbiy mahorati xususida atroflicha fikr bildirdi.
Mazkur seminar ishtirokchilar uchun yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi burch va mas’uliyatni yanada chuqurroq anglashga, shuningdek, Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlashga muhim turtki bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍8🤩3
Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi
12-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida Amerika texnologiya universiteti rektori Said Irandoust, Ta’lim sifati, pedagogik innovatsiyalar va litsenziyalash markazi direktori Yulduz G‘aybullaeva, shuningdek, rektor maslahatchisi Nigora Abdullaeva ishtirok etdi.
O‘zDJTU tomonidan uchrashuvda universitet rektori I. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori D. Abduganieva hamda Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev qatnashdi.
Uchrashuv davomida Toshkentdagi Amerika texnologiya universiteti bilan hamkorlikda MA TESOL dasturini amalga oshirishning tashkiliy hamda o‘quv-uslubiy jihatlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, TESOL dasturi doirasida o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish hamda pedagogik innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tillarni o‘qitish va tarjimonlar tayyorlash jarayonida sun’iy intellektdan foydalanish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish, talabalar amaliyoti va almashinuv dasturlarini tashkil etish, loyiha doirasida respublika miqyosida seminarlar hamda ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitetda Sun’iy intellekt markazini tashkil etish va uni moliyalashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifini ilgari surdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikning dastlabki bosqichida Anglashuv memorandumini imzolash, ishchi guruhlarni shakllantirish hamda Yo‘l xaritasini ishlab chiqish borasida kelishuvga erishib, o‘zaro manfaatli loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤3🔥3