O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48K photos
2.98K videos
323 files
9.67K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
30-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida rektor mahalla faollari bilan suhbatlashib, yoshlar uchun qanday yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari zarurligi, ularning bandligi, ta’lim olishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Yangi yil bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tashrif chog‘ida yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga bayram oldi esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil ishlarning navbatdagi amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2
Faxriylar – jamiyat tayanchi

🇺🇿 30-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti dekani Dilshod Djurayev universitetning koʻp yillik fidokorona mehnati bilan oʻziga xos iz qoldirgan faxriylaridan biri, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Sharipov Zikiryo xonadoniga bayram oldi tashrif buyurdi.

Fakultet dekani tashrif chogʻida ustoz Sharipov Zikiryoni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy qutladi, unga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda oilaviy baxt tiladi.

Shuningdek, ustozning universitet rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik fidokorona mehnati, ilmiy-pedagogik faoliyatidagi yutuqlari va yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlangan beqiyos xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi. Tashrif davomida samimiy suhbatlar boʻlib oʻtdi, ustozning boy hayotiy tajribalari va xotiralari tinglandi.

Taʼkidlash joizki, Sharipov Zikiryo ustoz hozirgi kunga qadar universitetda faoliyat yuritib, oʻzining boy bilimi va serqirra tajribasini talabalarga hamda yosh hamkasblariga baham koʻrmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍2🔥1
Forwarded from UzSWLU sports club
1️⃣1️⃣1️⃣  💼💼   📸👩‍🏫👨‍🏫

Qadrli ustozlar hamda hurmatli talabalar!

2025-yil universitetimiz sporti uchun chin maʼnoda yangi marralar yili boʻldi, desak, adashmaymiz. Ushbu ortda qolayotgan yilda tajribali murabbiylarimiz qoʻl ostida sportchi talabalarimiz bir qator yutuqlarga erishishdi.

Demak, YIL SARHISOBI bilan tanishing:

😐 Universitet tarixida ilk bor "UNIVERSIADA" sport musobaqalarida Toshkent shahridagi barcha oliy taʼlim muassasalari umumiy reytingida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdik.

😐 Toshkent shahri jamoasi "UNIVERSIADA" sport musobaqalarining Respublika final bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi hamda taqdirlash marosimida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi "PREZIDENT SOVRINI" bilan taqdirlanishdi.

😐 Universitet rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning sportni rivojlantirishga qaratayotgan yuksak eʼtibori eʼtirof etilib, "JISMONIY TARBIYA VA SPORT AʼLOCHISI" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

😐 Talabalar oʻrtasida sportni yanada rivojlantirish maqsadida yil davomida turli sport federatsiyalari bilan hamkorlikda memorandumlar imzolandi.

😐 CHIM USTIDA XOKKEY sport turi boʻyicha toʻgarak tashkil etilganligi hamda samarali olib borilayotganligi chin maʼnoda universitetimiz sportiga yangi zarhal harflar bilan yozib qoʻyiladigan voqe'lik boʻldi, desak adashmagan boʻlamiz.

😐 Magistratura talabasi Mirzajonova Safoqatxon Ulugʻbek qizi xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan kurash sport turi boʻyicha "OʻZBEKISTON CHEMPIONATI" birinchiligida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

😐 Sharq filologiyasi talabasi Jandullaeva Guljamal Qonisbay qizi SHOTOKAN KARATE-DO boʻyicha "OʻZBEKISTON KUBOGI" mutlaq chempioniga aylandi. Bundan tashqari, ushbu sportchimiz KARATE WKF boʻyicha "OʻZBEKISTON CHEMPIONATI" bahslarida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

😎 Xulosa oʻrnida aytishimiz mumkinki, 2025-yil universitet sporti uchun oʻchmas iz qoldirdi. Yuqoridagi natijalar shuni koʻrsatadiki, hozirda universitet sporti boshqa darajaga chiqdi hamda ushbu islohotlar yangi kirib kelayotgan 2026-yilda ham davom etishi tilakdoshimiz!

✍️ Hurmat bilan, OʻzDJTU sport klubi jamoasi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍7🔥1🎉1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari, dekani Y. Azzamov rahbarligida, Jeju Milliy Universiteti bilan imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida madaniy almashinuv dasturida ishtirok etadi. Ushbu dastur doirasida 24 nafar talabalar va professor-o‘qituvchilar Koreyaga jo‘nab ketishgan.

Dastur talabalarning xalqaro tajribasini oshirish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish hamda bilim almashuvini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ishtirokchilarga omad va unutilmas taassurotlar tilaymiz!

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 YouTube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Ingliz filologiyasi fakulteti – yil sarhisobi

Yil davomida fakultetda ta’lim sifati oshirildi, ilmiy va ijodiy faoliyat kuchaydi. Ustozlar va talabalar tanlov hamda loyihalarda faol ishtirok etib, yutuqlarga erishdilar.

🎄 Kelgusi yil yangi marralar sari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1