Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!
📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:
MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.
Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.
🇺🇿 Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:
🌍 Veb-sayt: www.president.uz
📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev
📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!
MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.
Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
O‘zDJTUda sinxron tarjimonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
24-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sinxron tarjimonlar va tarjimonlik sohasi magistrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov ishtirok etdi.
Uchrashuvda sinxron tarjima ta’limini rivojlantirish, zamonaviy audio-kabinalar va tarjima laboratoriyalarini tashkil etish, talabalar sonini optimallashtirish hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh professor-o‘qituvchilar va magistrantlarning Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy universitetlarda 6 oylik yoki 1 yillik stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv doirasida Malaka oshirish tarmoq markazi qoshida sinxron tarjimonlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etish va tarjima sohasida milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Tarjimonlar va magistrantlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Tadbir sinxron tarjima yo‘nalishida professional kadrlar tayyorlashni mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy muloqot bo‘ldi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍4
23-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N. Salimova tomonidan “New Year’s songs. Favorite music types (pop, rap, classical). Pair speaking: What kind of music do you like and why?” mavzusida qiziqarli va interaktiv tadbir tashkil etildi. Unda kafedra o‘qituvchilari S. Mannonova, A. Murtazayeva hamda N. Sharipovalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilida turli musiqiy janrlar haqida erkin suhbat olib borib, pop, rap va klassik musiqaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Yangi yil qo‘shiqlari esa mashg‘ulotga bayramona ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarning faolligini yanada oshirdi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, juftlikda gapirish (pair speaking) faoliyati orqali o‘quvchilar o‘zlarining sevimli musiqa turlari haqida fikr bildirish, savol-javoblar orqali bir-birini diqqat bilan tinglash va muloqot madaniyatini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilida turli musiqiy janrlar haqida erkin suhbat olib borib, pop, rap va klassik musiqaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Yangi yil qo‘shiqlari esa mashg‘ulotga bayramona ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarning faolligini yanada oshirdi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, juftlikda gapirish (pair speaking) faoliyati orqali o‘quvchilar o‘zlarining sevimli musiqa turlari haqida fikr bildirish, savol-javoblar orqali bir-birini diqqat bilan tinglash va muloqot madaniyatini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya 2025-yil 22–29-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan qisqa muddatli xalqaro treningda ishtirok etmoqda.
2025-yil 25-dekabr kuni delegatsiya JYD Technologies kompaniyasida tashkil etilgan “Ta’limda raqamli imkoniyatlarni kengaytirishning eng so‘nggi qo‘llanmalari” mavzusidagi ma’ruzada qatnashdi. Mazkur ma’ruza davomida raqamli o‘qitish va o‘rganish jarayonidagi yangi tendensiyalar, zamonaviy texnologik yondashuvlar hamda ularning ta’lim amaliyotiga joriy etilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, trening dasturi doirasida delegatsiya Zhongguancun Internet Markazi hamda FLTRP Onlayn Ta’lim Texnologiyalari Co., Ltd. kompaniyalariga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflar Xitoyning innovatsion ekotizimi, sun’iy intellektga asoslangan ilg‘or raqamli ta’lim yechimlari va ularni xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llash tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8❤2
OʻzDJTU Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Ahmad Jasim Az-Zubaydiyning “Iroq va O‘zbekiston hamkorligining qadimiy va chuqur ildizlari” nomli maqolasi «Azzaman” (Arabic Daily Newspaper) gazetasining 2025-yil 24-dekabrdagi sonida chop etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | SaytOʻzDJTU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍5
Forwarded from O’zDJTU | RGF Yoshlar ittifoqi
So‘z sehriga oshno qalblar diqqatiga!
buyuk shoir Aleksandr Faynberg ijodiga bag‘ishlangan ifodali she’r o‘qish tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.
Ishtirokchilar Aleksandr Faynberg qalamiga mansub she’rlardan birini tanlab, uni ifodali, yurakdan va badiiy ruhda o‘qib, taqdim etadilar.
Eng yaxshi ijrolar munosib baholanadi va g‘oliblar Yangi yil ta’tilidan so‘ng sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzatib boring ;
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍3🔥2
25-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi D. Matyakubov bilan birgalikda professor-o‘qituvchilarning farzandlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv kirib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etildi.
Samimiy va bayramona ruhda o‘tgan uchrashuv davomida bolajonlar Yangi yil bilan tabriklanib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi. Ushbu e’tibor universitet jamoasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xodimlar oilalariga bo‘lgan g‘amxo‘rlik muhim qadriyat ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏14👍8❤7🔥6🤩1