O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
13.8K subscribers
42.4K photos
2.65K videos
318 files
8.66K links
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal)

+998 71-230-13-73

O’qishni ko’chirsh
Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot
Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
Hamkorlik loyihasi: @WorkandJob_Tashkent_bot
Download Telegram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti- Ingliz tili darsi!
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi
o‘qituvchilari — Voxidova Maxliyo va Xushboqova Sevinch Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 280-maktab 8-sinf o‘quvchilari uchun “Feelings and Emotions” mavzusida navbatdagi ingliz tili darsi tashkil etildi.

Dars jarayonida o‘quvchilar:
💥 his-tuyg‘ular va emotsiyalar mavzusi bo‘yicha bilimlarini kengaytirdilar;
💥 imtihonlarga tayyorgarlik jarayonida stressni yengish bo‘yicha psixologik mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar;
💥 turli interfaol topshiriqlar orqali stress darajasi va psixologik holatini aniqlash imkoniga ega bo‘ldilar;
💥 mashg‘ulotlar davomida motivatsiya va o‘ziga bo‘lgan ishonchni rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlarda qatnashdilar;
💥 psixologiya va kreativ fikrlash elementlari asosida o‘z fikrlarini erkin ifodalashni mashq qildilar.


⚡️ Mazkur dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interfaol metodlar va ijobiy psixologik muhit asosida tashkil etilib, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar uchun emotsional barqarorlikni ta’minlash, stressdan chiqishga yordam ko‘rsatish va o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
4👍3
Forwarded from Edu.uz
#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.

___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
4👍2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

🎅🎄🎄⛄️🎀🎁🎅🎄🎄
Yangi yil bayram shukuhi!

Tarmoq markazida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik katta shodu xurramlik bilan davom etmoqda.


📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍3🎉3🔥2😢1
👨‍💻👩‍💻🧠

17 dekabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 299-sonli umumta’lim maktabida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ishtirokida “O‘qituvchilarda stress holatlarini bartaraf etishda psixologik metod va texnologiyalardan foydalanish” mavzusida psixologik xizmat tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida pedagog xodimlarda uchraydigan emosional zo‘riqish, professional charchash (emosional byornaut), psixoemosional disbalans kabi holatlar yuzasidan tushunchalar berilib, stressga chidamlilikni oshirishga qaratilgan psixokorreksion va psixoprofilaktik usullar amaliy tarzda qo‘llanildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida kognitiv-xulq-atvor terapiyasi elementlari, relaksatsiya texnikalari, nafas olish mashqlari, art-terapiya hamda guruhli psixologik treninglar orqali o‘qituvchilarning ichki resurslarini faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Psixologik xizmat O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Feruza Ashurova hamkorligida amalga oshirilib, ishtirokchilarga psixologik holatni baholash, stress omillarini aniqlash, o‘z-o‘zini anglash va emosional intellektni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍2
17-dekabr sanasida Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot “Synonyms and Antonyms: learning how to use similar words and opposite words” mavzusiga bag‘ishlanib, 10-sinflardan shakllantirilgan variativ guruhda tashkil etildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning ingliz tilidagi lug‘at boyligini oshirish, so‘zlarni nutqda to‘g‘ri va o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni B2 darajadagi sertifikatga tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulot davomida sinonim va antonim tushunchalari, ularning nutqdagi ahamiyati hamda ma’nodosh va zid ma’noli so‘zlardan foydalanish qoidalari yuzasidan nazariy va amaliy tushunchalar berildi. Mavzu misollar asosida yoritilib, sinonim va antonimlarning matn mazmunini boyitish hamda fikrni aniq ifodalashdagi o‘rni tushuntirildi.

Interaktiv mashqlar, juftlik va guruhli ishlash orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini mustahkamlab, og‘zaki nutq, mantiqiy fikrlash va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar hamda ingliz tilini chuqurroq va samarali o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari yanada mustahkamlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3
0️⃣0️⃣0️⃣

ARAB TILI GLOBALLASHUV DAVRIDA: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA O‘QITISH METODIKASI
IV XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN


18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Arab tili globallashuv davrida: innovatsion yondashuvlar va o‘qitish metodikasi” mavzusida IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman doirasida O‘zDJTU asosiy binosining 1-qavatida talabalarning to‘garak ishlari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbirning ilmiy qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida ochildi. So‘ng O‘zDJTU rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Ilxomjon Tuxtasinov tabrik so‘zi bilan ishtirok etdi.

Keyingi so‘z O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, dotsent Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovichga berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi Davlat buyurtmasi bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Davronbek Abdullayev o‘z tabrik nutqi bilan ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dotsenti, doktor Sayed Kuraym “Arab tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt”,
Nabila Kandil “Sun’iy intellekt davrida arab tilining lingvistik xususiyatlari”,
doktor Salhi Rachad esa “Tarjima qilingan kitob loyihasi” mavzularida ma’ruzalar bilan qatnashdi.

Shuningdek, Daniya universiteti Arab tili akademiyasi professori, doktor Salam Dimyay tomonidan video-tabrik yo‘llandi.

Kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qodirova Kamala Salixovna “18-dekabr — Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Arab tili haftaligi” doirasida tashkil etilgan notiqlik, xattotlik, qo‘shiqchilik, tarjima san’ati tanlovlari hamda kafedra boshchiligida faoliyat yuritayotgan 8 ta to‘garak haqida batafsil ma’lumot berdi.

Tadbir yakunida O‘zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Yusupov Otabek Yakubovich O‘zDJTU rektori boshchiligida falastinliklarga tarjimonlik qilayotgan kafedra o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirdi hamda “Arab tili haftaligi” tanlovlari g‘oliblarini sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Anjumanning ikkinchi — badiiy qismida Tarjimonlik va Sharq filologiyasi fakultetlarining 1–2-bosqich talabalari tomonidan arab tilida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
18👍5🤩5👏1