O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
14.1K subscribers
40K photos
2.5K videos
317 files
8.16K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
1️⃣1️⃣1️⃣ 🏆🏆🏆

🇺🇿 21-dekabr kuni Shotokan karate-do sport turi yo‘nalishlari bo‘yicha barcha yosh toifalari
o‘rtasida O‘zbekiston kubogida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti FKOR-2415-guruh talabasi Jandullaeva Guljamal faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuq munosabati bilan fakultet dekani Dilshod Djurayev va yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan g‘olibaga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari Pekin chet tillar universitetida xalqaro treningda ishtirok etmoqda

22-dekabr kuni Pekin chet tillar universitetida “University Personnel Digital Ability Training and Education” nomli qisqa muddatli xalqaro trening ochilish marosimi bilan boshlandi. Trening kelajakda aqlli sinfxonalar va sun’iy intellektga asoslangan darslar tashkil etish asoslarini o‘rganishga qaratilgan.

Joriy yilning 22–29-dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 21 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiyasi ushbu treningda faol ishtirok etmoqda. Dastur davomida raqamli ta’lim dizayni, asosiy pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish va xalqaro onlayn kurslar (MOOC) ishlab chiqish kabi masalalar o‘rganiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94🔥3
0️⃣0️⃣0️⃣

Talaba-yoshlar 51-son Manzil koloniyasiga tashrif uyushtirdi

22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni ijrosi doirasida universitet talaba-yoshlari 51-son Manzil koloniyasiga tashrif qilib, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar oldi. Tadbir davomida ular jinoyatchilikning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ta’siri, profilaktika va huquqiy madaniyatni oshirish masalalari bo‘yicha ma’ruza va tushuntirishlar oldi.

Podpolkovnik N.A. Isaxanov va universitet profilaktika inspektori M.Nurmuxamedova talabalarga real hayotiy misollar orqali jinoyatlarning og‘ir oqibatlarini, giyohvandlik va psixofaol moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning shaxs va jamiyatga yetkazadigan zararini tushuntirdi. Shu bilan birga, barvaqt profilaktika, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonlikning ahamiyati ta’kidlandi.

Yig‘ilish natijasida talabalarga kelgusida tengdoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va profilaktik tadbirlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
OʻzDJTU talabalari OʻzMUda: bilim va tajriba makoni

📅 22- dekabr kuni Ingiliz tili 1-fakulteti Kompyuter lingvistikasi yoʻnalishida olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida yana bir muhim tashabbus amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi o‘qituvchilari Umarova Nodira, Muxammadiyeva Kibriyo, Qodirberganova Shahodat hamrohligida OʻzDJTU 1-ingliz tili fakulteti talabalari OʻzMUga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar “Kompyuter lingvistikasi” kafedrasi, soha laboratoriyalari hamda Amaliy matematika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishib, sohaning yetuk mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Avval aytib o‘tganimizdek, Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi mahorat darsi tashkil etililib, O‘zbekiston Milliy universiteti Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi ishtirok etgan edi.
6👍2