Forwarded from Yoshlar Ittifoqi | OʻzDJTU
Bayram tadbirini universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev tantanali nutq bilan ochib berdi. Uning samimiy tabrigi barchaga bayramona kayfiyat va iliq tilaklar ulashdi.
Mazkur bayram tadbiri ishtirokchilarga unutilmas lahzalar, ijobiy kayfiyat va yangi yil oldidan a’lo darajadagi taassurotlar ulashdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍7🔥6🎉1
Mazkur tadbirni fakultet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan oʻrinbosari Ulugʻbek Nazarov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Oʻz nutqida talabalarni kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etib, ularga oʻqish va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbirning bayramona kayfiyatini yanada oshirish maqsadida Qorbobo obrazi ham sahnaga taklif etildi. Shuningdek, talaba qizlar tomonidan tayyorlangan oʻzbek milliy raqslari, xususan Xorazm lazgisi namoyish etilib, tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Bayram dasturi davomida nafaqat oʻzbek milliy raqs va qoʻshiqlari, balki chet el musiqalari hamda K-pop raqslari ham ijro etildi. Bu chiqishlar talabalar tomonidan turli madaniyat va sanʼat yoʻnalishlariga boʻlgan qiziqishning yuqoriligini namoyon etdi.
Tadbir yakunida yil davomida fakultet hayotida faol ishtirok etib kelgan talabalar Ulugʻbek Nazarov tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri esa barchani birlashtirgan Yangi yil qoʻshigʻi sadolari ostida koʻtarinki ruhda yakunlandi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
Mazkur tadbir talabalar uchun bayramona muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yangi yil arafasida ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani Dilshod Djurayev ishtirok etib, so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida talabalarni kirib kelayotgan 2026-yil hamda Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, o‘qishlarida yuqori natijalar, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, dekan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlari va faolligi tahsinga sazovor ekanini ta’kidlab, yangi yil barchaga yangi imkoniyatlar, ezgu maqsadlar va yutuqlar olib kelishiga ishonch bildirdi.
Bayram tadbiri davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, sahna ko‘rinishlari orqali ijtimoiy va tarbiyaviy mazmundagi g‘oyalar ifodalandi, yangi yilga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi hamda bayramona ruhdagi musiqiy chiqishlar ijro etildi.
Tadbir davomida iliq va samimiy muhit hukm surib, talabalar bir-birlari bilan bayram shukuhi va quvonchini bo‘lishdilar. Kechaning yanada ko‘tarinki o‘tishida musiqiy kuy-qo‘shiqlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👍5🔥1