O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14K subscribers
40.2K photos
2.51K videos
317 files
8.21K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
👨‍💻👩‍💻🧠

OʻzDJTU xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova tomonidan 5-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar uchun “Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga maqsad qo‘yish jarayonining neyropsixologik asoslari, ichki motivatsiyani shakllantirish mexanizmlari hamda maqsad sari intilishda uchraydigan keng tarqalgan psixologik xatolar oddiy va interaktiv usullar orqali tushuntirildi.

Seminar doirasida o‘tkazilgan “Tanla va o‘yla” o‘yini orqali ishtirokchilar qaror qabul qilish uslublari, shaxsiy qadriyatlar tizimi va kelajakdagi yo‘nalishlarini anglab yetish imkoniga ega bo‘ldilar. Trening yakunida esa maqsad sari yo‘lda aynan kichik, ammo muntazam harakatlar kuchli motivatsiya manbai ekani alohida ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O‘zDSMIGA tashrif yangi hamkorlik uchun muhim qadam bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Dramatik teatr va kino aktyorligi” kafedrasi pedagogik jamoalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yo‘lida ilk qadam tashlandi.

Mazkur tashabbus doirasida O‘zDJTU O‘zbek tili kafedrasi dotsenti Avlakulov Yashnarbek Ibragimovich rahbarligida Sharq filologiyasi fakultetining bir guruh talabalari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar tengdoshlari tahsil olayotgan auditoriyalar, o‘quv teatri bilan tanishib, ijodiy jarayonlarni yaqindan kuzatdilar. Shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganish, teatr san’ati va zamonaviy mavzular yuzasidan qizg‘in suhbatlar tashkil etildi.

Tashrif yakunida institutning “Dramatik teatr va kino aktyorligi” yo‘nalishi 3-bosqich 302-guruh talabalari tomonidan yozuvchi Said Ahmadning “Kuyov” asari asosida sahnalashtirilgan sahna tomoshasi namoyish etildi. Insoniy munosabatlar, mehr va sadoqat, hayotiy tanlovlar va ularning oqibatlari badiiy talqinda aks ettirilgan ushbu komediya yosh aktyorlar tomonidan nutq, harakat va aktyorlik mahorati uyg‘unligida yuqori saviyada ijro etildi. Asarning yengil yumor va falsafiy teranlikka boy sahnalari tomoshabinlarda bir vaqtning o‘zida kulgu va mushohada uyg‘otdi.

“Aktyorlik mahorati” fanidan diplom oldi ishi sifatida tayyorlangan spektakl muhokamasida so‘zga chiqqan dotsent Y.I. Avlakulov asarda oila va jamiyat o‘rtasidagi nozik bog‘liqlikning yangicha badiiy talqinda ochib berilgani uning asosiy yutug‘i ekanini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar keyingi tashrifda har ikki kafedra mudirlari ishtirokida o‘zaro ijodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54🎉1
Ingliz tili nazariy aspektlari №3 kafedrasi katta o‘qituvchilari Axmedova Nodira hamda Xayrulloyeva Lola tomonidan Chilonzor tumanida joylashgan 195-umumta’lim maktabida o‘qituvchilar uchun mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot “Problem Based Learning” metodikasiga asoslangan turli pedagogik texnikalar yordamida olib borildi. Dars jarayonida mazkur metodikaning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni, o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari amaliy misollar orqali namoyish etildi.

Mahorat darsi davomida ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashildi hamda kelgusida ushbu metodikadan foydalanib dars jarayonlarini yanada boyitish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
👨‍🏫👩‍🏫

23-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.

Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Lapasov Nizomiddin Shakarboyevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan Ingliz va o’zbek tillaridagi badiiy matnlarda tolerantlik kontseptining lingvokulturologik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.


Dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥32
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya 2025-yil 22–29-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida “Xorijiy tillarni o‘qitishda sun’iy intellekt vositalarini qo‘llash” mavzusiga bag‘ishlangan qisqa muddatli xalqaro treningda ishtirok etmoqda.

24-dekabr kuni trening dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Tsinghua universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida universitet o‘qituvchisi Kellen Zhang tomonidan “AI Empowers the Reforms of Higher Education Teaching” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminar jarayonida oliy ta’limda sun’iy intellekt asosida ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish masalalari, MOOC onlayn platformasi imkoniyatlari hamda XuetangX avlodiga mansub zamonaviy sun’iy intellekt vositalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4🔥2