O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.7K subscribers
42.5K photos
2.66K videos
319 files
8.68K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
17-dekabr sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot “Synonyms and Antonyms: learning how to use similar words and opposite words” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda tashkil etildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilidagi lug‘at boyligini oshirish, so‘zlarni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni B2 darajadagi sertifikatga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida sinonim va antonim tushunchalari, ularning nutqdagi ahamiyati hamda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlardan foydalanish qoidalari yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berildi. Mavzu misollar asosida yoritilib, sinonim va antonimlarning matn mazmunini boyitish hamda fikrni aniq ifodalashdagi o‘rni tushuntirildi.

Interaktiv mashqlar, juftlik va guruhli ishlash orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab, og‘zaki nutq, mantiqiy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda ingliz tilini chuqurroq va samarali o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari yanada mustahkamlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
0️⃣0️⃣0️⃣

ARAB TILI GLOBALLASHUV DAVRIDA: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA O‘QITISH METODIKASI
IV XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN


18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman doirasida O‘zDJTU asosiy binosining 1-qavatida talabalarning to‘garak ishlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirning ilmiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. So‘ng O‘zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

Keyingi so‘z O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, dotsent Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovichga berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Davlat buyurtmasi bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Davronbek Abdullayev o‘z tabrik nutqi bilan ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, doktor Sayed Kuraym “Arab tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt”,
Nabila Kandil “Sun’iy intellekt davrida arab tilining lingvistik xususiyatlari”,
doktor Salhi Rachad esa “Tarjima qilingan kitob loyihasi” mavzularida ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Shuningdek, Daniya universiteti Arab tili akademiyasi professori, doktor Salam Dimyay tomonidan video-tabrik yo‘llandi.

Kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qodirova Kamala Salixovna “18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Arab tili haftaligi” doirasida tashkil etilgan notiqlik, xattotlik, qo‘shiqchilik, tarjima san’ati tanlovlari hamda kafedra boshchiligida faoliyat yuritayotgan 8 ta to‘garak haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Otabek Yakubovich O‘zDJTU rektori boshchiligida falastinliklarga tarjimonlik qilayotgan kafedra o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirdi hamda “Arab tili haftaligi” tanlovlari g‘oliblarini sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Anjumanning ikkinchi — badiiy qismida Tarjimonlik va Sharq filologiyasi fakultetlarining 1–2-bosqich talabalari tomonidan arab tilida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍5🤩5👏1
18-dekabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani 134-maktab 11 sinf o'quvchilari pedagoglari boshchiligida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrifning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga universitetning ta’lim dasturlari, ularning qiziqishlariga mos yo‘nalish va mutaxassisliklar bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlarni Talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi U. Ramazonov kutib oldi. O‘quvchi-yoshlar dastlab universitet kampusi bilan tanishdilar. Ular ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Shuningdek, tashrif davomida mehmonlar Axborot-resurs markazi, universitet muzeyi va undagi eksponatlar, Tarjimonlik fakulteti sinxron xonalarning funksional vazifalari, professor-o‘qituvchilarning faoliyati, sport majmuasi, talabalar turar joylari hamda oshxonada yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Yosh mehmonlarda universitetdagi zamonaviy ta’lim muhiti, ilmiy sharoitlar va o‘quv jarayonlariga joriy etilgan innovatsion yondashuvlar chuqur taassurot qoldirdi.

Tashrif yakunida o‘quvchilar kelajakda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari bo‘lish istagini bildirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍2
0️⃣0️⃣0️⃣

18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi tashabbusi bilan “Globalizatsiya va barqaror rivojlanish davrida tarjima masalalari, ularning yechimlari hamda chet tillarini o‘qitishdagi innovatsiyalar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shuningdek, Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Yo‘ldoshev, Jumabek Tashenev nomidagi universitet Xalqaro hamkorlik markazi boshlig‘i, PhD Shaxlo Naraliyeva, Xalqaro Nordik universiteti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Dilshod Nasriddinov, filologiya fanlari nomzodi, shoir Gulshan Rahim ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, anjumanda xorijiy mehmonlar — Misr vakili Rasha Aldeeb, Hindistondan Dr. Maya Gola hamda Filippindan Caroline N. Gabis ishtirok etib, tarjima va chet tillarini o‘qitish bo‘yicha xalqaro tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va dramaturg Shaxodatxon Isaxonova ham ishtirok etdi.

Anjuman doirasida jadid adabiyoti namoyandasi Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub kitoblar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kutubxonasiga tantanali ravishda topshirildi. Tadbir yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, PhD, dotsent Otabek Yusupov tomonidan anjuman ishlariga yakuniy xulosa qilinib, ilmiy hamkorlik va muloqotlarni yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍1😢1