O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.3K photos
2.99K videos
323 files
9.71K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.

Mashg‘ulot “Let’s Make a Mini Podcast” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida o‘quvchilar:
🎵 yangi musiqiy atamalarni o‘rgandilar;
🎧 tinglab tushunish (listening) ko‘nikmalarini mustahkamladilar;
🗣 musiqiy asarlar haqida ingliz tilida fikr bildirishni mashq qildilar;
💡 ijodiy va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Interaktiv metodlar, guruhli muhokamalar hamda musiqiy audio materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilar mini podkast tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar kundalik hayotda qo‘llaniladigan so‘z va iboralar asosida lug‘at boyliklarini kengaytirib, ularni amaliy mashqlar orqali mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥2👏1
22–29-dekabr kunlari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-oʻqituvchilari Pekin chet tillari universitetida (BFSU) tashkil etilgan “University Personnel Digital Ability Training and Education” nomli qisqa muddatli trening kursini muvaffaqiyatli yakunladilar.

Trening jarayonida Xitoy Xalq Respublikasida joriy etilayotgan ilgʻor raqamli texnologiyalar, ularning taʼlim jarayonidagi samarali qoʻllanilishi, shuningdek, mamlakatdagi nufuzli universitetlar va yetakchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Safar doirasida Pekin chet tillari universiteti professori Yuan Dayong bilan Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi mudiri P. Omanov o‘rtasida “Internship programme” yuzasidan, shuningdek, BFSU Biznes maktabi direktori Amanda Cora bilan hamkorlikda xalqaro konferensiya tashkil etish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Mazkur trening va uchrashuvlar O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
📺📺

Daryo.uz saytining YouTube’dagi sahifasida “Bo‘tqa”ga aylangan til, boy berilgan bozor, yo‘qotilgan ma’naviyat mavzusida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti professor-o‘qituvchisi Olim Toshboyev ishtirok etdi.

Suhbat davomida til madaniyati, jurnalistikaning bugungi holati va media makonida ma’naviy mas’uliyat masalalari atroflicha muhokama qilindi.

➡️ Batafsil: https://youtu.be/M2qKnnuR2VE?si=bm3cKKunMPgBH1cD

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” bo‘yicha ingliz va fransuz tillari ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir 2025-yil o‘quv jarayonining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etilib, unda tinglovchilarning kasbiy tayyorgarligi, ilmiy yondashuvi va amaliy kompetensiyalari namoyon etildi.

Bitiruv loyihalari himoyasi ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilib, tinglovchilar tomonidan tayyorlangan loyihalarda zamonaviy til ta’limi metodikasi, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda amaliy tajribaga asoslangan takliflar keng yoritildi. Har bir loyiha attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan atroflicha tahlil qilinib, tinglovchilarning nazariy bilimlari va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli yakun bilan tabrikladi. U o‘z nutqida tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, izlanishlarga bo‘lgan qiziqishi va professional o‘sish dinamikasini yuqori baholab, ularning kelgusidagi pedagogik va ilmiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🔥2👏2👍1
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

2025-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Indoneziyaning Gunadarma universiteti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi tinglovchilarining bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir qo‘shma dastur doirasida amalga oshirilgan o‘quv jarayonlarining mantiqiy yakuni sifatida tashkil etildi.

Attestatsiya komissiyasi raisi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tinglovchilarni qo‘shma malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklab Indoneziyaning Gunadarma universitetida olingan bilim va amaliy tajribalarni kelgusida kasbiy faoliyatda hamda ilmiy izlanishlarda samarali qo‘llash muhimligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, professor Ilxomjon Tuxtasinov sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha egallangan bilim va ko‘nikmalarni ta’lim jarayonida joriy etish, ularni hamkasblar bilan bo‘lishish va pedagogik amaliyotga keng tatbiq etish zarurligiga e’tibor qaratdi. Ushbu yondashuv ta’lim sifatini oshirish, innovatsion metodlarni keng yoyish hamda zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8🤩4🔥2👏2