O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
48.4K photos
3K videos
323 files
9.73K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

2025-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida o‘qituvchilarimiz Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan Gunadarma universitetiga tashrif buyurishdi.

Mazkur tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari o‘rtasida samarali va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv jarayonida ta’lim tizimlarini taqqoslash, o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar, shuningdek, raqamli va innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, tashrif davomida O‘zDJTU professor-o‘qituvchilari tomonidan mikroteaching mashg‘ulotlari hamda amaliy trening darslari tashkil etildi. Ushbu mashg‘ulotlar jarayonida interfaol metodlar, kommunikativ yondashuvlar, multimedia vositalaridan samarali foydalanish hamda talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan usullar amaliy tarzda namoyish etildi.

Gunadarma universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan mazkur darslar katta qiziqish bilan qabul qilinib, treninglar yakunida pedagogik tajribalar, dars jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha ochiq muloqot olib borildi.

Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro ta’lim tajribalarini o‘rganish hamda o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍5👏2🔥1
“Yangi yil oqshomi” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

💠 Ingliz filologiyasi fakultetida Yangi yil munosabati bilan bayramona “Yangi yil oqshomi” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda fakultet dekani Azzamov Yusuf Radjaboyevich, ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha dekan muovini Zokirov Sherzod No‘monjonovich hamda tyutorlar ishtirok etdilar.

🔜 Bayram dasturi davomida turli xil musiqiy chiqishlar, jonli ijrolar, tomoshabinlar uchun qiziqarli o‘yinlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, samimiy muhit va quvonchga boy tarzda o‘tdi.

🌐 Shuningdek, fakultet dekani Azzamov.Y.R Yangi yil tabrigini yo‘llab, barchaga kelgusi yilda omad, zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bayram barchaga iliq kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

✔️Rasmiy sahifalarimiz:
✈️Telegram | 📷Instagram
📹YouTube | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7🎉7🔥5👍4🤩2
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

O‘zDJTU huzuridagi Tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida 2025-yil 18-dekabr kuni, tinglovchilar Indoneziyaning Primakara universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida ta’lim tizimi, o‘quv jarayonlarini tashkil etish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Uchrashuv jarayonida oliy ta’lim muassasalarida qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, xalqaro ta’lim tajribalari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif tinglovchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish hamda olingan bilimlarni kelgusida o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llash uchun muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18🔥5🎉5👍4🤩2👏1
📣 E’LON 📣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari diqqatiga!

🇺🇿 🇬🇧 O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida Ingliz tilini oʻqitish metodikasi N1 kafedrasi oʻqituvchisi Mardonova Mohinbonu va 2418-guruh iqtidorli talabasi Turgʻunboyeva Arofatxon tomonidan sizlarni "Online insholar" tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz! 🎊

📚 Insho mavzusi:
“Aleksandr Faynberg: hayoti va ijodiy merosi”

Mazkur tanlov orqali siz:
Aleksandr Faynbergning hayoti va ijodiga bo‘lgan bilimlaringizni, fikrlaringizni mustaqil, mantiqiy va ravon tarzda namoyon etishingiz mumkin.

🖋 Insho talablari:
• Insho hajmi: 250–350 so‘z
• Pdf shaklida jo'natiladi
• Insholar o‘zbek yoki ingliz tilida topshirilishi mumkin

🕒 Topshirish muddati:
📅 30-dekabr, soat kechki 12:00 gacha

🎁 Tanlov yakunida eng yaxshi insholar 1-,2- va 3- o'rin sertifikatlari bilan qishki ta'tildan so'ng taqdirlanadi.

Insholar shu kanalga joylanib boriladi:https://t.me/aleksandrfaynberg12

👉 Insholaringizni shu pofilga yuborasiz : @Arofatxon12_28
9👍2
❄️Qor yog‘ayaptimi? Sovuqmi? Farqi yo‘q!

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M.Abdullayeva talabalar bilan qorli kunlarda ham futbol o‘ynab, haqiqiy sport kayfiyatini namoyon etishmoqda. Oppoq qor bilan qoplangan maydon, sovuq havo va qizg‘in o‘yin — bularning barchasi birlashib, unutilmas lahzalarni yaratmoqda.

Qor ostida sirpanishlar, kulgili yiqilishlar, sovuq havoda ham qizib ketgan bahslar va albatta, har bir gol ortidan eshitilgan quvonchli qichqiriqlar — bularning bari talabalar hayotining eng yorqin onlari ekanini yana bir bor isbotladi.⚽️

Bu o‘yinlar shuni ko‘rsatdiki, jamoaviylik, ijobiy kayfiyat va sportga bo‘lgan muhabbat bor ekan, qish ham zavqqa to‘la o‘tadi. Qor faqat fon, futbol esa doimo markazda! ❄️

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram|📸Instagram|📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👏7👍5😢2🔥1🎉1