O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.1K photos
2.98K videos
323 files
9.68K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

6-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ilmiy muhokama offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokamada Shermatov Eldorjon Yovmiddinovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Jurnalist talabalarga xorijiy tilni o‘qitishning metodik ta’minoti bo‘yicha elektron platforma yaratish tamoyillari” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.

Ilmiy muhokama davomida tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati hamda ta’lim jarayoniga joriy etish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishini belgilangan tartibda keyingi bosqichga tavsiya etish bo‘yicha tegishli xulosalar qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74
📺📺📺📺

O‘zDJTU talabalari Janubiy Koreya OAV e’tiborida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Janubiy Koreyaning nufuzli ommaviy axborot vositalarida e’tirof etildi. Xususan, Jeju orolida tashkil etilgan xalqaro Learncation ta’lim dasturida ishtirok etayotgan O‘zDJTU talabalari haqida Koreya OAVda qator maqolalar e’lon qilindi.

Mazkur dastur doirasida talabalar xorijiy ta’lim tajribasi, madaniyatlararo muloqot hamda amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, xalqaro muhitda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Ushbu materiallar O‘zDJTU talabalarining xalqaro maydondagi faolligi va universitetning global ta’lim makonidagi o‘rnini yaqqol namoyon etadi.

🔗 Maqolalar havolalari:
http://www.seogwipo.tv/news/articleView.html?idxno=13190
https://n.news.naver.com/article/661/0000068426
https://www.jejusori.net/news/articleView.html?idxno=442719
https://v.daum.net/v/20260106093545174

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👏3
OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 2025-yil yakuni sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish


🗓Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida 2025-yil yakuni sarhisobiga bag'ishlangan yigʻilish bo'lib o'tdi. Tadbir davomida fakultetning oʻtgan yil mobaynidagi faoliyati, erishilgan natijalari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🌐Yigʻilish kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar atroflicha koʻrib chiqildi:

Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida ta'kidlab oʻtilgan taʼlim tizimini rivojlantirish, ilm-fan va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlashga oid belgilangan vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan oʻquv, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy hamda tashkiliy yoʻnalishlarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobot berildi. Yil davomida erishilgan yutuqlar, ilgʻor tajribalar va aniqlangan muammolar tahlil qilindi.

Fakultet jamoasining universitet miqyosidagi loyihalar, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy anjumanlar, grant va innovatsion tashabbuslardagi ishtiroki alohida eʼtirof etildi.

Taʼlim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash, professor-oʻqituvchilarning kasbiy rivojini taʼminlash hamda raqamli taʼlim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar belgilab olindi.

📍Tadbir yakunida fakultet dekani G. Ergasheva tomonidan fakultet taraqqiyoti yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan kafedra mudirlari hamda professor-oʻqituvchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Mazkur sarhisob yigʻilishi fakultet jamoasining oʻz oldiga qoʻyilgan vazifalarni samarali amalga oshirish, taʼlim va ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishish yoʻlidagi masʼuliyatini yana bir bor namoyon etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥3👏3👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasidagi Milliy forum ishini boshladi

Bugun, 2026-yil 6-yanvar kuni Toshkent shahrida Britaniya Kengashining PRESETT dasturi doirasida “National Forum on the Modernisation of English Language Education” mavzusidagi milliy forum ishini boshladi. Tadbir O‘zbekistonda ingliz tili ta’limini, xususan bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.

Forum Britaniya Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Unda mamlakat bo‘ylab bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlovchi 50 dan ortiq davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan 220 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etmoqda.

Mazkur forum ishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etib, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda ta’lim dasturlarini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, refleksiv amaliyot, inklyuziv ta’lim va raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish masalalarining dolzarbligiga e’tibor qaratdi.

Forumdan ko‘zlangan yana bir muhim maqsad O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi PRESETT mutaxassislari tarmog‘ini kuchaytirish, ularning o‘zaro tajriba va malakalarini almashishiga ko‘maklashish hamda kasbiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

Forum doirasida PRESETT tizimini modernizatsiya qilishdagi ustuvor yo‘nalishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, refleksiv amaliyot, inklyuziv ta’lim hamda PRESETT amaliyotlar hamjamiyati faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan trening mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Milliy forum 8-yanvar kuniga qadar davom etadi. Tadbir doirasida o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan CPD Xab ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Ta’kidlash joizki, PRESETT dasturining asosiy akademik hamkori Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi instituti hisoblanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🔥1🤩1