O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.9K subscribers
40.4K photos
2.51K videos
317 files
8.24K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣📺📺

OʻzDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Ahmad Jasim Az-Zubaydiyning “Iroq va O‘zbekiston hamkorligining qadimiy va chuqur ildizlari” nomli maqolasi «Azzaman” (Arabic Daily Newspaper) gazetasining 2025-yil 24-dekabrdagi sonida chop etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | SaytOʻzDJTU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍5
5️⃣5️⃣5️⃣

So‘z sehriga oshno qalblar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zDJTU 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti yoshlar yetakchisi Sh. Matlabxonova tashabbusi bilan
buyuk shoir Aleksandr Faynberg ijodiga bag‘ishlangan ifodali she’r o‘qish tanlovi
bo‘lib o‘tmoqda.

🗓 Tanlov muddati:
📌 25-dekabrdan — 29-dekabr soat 00:00 gacha

💚 Tanlov mazmuni:
Ishtirokchilar Aleksandr Faynberg qalamiga mansub she’rlardan birini tanlab, uni ifodali, yurakdan va badiiy ruhda o‘qib, taqdim etadilar.

📤 She’rlarni yuborish manzili:
➡️ @matlabxonovaa

📣 Tanlov o‘tkazilayotgan kanal:
➡️ @matlabxonovash

🏆 Ta’kidlash joiz:
Eng yaxshi ijrolar munosib baholanadi va g‘oliblar Yangi yil ta’tilidan so‘ng sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

So‘z san’atini sevuvchilarni faol ishtirok etishga chorlaymiz!

Bizni kuzatib boring ;

📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3🔥2
🟦🟦🟦

25-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov bilan birgalikda professor-o‘qituvchilarning farzandlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etildi.

Samimiy va bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida bolajonlar Yangi yil bilan tabriklanib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor universitet jamoasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlar oilalariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik muhim qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍87🔥6🤩1
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Kafedralar o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy Xavfsizlik va Mudofaa Universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti Tillar kafedrasi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar II kafedrasi o‘rtasida ilmiy-uslubiy, o‘quv va tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma imzolandi.

Mazkur kelishuv doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun samarali o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quv adabiyotlari, master-klasslar va namunaviy mashg‘ulotlar orqali tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda konferensiyalar orqali yosh mutaxassislarning salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish va kursantlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ta’lim muassasasi bilan avvaldan ham ilmiy yo‘nalishlarda samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari ushbu bilim yurtiga tashrif buyurib, turli ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Xususan, 2024-yilning aprel va noyabr oylarida, shuningdek, 2025-yil noyabr oyida kafedraning bir qator professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy maqolalari va taqdimotlari bilan qatnashib, maxsus logotipli esdalik sovg‘alari hamda sertifikatlar bilan taqdirlangan.

Mazkur shartnoma mavjud hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, ikki tomonlama tajriba almashuvini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

FVV OGOHLANTIRADI ❗️ IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI❗️


☄️ Isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin.

💢Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.

➡️Boshqa yangiliklar

📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
2
📺📺

25-dekabr kuni universitet rektori va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan professor-o‘qituvchilar farzandlarini bayram bilan tabriklash hamda sovg‘alar topshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvdan fotolavha.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10🎉5👍1