Forwarded from Ingliz tili 1-fakulteti | OʻzDJTU
OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 2025-yil yakuni sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish
Mazkur sarhisob yigʻilishi fakultet jamoasining oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni samarali amalga oshirish, taʼlim va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishish yoʻlidagi masʼuliyatini yana bir bor namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤17🔥3👏3👍2
Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasidagi Milliy forum ishini boshladi
Bugun, 2026-yil 6-yanvar kuni Toshkent shahrida Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasida “National Forum on the Modernisation of English Language Education” mavzusidagi milliy forum ishini boshladi. Tadbir O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini, xususan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Forum Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Unda mamlakat bo‘ylab bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 220 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Mazkur forum ishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ta’lim dasturlarini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, refleksiv amaliyot, inklyuziv ta’lim va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalalarining dolzarbligiga e’tibor qaratdi.
Forumdan ko‘zlangan yana bir muhim maqsad O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi PRESETT mutaxassislari tarmog‘ini kuchaytirish, ularning o‘zaro tajriba va malakalarini almashishiga ko‘maklashish hamda kasbiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Forum doirasida PRESETT tizimini modernizatsiya qilishdagi ustuvor yo‘nalishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, refleksiv amaliyot, inklyuziv ta’lim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Milliy forum 8-yanvar kuniga qadar davom etadi. Tadbir doirasida o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan CPD Xab ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlash joizki, PRESETT dasturining asosiy akademik hamkori Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi instituti hisoblanadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍3🔥1🤩1
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
Akademik mobillik bo‘yicha ariza topshirish e’loni
Hurmatli talabalar!
Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 2026-yil 1-fevraldan 28-fevralga qadar ariza topshirishlari mumkin.
📍 Manzil: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Asosiy bino — Registrator ofisi
Akademik mobillik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq:
1️⃣ Akademik mobillik bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan;
2️⃣ Mobillik muddati 1 semestr bo‘lib, talabaning ta’lim yo‘nalishi, kursi va ta’lim shakli mos bo‘lishi shart;
3️⃣ Talabalar 1-kurs 1-semestrida hamda bitiruvchi kursning so‘nggi semestrida akademik mobillikda ishtirok eta olmaydi;
4️⃣ Talabgorlarni saralash jarayoni shaffof va adolatli tarzda amalga oshiriladi;
5️⃣ To‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar kontrakt summasini 100% to‘liq to‘lashlari shart;
6️⃣ Talaba akademik mobillik yakunida o‘zlashtirilgan fanlar va kreditlarni tasdiqlovchi transkript taqdim etishi lozim.
Mazkur Nizom talablari asosida arizalar belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Akademik mobillik dasturi talabalarga boshqa oliy ta’lim muassasalarida o‘qish hamda bilim va tajriba almashish imkonini beradi.
Ariza topshirish tartibi va zarur hujjatlar bo‘yicha Registrator ofisida batafsil ma’lumot beriladi.
⏰ Eslatma: belgilangan muddatdan kech topshirilgan arizalar qabul qilinmaydi.

❤6👍1
Forwarded from Roman-german filologiyasi fakulteti (𝐒𝐮𝐡𝐫𝐨𝐛 𝐎𝐜𝐡𝐢𝐥𝐨𝐯)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍3❤1😢1
Forwarded from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Mobilograflikka qiziqasizmi? Bu sohani mahoratli mutaxassisdan oʻrganishni xohlaysizmi? Biz sizga shu imkoniyatini taqdim etamiz!
Murojaat uchun:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3🔥1
Forwarded from O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
📢 REGISTRATOR OFISI E’LONI
Hurmatli talabalar!
📌 O‘qishdan chetlashtirilgan talabalar o‘qishini qayta tiklash uchun
🗓 2026-yil 10-yanvardan 20-yanvargacha
(20-yanvar kuni ham) ariza topshirishlari mumkin.
📌 Kursdan qolgan talabalar qoldirilgan kursga o‘qishini tiklash uchun
🗓 2026-yil 10-fevralga qadar ariza topshirishlari mumkin.
📍 Arizalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti asosiy bino Registrator ofisi bo‘limiga talabaning shaxsan o‘zi tomonidan kelib yozilishi shart.
🔔 Muhim e’lon va yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun
👉 Registrator ofisi Telegram kanaliga a’zo bo‘ling va muhim xabarlarni o‘tkazib yubormang!

Telegram
O'zDJTU “REGISTRATOR OFISI”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Registrator ofisining rasmiy kanali
Murojaat uchun:
1. @RegOfis14
2. @avaz2029
3. @madi_minosidinova
4. @Umidjon_Isokov
5. @Ibragimov2882
Tel: +998712301373 (ichki raqam 1058)
Murojaat uchun:
1. @RegOfis14
2. @avaz2029
3. @madi_minosidinova
4. @Umidjon_Isokov
5. @Ibragimov2882
Tel: +998712301373 (ichki raqam 1058)
❤5🎉2👍1
Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 7-yanvar kuni Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasiga oid Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida offline shaklda hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Mazkur ilmiy kengash majlisida Abdullayeva Shoxida Norqulovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishning funksional-semantik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Dissertatsiya ishi zamonaviy tarjimashunoslik yo‘nalishida dolzarb bo‘lib, unda moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjima qilish jarayonida funksional va semantik yondashuvlarning nazariy asoslari hamda amaliy jihatlari atroflicha tahlil qilingan.
Ilmiy kengash majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, ilmiy ishlar sifatini oshirish hamda tarjimashunoslik sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Himoya davomida dissertant tomonidan bildirilgan savollarga batafsil va dalillarga asoslangan javoblar berildi, ilmiy bahs-munozaralar olib borildi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishining nazariy yangiligi, amaliy ahamiyati hamda tadqiqot natijalarining soha rivoji uchun muhimligi alohida e’tirof etildi.
Himoya yakunida Ilmiy kengash tomonidan belgilangan tartibda yopiq ovoz berish o‘tkazildi hamda Abdullayeva Shoxida Norqulovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olishga loyiq ekani e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍9