O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
42.6K photos
2.66K videos
319 files
8.69K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣

18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi tashabbusi bilan “Globalizatsiya va barqaror rivojlanish davrida tarjima masalalari, ularning yechimlari hamda chet tillarini o‘qitishdagi innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shuningdek, Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Jumabek Tashenev nomidagi universitet Xalqaro hamkorlik markazi boshlig‘i, PhD Shaxlo Naraliyeva, Xalqaro Nordik universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Dilshod Nasriddinov, filologiya fanlari nomzodi, shoir Gulshan Rahim ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, anjumanda xorijiy mehmonlar — Misr vakili Rasha Aldeeb, Hindistondan Dr. Maya Gola hamda Filippindan Caroline N. Gabis ishtirok etib, tarjima va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va dramaturg Shaxodatxon Isaxonova ham ishtirok etdi.

Anjuman doirasida jadid adabiyoti namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub kitoblar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kutubxonasiga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, PhD, dotsent Otabek Yusupov tomonidan anjuman ishlariga yakuniy xulosa qilinib, ilmiy hamkorlik va muloqotlarni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1😢1
🎄 TAKLIFNOMA 🎄

Hurmatli talabalar!

🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan Yangi yil bazmi bo‘lib o‘tadi!

🗓 Sana: 19-dekabr
Vaqti: 11:00
📍 Joy: Faollar zali

Yangi yil arafasida sizni quvonch, ijobiy kayfiyat va unutilmas lahzalar kutmoqda. Bayram dasturidan o‘rin olgan:

🎉 Kreativ va qiziqarli o‘yinlar
🎭 Turli sahna chiqishlari
🎶 Jonli, bayramona musiqa
💃🕺 Erkin va maroqli raqslar

Do‘stlar bilan birga quvnoq damlar o‘tkazish, yangi yil kayfiyatini his qilish va bayramona muhitdan bahramand bo‘lishni istagan barcha talabalarni ushbu bazmga taklif etamiz!

🎉 Yangi yilni birga, quvonch va shodlik bilan qarshi olaylik! 🎉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5👏3🔥2🎉2
251101明治大学広報【校了】_00 (1).pdf
5.5 MB
🟦🟦🟦🟦 📺📺

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinovning Yaponiyaning Meiji universitetiga amalga oshirgan tashrifi Yaponiyaning ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi. Tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlik, ta’lim va akademik almashinuv masalalari muhokama qilindi.

Maqolada tashrifning ahamiyati va xalqaro hamkorlikdagi ilmiy-amaliy natijalarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Meiji universiteti bilan bir qator hamkorlik loyihalari hamda oliy ta’lim sifatini rivojlantirish istiqbollari tanqidiy yoritildi.

Tashrif, ayniqsa, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro nufuzini oshirish va xorijiy universitetlar bilan aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam sifatida baholandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2
📚 18-dekabr — Kitobxonlik haftaligi doirasida
🏛 Axborot-resurs markazi bo‘lim mudiri M. Muxamedjonova boshchiligida
🎓 Roman-german filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Abduraxmonova hamda
👩‍🎓👨‍🎓 talabalar ishtirokida
“Uchrashuv va taqdimot” tadbiri tashkil etildi.

🎤 Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
🇺🇿 Harbiy-vatanparvarlik o‘quv-metodika bo‘limi boshlig‘i,
✍️ shoira Mamura Zohidova mehmon sifatida ishtirok etdi.
📖 Shoira o‘z nutqida talabalarga kitobxonlikning ahamiyati, vatanparvarlik g‘oyalari hamda
📚 adabiyotning yoshlar tarbiyasidagi muhim o‘rni haqida atroflicha fikr bildirdi.

💬 Uchrashuv davomida talabalar shoiraning ijodi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar.
🤍 Shoira esa savollarga mazmunli va samimiy javoblar qaytardi.
🎶📜 Shuningdek, tadbir jarayonida shoira hamda talabalar tomonidan she’rlar o‘qildi.

🎉 Tadbir juda qiziqarli va 🌟 ko‘tarinki ruhda o‘tdi!
5👍3
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Ismoilova)
E’LON

So‘z sehriga oshno qalblar diqqatiga!
🇺🇿O'zDJTU 😊Ingliz tili Ikkinchi fakultetida Aleksandr Faynberg ijodiga bag‘ishlangan ifodali she’r o‘qish tanlovi bo'lib o'tmoqda.

🗓Tanlov sanalari:
18-dekabrdan — 23-dekabrgacha

💚 Tanlov mazmuni:
Ishtirokchilar Aleksandr Faynberg qalamiga mansub she’rlardan birini tanlab, uni ifodali, yurakdan va badiiy ruhda o‘qib taqdim etadilar.

💚She'rlarni yuborish manzili:
@Charos1401

💚 Tanlov o‘tkazilayotgan kanal:
@a_faynberg_ijodi

💚 Eng yaxshi ijrolar munosib baholanib, g‘oliblar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Talabalar o‘rtasida “Shukronalik” chellenji tashkil etildi

💠Ingliz filologiyasi fakultetida talabalarda ijobiy fikrlash, minnatdorlik va o‘z ustida mushohada yuritish madaniyatini shakllantirish maqsadida Ingliz tilini o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi G.K.Elmuradova tashabbusi bilan “Shukronalik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy chellenj o‘tkazildi.

🌟 Mazkur chellenj FING 2310-guruh talabalarining faol ishtirokida tashkil etilib, unda talabalar o‘tgan yil davomida erishgan yutuqlari, shaxsiy va akademik rivoji, berilgan imkoniyatlar hamda kelajakdagi maqsadlari haqida yozma va video shaklida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Chellenj talabalarda shukronalik hissini rivojlantirish, o‘z yutuqlarini qadrlash, ijobiy dunyoqarash va ma’naviy yetuklikni mustahkamlashga xizmat qildi. Eng mazmunli va samimiy chiqishlar alohida e’tirof etildi.

Mazkur tashabbus talabalar o‘rtasida ruhiy ko‘tarinkilik, birlik va o‘ziga ishonch muhitini yanada mustahkamladi.

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
YouTube | Facebook
6👍2🔥1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI
PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI


O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish kursi doirasida tinglovchilar Indoneziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Primakara universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida ikki tomon o‘rtasida ta’lim tizimini tashkil etish, o‘quv jarayonlarini boshqarish, zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish masalalari yuzasidan batafsil fikr almashildi. Uchrashuv chog‘ida oliy ta’limda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, xalqaro ta’lim tajribalari va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama markazida bo‘ldi.

Mazkur tashrif tinglovchilarga xorijiy oliy ta’lim muassasasining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishish, ilg‘or tajribalarni tahlil qilish hamda ularni milliy ta’lim amaliyotiga moslashtirish imkonini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥32