O‘zDJTU delegatsiyasi xalqaro anjumanda taqdimot bilan ishtirok etdi
2025-yil 26-dekabr kuni Pekin chet tillar universitetida qisqa muddatli kursda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Tianjin Texnologiya va ta’lim universiteti qoshidagi Xitoy–ShHT kasb va texnologiyada hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan
“Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlari o‘qituvchilarining raqamli ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro anjumanda taqdimot bilan qatnashdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan, raqamli ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarning ko‘lami va ahamiyati alohida ta’kidlandi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yoritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥3
Xitoy Xalq Respublikasining Pekin universiteti va Pekin xorijiy tadqiqotlar universitetiga tashrif
2025-yil 23–26-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Dilrabo Baxronova hamda kafedraning xorijlik mutaxassisi — UNICAMP (Braziliya) professori Simone Tiemi Hashiguti (PhD) QS World Rankingda 14-o‘rinda turuvchi Pekin universiteti (Peking University) va Pekin xorijiy tadqiqotlar universiteti (Beijing Foreign Studies University) taklifiga binoan ushbu oliy ta’lim muassasalarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdilar.
Muzokaralar doirasida xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, kross-madaniy ta’lim, qiyosiy-chog‘ishtirma lingvistika hamda tarjimashunoslik yo‘nalishlarida tajriba almashildi. Shuningdek, talaba va o‘qituvchilar almashinuvi asosida qisqa muddatli akademik mobillik, birgalikdagi seminarlar, xalqaro grant dasturlari, qo‘shma ilmiy loyihalar va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvlarda mazkur universitetlarda ispan va portugal tillari yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.
Pekin universitetida Braziliya til va madaniyat markazi faoliyati bilan tanishilib, amaliy tajribalar o‘rganildi. Uchrashuvlar davomida Sharq mamlakatlarida ispan va portugal tillarini o‘qitish, lingvomadaniy kompetensiyani rivojlantirish, shuningdek kognitiv va qiyosiy-chog‘ishtirma yondashuvlarning dolzarbligi muhim ilmiy yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Mazkur tashrif O‘zDJTU, Peking University va Beijing Foreign Studies University o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni aniq yo‘nalishlar bo‘yicha mustahkamlab, ispan va portugal tillarini o‘qitishda zamonaviy metodik yechimlarni joriy etish hamda transmilliy ta’lim makonida kross-madaniy muloqotni kengaytirishga xizmat qildi. Shu bilan birga, uchrashuvlar BMTning “Ta’lim sifati” va “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadlariga amaliy hissa qo‘shuvchi tashabbuslar bilan boyitildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3👍1
Hamkorlik davom etmoqda
2025-yil 23-dekabr kuni Chilonzor tumani 283-umumta’lim maktabida xitoy tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulot Sharq filologiyasi fakulteti 2324-guruh talabasi Chorshanbiyeva Shahzoda tomonidan tashkil etildi.
Dars jarayonida xitoy tilida hafta kunlari mavzusi doirasida to‘garak o‘quvchilari bilan 口语 (og‘zaki nutq) mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulot davomida nafaqat yangi mavzu o‘rganildi, balki avvalgi mavzular yuzasidan egallangan bilimlar ham amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi.
Shuningdek, mashg‘ulotda interaktiv o‘yinlar va zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirib, xitoy tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur mashg‘ulot xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliy nutq orqali mustahkamlashga yo‘naltirilgan samarali ta’lim jarayoni sifatida e’tirof etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2025-yil 23-dekabr kuni Chilonzor tumani 283-umumta’lim maktabida xitoy tili bo‘yicha navbatdagi to‘garak mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur mashg‘ulot Sharq filologiyasi fakulteti 2324-guruh talabasi Chorshanbiyeva Shahzoda tomonidan tashkil etildi.
Dars jarayonida xitoy tilida hafta kunlari mavzusi doirasida to‘garak o‘quvchilari bilan 口语 (og‘zaki nutq) mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulot davomida nafaqat yangi mavzu o‘rganildi, balki avvalgi mavzular yuzasidan egallangan bilimlar ham amaliy topshiriqlar orqali mustahkamlandi.
Shuningdek, mashg‘ulotda interaktiv o‘yinlar va zamonaviy pedagogik metodlardan samarali foydalanildi. Bu esa o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirib, xitoy tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Mazkur mashg‘ulot xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish hamda nazariy bilimlarni amaliy nutq orqali mustahkamlashga yo‘naltirilgan samarali ta’lim jarayoni sifatida e’tirof etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥2👍1
Forwarded from Yoshlar ittifoqi Rus filologiyasi (ℳ𝓊𝓇ℴ𝒹𝒿ℴ𝓃)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ezgulik chashmasi - mehr va umid manbai”
🇷🇺 Rus filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan “Ezgulik chashmasi” hayriya loyihasi doirasida talabalarning ko‘ngilli hissalari jamlandi. Ezgulik yarmarkasi va Ezgulik kofesi ☕ orqali yig‘ilgan barcha mablag‘lar Bo‘stonliq tumanidagi 125-sonli maktab-internati tarbiyalanuvchilari uchun yangi yil sovg‘alari va bayram shousi tashkil etishga yo‘naltirildi.
🎁 Ushbu loyiha bolalarning yuzida quvonch , qalblarda esa mehr va ezgulik uyg‘otdi.
❤️ Ezgulik yo‘lidagi birlashuv — jamiyatimizning eng katta boyligidir 💙
🕊 Rus filologiyasi fakulteti yoshlar ittifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥3🎉3👍1👏1
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024/2025-o'quv yilida qabul qilingan kunduzgi bo'lim bakalavriat talabalari uchun bazaviy ta'lim granti sonining ta'lim tili kesimida toʻliq ta’lim granti va toʻliq boʻlmagan davlat granti kesimida TAQSIMOTI
————————
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026-oʻquv yilida qabul qilingan kunduzgi bo'lim bakalavriat talabalari uchun bazaviy ta'lim granti sonining ta’lim tili kesimida toʻliq ta’lim granti va to'liq bo’lmagan davlat granti kesimida TAQSIMOTI
————————
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025/2026-oʻquv yilida qabul qilingan magistratura talabalari uchun bazaviy ta'lim granti sonining ta'lim tili kesimida to'liq ta'lim granti va to'liq bo'lmagan davlat granti kesimida TAQSIMOTI
————————
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥2👏1
O‘zDJTUda yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Kengaytirilgan kafedra Kengashi doirasida yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Seminar yig‘ilishida Samarqand davlat chet tillar universiteti tadqiqotchisi Amonova Dilafruz Shaxriyorxonovaning
10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan
“Koreys va o‘zbek ayollar nasri poetikasi (Pak Kyong Ni va Saida Zunnunova ijodi misolida)”
mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi Jahon adabiyoti hamda Koreys filologiyasi kafedralari hamkorligida muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlar, ularning dolzarbligi va ilmiy yangiligi haqida atroflicha ma’lumot berdi hamda ilmiy seminar a’zolarining savollariga asosli va batafsil javoblar taqdim etdi.
Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda ochiq himoyaga tavsiya etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2🔥1