O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.3K photos
3K videos
323 files
9.72K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
❄️Qor yog‘ayaptimi? Sovuqmi? Farqi yo‘q!

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M.Abdullayeva talabalar bilan qorli kunlarda ham futbol o‘ynab, haqiqiy sport kayfiyatini namoyon etishmoqda. Oppoq qor bilan qoplangan maydon, sovuq havo va qizg‘in o‘yin — bularning barchasi birlashib, unutilmas lahzalarni yaratmoqda.

Qor ostida sirpanishlar, kulgili yiqilishlar, sovuq havoda ham qizib ketgan bahslar va albatta, har bir gol ortidan eshitilgan quvonchli qichqiriqlar — bularning bari talabalar hayotining eng yorqin onlari ekanini yana bir bor isbotladi.⚽️

Bu o‘yinlar shuni ko‘rsatdiki, jamoaviylik, ijobiy kayfiyat va sportga bo‘lgan muhabbat bor ekan, qish ham zavqqa to‘la o‘tadi. Qor faqat fon, futbol esa doimo markazda! ❄️

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏7👍5😢2🔥1🎉1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Rai)
🔥 4-TTJda talabalar ishtirokida
“Biz ommaviy madaniyatga qarshimiz” hamda
“Diniy bag‘rikenglik — ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzularida mazmunli davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
Ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri
Milliy va diniy qadriyatlarning ahamiyati
O‘zaro hurmat va bag‘rikenglik masalalari muhokama qilindi.
✔️ Tadbir tyutorlar N. O‘roqboyeva va B. Murodov boshchiligida o‘tkazilib, talabalar faol ishtirok etdi, fikr va mulohazalar bildirildi.
Faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 YouTube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2🔥1😢1
0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zDJTUda Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ixtisoslik kengashlari raislari va kotiblari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, universitetda olib borilayotgan doktorantlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning dissertatsion tadqiqotlari mavzulari, shuningdek professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan monografiyalarni nashrga tavsiya etish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida ixtisosliklar bo‘yicha 12 ta dissertatsiya va 7 ta monografiyani nashrga tavsiya etish masalasi ko‘rib chiqildi. Muhokamalar jarayonida dissertatsiya mavzularining ilmiy dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍1
🏬 TAJRIBALI XODIM KERAK

🏬 O'quv markaz: Sazu Academy
📗 Fan(lar): Rus tili
📱 Telegram: @SaZu_Academy_1
☎️ Aloqa: +998(95)307-70-70
Ⓜ️ Manzil: Toshkent shahar
Shayxontohur va Olmazor tumani
✍️ Mas'ul: HR
🕰 Ish vaqti: 10:00 dan 11:30 gacha
14:00 dan 18:30 gacha
🕰 Murojaat vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha
💰 Maosh: Kelishiladi
📜 Qo'shimcha ma'lumotlar: 1 stafkada ishlay oladigan
2 yildan ortiq tajribaga ega
20 yoshdan yuqori qizlarni ishga olamiz
Suhbat jarayoni onlayn o'tkaziladi.
Ish jarayoni 5-yanvardan boshlanadi
3👍2