O‘zDJTUda PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 9-dekabr kuni O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O‘zDJTU) Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliztili nazariy aspektlari 1-kafedrasida PhD dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kafedra yig‘ilishida Amirqulova Nargiza Amirqulqizining 10.00.04–“Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Frazeologizmlar tarkibida qo‘shma so‘zlarning kognitiv, semantik va pragmatik xususiyatlari (ingliz tili misolida)” mavzusidagi dissertatsiyasi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etildi.
Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida olib borilgan ilmiy izlanishlari, ularning dolzarbligi va amaliy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot taqdim etdi hamda ilmiy muhokama a’zolarining savollariga javob berdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤3
O‘zDJTU UI GreenMetric 2025 sertifikatini qabul qildi
2025-yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga UI GreenMetric World University Rankings 2025 sertifikati yetib keldi. Sertifikat universitetning ekologik barqarorlik va resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha erishgan yutuqlarini tasdiqlaydi.
Sertifikat Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov va Xalqaro bo‘lim xodimlari tomonidan universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinovga topshirildi. Xalqaro bo‘lim ushbu yutuqqa erishda yaqindan yordam bergani va qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirildi.
Rektor mazkur yutuq butun universitetning yutug’i ekanligini ta’kidlab, universitet jamoasiga va Xalqaro bo‘lim xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2😢1
22-dekabr kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagi doirasida “Final Projects & Listening Showcase” mavzusida qiziqarli va mazmunli mashg‘ulot tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot kafedra o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida 4-bosqich talabalari N. Rustamova va S. Boynazarova tomonidan olib borildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi to‘garak qatnashchilarining o‘quv yili davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ingliz tilida tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz hamda erkin muloqot qilish malakalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining yakuniy kichik loyihalarini taqdim etdilar, qisqa audio materiallarni tinglab savollarga javob berdilar hamda sodda gaplar orqali o‘z fikrlarini ifoda etdilar. Shuningdek, guruhli ishlar, qiziqarli o‘yinlar va listening mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulot do‘stona, faol va ijodiy muhitda o‘tib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda ularning o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi to‘garak qatnashchilarining o‘quv yili davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ingliz tilida tinglab tushunish, to‘g‘ri talaffuz hamda erkin muloqot qilish malakalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars jarayonida o‘quvchilar o‘zlarining yakuniy kichik loyihalarini taqdim etdilar, qisqa audio materiallarni tinglab savollarga javob berdilar hamda sodda gaplar orqali o‘z fikrlarini ifoda etdilar. Shuningdek, guruhli ishlar, qiziqarli o‘yinlar va listening mashqlari tashkil etildi. Mashg‘ulot do‘stona, faol va ijodiy muhitda o‘tib, o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirdi hamda ularning o‘z bilimlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov 22-dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi Liaodong universiteti delegatsiyasining O‘zDJTUga tashrifi doirasida o‘tkazilgan rektorlar uchrashuvini ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadigan muhim qadam sifatida baholadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤15👍6👏3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Liaodong universiteti delegatsiyasi tarkibidagi mazkur oliy ta’lim muassasasi rektori Fu Libin rektorlar uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
U ushbu tashrif uning O‘zbekistonga va O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ilk bor kelishi ekanini qayd etib, O‘zDJTUni Xitoy tomoni bilan do‘stona va barqaror hamkorlikni izchil rivojlantirib kelayotgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etdi. Shuningdek, u xitoy tili loyihalari doirasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida ko‘rsatib kelinayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlashni yuqori baholadi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4🎉2
Ozarbayjonda Mediasavodxonlik haftasi
O‘zDJTU Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi mudiri, professor Dilfuza Teshabayeva Baku shahrida bo‘lib o‘tayotgan Mediasavodxonlik haftasi doirasida xalqaro ekspert sifatida ishtirok etmoqda.
Professor Teshabayeva ozarbayjonlik va xorijlik talabalar uchun “Manipulyatsiya xususiyatlari: sun’iy intellekt kontekstida media kontent” mavzusida trening o‘tkazdi. Trening ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, olima haftalik tadbirlar doirasida bo‘lib o‘tayotgan davra suhbatlari, ilmiy munozaralar va tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimlarida ham faol qatnashmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
Harbiylar bilan uchrashuv
🇺🇿 22-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetining 5-sonli talabalar turar joyida harbiylar bilan “Vatanparvarlik” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda 81–140-sonli harbiy qismdan tashrif buyurgan harbiy xizmatchilar ishtirok etib, fakultet talabalari bilan samimiy va mazmunli muloqot olib borishdi.
Uchrashuv davomida harbiylar yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, ona yurtga sadoqat, tinchlik va osoyishtalikning qadr-qimmati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, o‘tgan asrda aholining yashash tarzi hamda bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar asrida yashayotgan yoshlarning hayoti o‘rtasidagi farqlar misollar orqali tushuntirib berildi.
Mehmonlar yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, ularni harbiy xizmatga qiziqtirish, shuningdek, Vatan oldidagi burch va masʼuliyatni anglashga undash borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar haqida so‘z yuritishdi.
Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan qiziqarli savollar berilib, harbiylar ularga batafsil javob berishdi. Shu kabi tadbirlar yoshlarning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda harbiy sohaga bo‘lgan hurmatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook

❤3👍3
o‘rtasida O‘zbekiston kubogida o‘tkazilgan musobaqada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti FKOR-2415-guruh talabasi Jandullaeva Guljamal faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur yutuq munosabati bilan fakultet dekani Dilshod Djurayev va yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov tomonidan g‘olibaga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1