Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Nigora)
#murojaatnoma
🇺🇿 Prezident Murojaatnomasi onlayn kuzatildi
Joriy yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim siyosiy voqeani O‘zDJTU Ingliz tili – 2 fakulteti dekani Zokir Bazarov va fakultet jamoasi onlayn tarzda kuzatishdi.
Murojaatnoma davomida mamlakatimizni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, ta’lim va ilm-fan taraqqiyotiga doir muhim vazifalar belgilab berildi. Bildirilgan tashabbuslar va strategik rejalarning mazmuni fakultet jamoasi tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.
📌 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oya va maqsadlar Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ingliz tili – 2 fakulteti jamoasi mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishga tayyor ekanini bildiradi.
@second_faculty_official

❤7👍3
O‘zDJTU bitiruvchisi Talimxabarlari.uz sahifalarida
Talimxabarlari.uz saytida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bitiruvchisi, universitet Axborot xizmatida kontent-menejer sifatida faoliyat yuritgan Marjona Abdurahmanova ishtirokidagi suhbat e’lon qilindi.
Material “Xorijda ta’lim: Janubiy Koreyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talaba bilan suhbat” rukni doirasida taqdim etilgan bo‘lib, unda xorijda ta’lim olayotgan yoshlarning tajribasi, ta’lim muhiti va imkoniyatlari yoritilgan.
Ma’lumot uchun, Marjona Abdurahmanova 2003-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni Toshkent viloyatidagi 54-sonli maktabda olgan. 2021-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan.
Bakalavriat davrida u Adliya vazirligining media materiallar tayyorlash bo‘limida, O‘zDJTU Axborot xizmatida kontent menejer sifatida, shuningdek, “O‘zbekiston 24” telekanalining Xorij xabarlari tayyorlash bo‘limida amaliyot o‘tab, media sohasida amaliy tajriba va professional ko‘nikmalarni egallagan.
Mazkur suhbat yosh jurnalistlarning kasbiy rivoji va xalqaro tajribani o‘rganish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri sifatida e’tiborga molik.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👏6👍4
26-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda Abramova Navbahor To‘lqinjon qizi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda talabalar yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda lingvomadaniy yondashuv” mavzusida tayyorlangan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasini amalga oshirdi.
Himoya jarayonida dissertatsiya ishining ilmiy asoslari, tadqiqot natijalari va amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. Ilmiy rahbar tomonidan berilgan xulosa tinglandi hamda rasmiy opponentlar ishtirokida dissertatsiya yuzasidan savol-javob va ilmiy bahslar bo‘lib o‘tdi.
Majlis yakunida dissertatsiya ishi belgilangan tartibda muhokamadan o‘tkazilib, himoya jarayoni ochiq va ishchan muhitda tashkil etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥7👍1
Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 26-dekabr kuni O’zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi offline va ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy seminarda Tolibova Gulnoz Rustamovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xorijiy tilni intensiv o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani shakllantirish (o‘quv kurslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
Muhokama jarayonida dissertatsiya tadqiqotining maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi, nazariy hamda amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ilmiy ish bo‘yicha bildirilgan mulohaza va takliflar dissertatsiyani yanada takomillashtirishga qaratildi.
Ilmiy seminar ilmiy rahbar va taqrizchilar tomonidan berilgan tavsiyalar asosida dissertatsiya ishini keyingi bosqichga tavsiya etish bilan yakunlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

❤7👍5
O‘zDJTU delegatsiyasi xalqaro anjumanda taqdimot bilan ishtirok etdi
2025-yil 26-dekabr kuni Pekin chet tillar universitetida qisqa muddatli kursda ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Tianjin Texnologiya va ta’lim universiteti qoshidagi Xitoy–ShHT kasb va texnologiyada hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan
“Shanxay hamkorlik tashkiloti universitetlari o‘qituvchilarining raqamli ta’lim kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro anjumanda taqdimot bilan qatnashdi.
Taqdimot davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlik, xususan, raqamli ta’lim yo‘nalishidagi aloqalarning ko‘lami va ahamiyati alohida ta’kidlandi hamda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yoritildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤3🔥3