O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.2K photos
2.99K videos
323 files
9.7K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
Faxriylar - jamiyat tayanchi!


🗓Joriy yilning 30-dekabr sanasida Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi o‘qituvchilari Muhitdinov Dilshod hamda Ikromova Ra’no uzoq yillar davomida kafedrada samarali faoliyat olib borgan faxriy ustoz Kodirova Muyassar Artikevna xonadoniga tashrif buyurdilar.

📍Tashrif davomida ustoz kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklanib, ezgu tilaklar bildirildi. O‘z navbatida, Kodirova Muyassar Artikevna ham universitetimiz va fakultetimiz ravnaqi yo‘lida o‘z duolari hamda yaxshi niyatlarini izhor etdilar.

💜Ustozning kafedra rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, fidokorona mehnati va boy pedagogik tajribasi yana bir bor e’tirof etildi. Ularning samarali faoliyati yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.

👔Faxriy ustozlarga e’tibor va ehtirom ko‘rsatish - ta’lim tizimida uzluksizlikni ta’minlashning muhim omilidir👔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍3
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

30-dekabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti professor-o‘qituvchilari universitetimizda bir necha yillar davomida samarali faoliyat olib borgan nafaqadagi ustozlar — Umbarova Tamara Kadirovna, Ubaydullayev Mizra Ubaydullayevich hamda marhum ustoz Karimov Shavkat Qodirovich xonadonlariga tashrif buyurdi.

Uchrashuv chog‘ida ustozlarning oila a’zolaridan hol-ahvol bilan xabar olindi va Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy tilaklar izhor etildi. Faxriy ustozlarga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy tinchlik va baxt tilandi, shuningdek, bayram sovg‘alari hadya qilindi.

Mazkur tashrif ustozlarga bo‘lgan hurmat, e’tibor va fakultet jamoasining samimiy munosabatining yorqin ifodasi bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

30-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Z. Bazarov tashabbusi bilan fakultetning Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi katta o‘qituvchilari — Z. Ibragimova, F. Ashurova, E. Gilyazetdinov hamda Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi X. Artikov hamkorligida Ingliz tili stilistikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi D. Abduraxmanova xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida Dilbar Abduraxmanovaning universitet ravnaqi yo‘lida 45 yil davomida fidokorona mehnat qilgani, yosh avlodni tarbiyalash va ilm-fan rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi. Ustozga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirilib, samimiy Yangi yil tilaklari izhor qilindi.

Mazkur tashrif ustozga bo‘lgan yuksak e’tibor va universitet jamoasining insoniy hurmatining yorqin namunasiga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Forwarded from Edu.uz
#Olimlar_minbari
#22-29.12.2025

📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda

“Inson kapitali orqali taraqqiyot. O‘zbekiston – Yaponiya strategik sherikligining yangi modeli” Qo‘ng‘irotboy SHARIPOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, professor;

«Ставка на человеческий капитал»Каландар АБДУРАХМОНОВ, ректор Ташкентского филиала Российского экономического университета, академик;

“Aniq va adolatli maqsadlar ishonch hamda mustahkam irodaga asoslanadi”Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari;

«Как стать международным образовательным хабом?»Агриппина ШИН, ректор Университета Пучон в Ташкенте, профессор; Зилола НАБИЕВА, PhD;

“Izchil mintaqaviy diplomatiya – tashqi siyosatning muhim tamoyili”Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;

“O‘zbekiston-Yaponiya: Ilm-fan va innovatsiyalarga asoslangan sheriklik istiqbollari” Ilhomjon TO‘XTASINOV, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor;

“Rejadagi marralar qamrovi kengaymoqda. Bu farovonlik darajasi ham oshadi demakdir”Shuhrat SIROJIDDINOV, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori, akademik;

“Ta’bir izohati” Alibek RUSTAMOV, filologiya fanlari doktori, akademik;

“Iqtisodiy islohotlar – taraqqiyot tayanchi yoxud O‘zbekiston chet ellik sarmoyadorlar uchun ochiq va investitsiyaviy jozibador mamlakatga aylandi” — To‘lqin ESHNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;

“Kapital bozor arxitekturasi tashqi savdo geografiyasini kengaytiradi”Mash’al SAIDOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori;

“Jasorat va ibrat mayog‘i”Halim SAIDOV, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professori;

«Цифровые решения на службе общества»Алишер КОБИЛОВ, доцент Ташкентского государственного экономического университета;

“Xalqaro turizm xaritasida munosib o‘rin egallayotgan ko‘xna zamin”Nozima ZUFAROVA, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dekani, professor.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2👍1
30-dekabr kuni O‘zDJTU profilaktika katta inspektori, mayor Sherboyev Sanjar Tillaqobilovich universitetning 6-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida u xorijlik talabalar holidan xabar oldi va Yangi yil bayrami oldidan xavfsizlikni ta’minlash, talabalarda ogohlik va ehtiyotkorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Mazkur uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot qilish orqali xavfsizlik va tartibni mustahkamlash, ularning xabardorligini oshirishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
Faxriylar - jamiyat tayanchi!


🗓Joriy yilning 30-dekabr sanasida Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi o‘qituvchilari Muhitdinov Dilshod hamda Ikromova Ra’no uzoq yillar davomida kafedrada samarali faoliyat olib borgan faxriy ustoz Kodirova Muyassar Artikevna xonadoniga tashrif buyurdilar.

📍Tashrif davomida ustoz kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan samimiy tabriklanib, ezgu tilaklar bildirildi. O‘z navbatida, Kodirova Muyassar Artikevna ham universitetimiz va fakultetimiz ravnaqi yo‘lida o‘z duolari hamda yaxshi niyatlarini izhor etdilar.

💜Ustozning kafedra rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, fidokorona mehnati va boy pedagogik tajribasi yana bir bor e’tirof etildi. Ularning samarali faoliyati yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.

👔Faxriy ustozlarga e’tibor va ehtirom ko‘rsatish - ta’lim tizimida uzluksizlikni ta’minlashning muhim omilidir👔
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4🔥4
30-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetga biriktirilgan mahallalarda bo‘lib, ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan yoshlar holidan xabar oldi.

Tashrif davomida rektor mahalla faollari bilan suhbatlashib, yoshlar uchun qanday yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari zarurligi, ularning bandligi, ta’lim olishi hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Yangi yil bayrami arafasida tashkil etilgan ushbu tashrif chog‘ida yoshlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularga bayram oldi esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil ishlarning navbatdagi amaliy ko‘rinishi bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2