O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.5K photos
3K videos
323 files
9.74K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” bo‘yicha ingliz va fransuz tillari ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 2025-yil o‘quv jarayonining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etilib, unda tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy yondashuvi va amaliy kompetensiyalari namoyon etildi.

Bitiruv loyihalari himoyasi ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar tomonidan tayyorlangan loyihalarda zamonaviy til ta’limi metodikasi, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan takliflar keng yoritildi. Har bir loyiha attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha tahlil qilinib, tinglovchilarning nazariy bilimlari va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va professional o‘sish dinamikasini yuqori baholab, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👏2👍1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziyaning Gunadarma universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi tinglovchilarining bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir qo‘shma dastur doirasida amalga oshirilgan o‘quv jarayonlarining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etildi.

Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tinglovchilarni qo‘shma malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklab Indoneziyaning Gunadarma universitetida olingan bilim va amaliy tajribalarni kelgusida kasbiy faoliyatda hamda ilmiy izlanishlarda samarali qo‘llash muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, professor Ilxomjon Tuxtasinov sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni ta’lim jarayonida joriy etish, ularni hamkasblar bilan bo‘lishish va pedagogik amaliyotga keng tatbiq etish zarurligiga e’tibor qaratdi. Ushbu yondashuv ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlarni keng yoyish hamda zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩4🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻📺📺

"Xavfsizlik — hayot garovi" shiori ostidagi viktorina uchun tayyorlangan videorolik

Oʻzingiz, qolaversa, jamiyat osoyishtaligi uchun yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiling


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6
👨‍🏫👩‍🏫

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida offline va ZOOM onlayn platformasi orqali PhD dissertatsiyasi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Himoya qilingan dissertatsiya:
Mamaraimova O‘g‘iloy Tajimuradovna – 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Medianing lisoniy manzarasida mentallik: aksiologik tadqiq (elektron gazetalar misolida)” mavzusidagi ish.

Himoya jarayonida universitet rektori I. Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya mazmuni va ilmiy ahamiyati yuqori baholandi.

Himoya jarayoni ilmiy seminarlar tartibida olib borildi: avval dissertant o‘z ishini taqdim etdi, so‘ng rasmiy opponentlar tomonidan savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazildi. Uchrashuvning oxirida ilmiy kengash qarori bilan dissertatsiya PhD ilmiy darajasini olishga tavsiya qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍3🔥3