O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.3K photos
2.51K videos
317 files
8.23K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
👨‍🏫👩‍🏫

2025-yil 24-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasiga bag‘ishlangan Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis soat 10:00 da oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Ilmiy kengash majlisida Alimova Zilola Saydarifovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy siyosiy diskursda harbiy terminlarning funksional xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi o‘tkazildi.

Himoya jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengash majlisida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov hamda rasmiy oponentlar ishtirok etib, tadqiqot ishining zamonaviy tilshunoslik va siyosiy diskurs tahlilidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi hamda dissertantga kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍4
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Media savodxonlik — davr talabi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Teshabayeva Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Raqamlashtirish, sun’iy intellekt va media savodxonlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda faol ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston, Ozarbayjon, AQSh, Ruminiya, Sloveniya, Turkiya, Qozog‘iston, Pokiston kabi mamlakatlardan yetakchi olimlar va media sohasi mutaxassislari qatnashdi. Tadbir davomida media savodxonlikni rivojlantirish, raqamli muhitda ishonchli axborot yaratish hamda media kontentlar ishlab chiqishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro anjuman tajriba almashish, zamonaviy media jarayonlarini tahlil qilish va akademik hamkorlikni kengaytirish uchun muhim professional muloqot maydoniga aylandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍2
🟦🟦🟦🟦

Saodat Ashurovaning 37 nafar shogirdi milliy sertifikatga ega bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyining xorijiy filologiya yo‘nalishida ona tili va adabiyot fanidan saboq berib kelayotgan Saodat Ashurovaning 37 nafar o‘quvchisi ona tili fanidan milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritdi.

Bu yil ona tili fanidan milliy sertifikat imtihoniga tayyorlangan shogirdlarimning barchasi kutilgan natijani qo‘lga kiritdi. Ular orasida 9 yil qozoq maktabida tahsil olgan, atigi bir yil davomida o‘zbek tilini o‘rgangan va 99,55 foizlik natijaga erishgan o‘quvchim ham bor. Mehnatimizning samarasini ko‘rib turganimdan mamnunman, — deydi ustoz Saodat Ashurova.

Imtihon natijalariga ko‘ra:
6 nafar — A, 9 nafar — B+, 12 nafar — B, 9 nafar — C+, 1 nafar — C darajani qayd etdi.

27 yillik pedagogik tajribaga ega oliy toifali ustozning mehnati va izchil yondashuvi shogirdlar natijasida o‘z ifodasini topdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍10👏5🎉2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi!

Mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradigan yilning eng muhim siyosiy voqeasini o‘tkazib yubormang!


📺 Murojaatnomani quyidagi telekanallar orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin:

MTRK tizimida: “O‘zbekiston 24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma’rifat”, “Toshkent”, “Dunyo bo‘ylab”, “O‘zbekiston tarixi” hamda 12 ta hududiy telekanallar.

Nodavlat telekanallarda: “MY5”, “Sevimli”, “Uzreport TV”, “Milliiy TV”, “Zor TV”.

🇺🇿Shuningdek, onlayn translyasiya Prezidentning rasmiy sahifalarida:

🌍 Veb-sayt: www.president.uz
📱 Facebook: fb.com/Mirziyoyev
📱 Instagram: instagram.com/mirziyoyev_sh
📺 YouTube: youtube.com/PrezidentMatbuotxizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda sinxron tarjimonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sinxron tarjimonlar va tarjimonlik sohasi magistrantlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Tuxtasinov hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda sinxron tarjima ta’limini rivojlantirish, zamonaviy audio-kabinalar va tarjima laboratoriyalarini tashkil etish, talabalar sonini optimallashtirish hamda dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yosh professor-o‘qituvchilar va magistrantlarning Buyuk Britaniya va boshqa xorijiy universitetlarda 6 oylik yoki 1 yillik stajirovka va malaka oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv doirasida Malaka oshirish tarmoq markazi qoshida sinxron tarjimonlarni qayta tayyorlash markazi tashkil etish va tarjima sohasida milliy sertifikatlashtirish tizimini joriy etish tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi. Tarjimonlar va magistrantlar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi. Tadbir sinxron tarjima yo‘nalishida professional kadrlar tayyorlashni mustahkamlashga qaratilgan muhim amaliy muloqot bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4
23-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N. Salimova tomonidan “New Year’s songs. Favorite music types (pop, rap, classical). Pair speaking: What kind of music do you like and why?” mavzusida qiziqarli va interaktiv tadbir tashkil etildi. Unda kafedra o‘qituvchilari S. Mannonova, A. Murtazayeva hamda N. Sharipovalar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar ingliz tilida turli musiqiy janrlar haqida erkin suhbat olib borib, pop, rap va klassik musiqaning o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Yangi yil qo‘shiqlari esa mashg‘ulotga bayramona ruh bag‘ishlab, ishtirokchilarning faolligini yanada oshirdi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilida muloqot qilish, o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, juftlikda gapirish (pair speaking) faoliyati orqali o‘quvchilar o‘zlarining sevimli musiqa turlari haqida fikr bildirish, savol-javoblar orqali bir-birini diqqat bilan tinglash va muloqot madaniyatini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya 2025-yil 22–29-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan qisqa muddatli xalqaro treningda ishtirok etmoqda.

2025-yil 25-dekabr kuni delegatsiya JYD Technologies kompaniyasida tashkil etilgan “Ta’limda raqamli imkoniyatlarni kengaytirishning eng so‘nggi qo‘llanmalari” mavzusidagi ma’ruzada qatnashdi. Mazkur ma’ruza davomida raqamli o‘qitish va o‘rganish jarayonidagi yangi tendensiyalar, zamonaviy texnologik yondashuvlar hamda ularning ta’lim amaliyotiga joriy etilishi bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, trening dasturi doirasida delegatsiya Zhongguancun Internet Markazi hamda FLTRP Onlayn Ta’lim Texnologiyalari Co., Ltd. kompaniyalariga tashrif buyurdi. Ushbu tashriflar Xitoyning innovatsion ekotizimi, sun’iy intellektga asoslangan ilg‘or raqamli ta’lim yechimlari va ularni xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llash tajribasi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82