O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.66K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Forwarded from UzSWLU sports club
1️⃣1️⃣1️⃣  💼💼   📸👩‍🏫👨‍🏫

Qadrli ustozlar hamda hurmatli talabalar!

2025-yil universitetimiz sporti uchun chin maʼnoda yangi marralar yili boʻldi, desak, adashmaymiz. Ushbu ortda qolayotgan yilda tajribali murabbiylarimiz qoʻl ostida sportchi talabalarimiz bir qator yutuqlarga erishishdi.

Demak, YIL SARHISOBI bilan tanishing:

😐 Universitet tarixida ilk bor "UNIVERSIADA" sport musobaqalarida Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari umumiy reytingida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdik.

😐 Toshkent shahri jamoasi "UNIVERSIADA" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda taqdirlash marosimida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi "PREZIDENT SOVRINI" bilan taqdirlanishdi.

😐 Universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning sportni rivojlantirishga qaratayotgan yuksak eʼtibori eʼtirof etilib, "JISMONIY TARBIYA VA SPORT AʼLOCHISI" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

😐 Talabalar oʻrtasida sportni yanada rivojlantirish maqsadida yil davomida turli sport federatsiyalari bilan hamkorlikda memorandumlar imzolandi.

😐 CHIM USTIDA XOKKEY sport turi boʻyicha toʻgarak tashkil etilganligi hamda samarali olib borilayotganligi chin maʼnoda universitetimiz sportiga yangi zarhal harflar bilan yozib qoʻyiladigan voqe'lik boʻldi, desak adashmagan boʻlamiz.

😐 Magistratura talabasi Mirzajonova Safoqatxon Ulugʻbek qizi xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan kurash sport turi boʻyicha "OʻZBEKISTON CHEMPIONATI" birinchiligida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

😐 Sharq filologiyasi talabasi Jandullaeva Guljamal Qonisbay qizi SHOTOKAN KARATE-DO boʻyicha "OʻZBEKISTON KUBOGI" mutlaq chempioniga aylandi. Bundan tashqari, ushbu sportchimiz KARATE WKF boʻyicha "OʻZBEKISTON CHEMPIONATI" bahslarida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

😎 Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki, 2025-yil universitet sporti uchun oʻchmas iz qoldirdi. Yuqoridagi natijalar shuni koʻrsatadiki, hozirda universitet sporti boshqa darajaga chiqdi hamda ushbu islohotlar yangi kirib kelayotgan 2026-yilda ham davom etishi tilakdoshimiz!

✍️ Hurmat bilan, OʻzDJTU sport klubi jamoasi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥1🎉1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari, dekani Y. Azzamov rahbarligida, Jeju Milliy Universiteti bilan imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida madaniy almashinuv dasturida ishtirok etadi. Ushbu dastur doirasida 24 nafar talabalar va professor-o‘qituvchilar Koreyaga jo‘nab ketishgan.

Dastur talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda bilim almashuvini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishtirokchilarga omad va unutilmas taassurotlar tilaymiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 YouTube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ingliz filologiyasi fakulteti – yil sarhisobi

Yil davomida fakultetda ta’lim sifati oshirildi, ilmiy va ijodiy faoliyat kuchaydi. Ustozlar va talabalar tanlov hamda loyihalarda faol ishtirok etib, yutuqlarga erishdilar.

🎄 Kelgusi yil yangi marralar sari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
🎆 0️⃣0️⃣0️⃣ 🎆

Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar uchun Yangi yil bayrami tashkil etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, bayramona muhitga o‘ziga xos fayz bagʻishladi. Tadbir avvalida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov barcha ishtirokchilarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdi.

Bayram dasturi doirasida mehmonlar uchun bayramona dasturxon yozildi. Tadbir turli kuy-qoʻshiqlar, milliy raqslar va musiqiy chiqishlar bilan boyitilib, iliq, quvnoq va ko‘tarinki kayfiyatda oʻtdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Yangi yil sovgʻalari topshirildi. Xorijlik talabalar va mutaxassislar universitet rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor va yaratilgan samimiy muhit uchun minnatdorlik bildirdi.

🎄Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62🤩2🔥1🎉1
🎆 📺📺🎆

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xorijlik talabalar hamda universitetda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar uchun tashkil etilgan Yangi yil bayramidan fotolavha.

🎄Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍8🔥1👏1🎉1